Kurs ishi mavzu: Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o’rganilishi


Download 71.7 Kb.
bet1/9
Sana16.02.2023
Hajmi71.7 Kb.
#1204395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zafar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 202-TARIX SIRTQI GURUHI TALABASI AHMADJONOV ZAFARBEKNING TARIXIY O'LKASHUNOSLIK


FANIDAN YOZGAN


KURS ISHI


Mavzu: Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o’rganilishi.

Topshirdi: ____________ Ahmadjonov Z


Qabul qildi: ____________ _______________

Urganch – 2023.


MUNDARIJA:


KIRISH.....................................................................................................................3


I. BOB. YEVROPADA O’RTA OSIYOGA DOIR TARIXIY XARITOGRAFIK MA’LUMOTLARNING O’RGANILISHI......................8
1.1.G’arbiy Yevropa olimlarining O’rta Osiyaga oid ilk ma’lumotlari............8

1.2. Yevropa olimlari tomonidan O’rta Osiyoning o’rganilishi………………….11


II. BOB. ARAB TILIDAGI TARIXIY MANBALARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI…............................................................................................22
2.1. XIII-XIX asrlarda G‘arbiy Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-geografik va kartografik ma’lumotlar………………………………………….31
2.2. XIX asrda G‘arbiy Yevropada tuzilgan xaritalarda O‘rta Osiyo……………………………………………………………………38
XULOSA…………………………………………………………………………40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….42


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida erkin demokratik tafakkurga ega bo‘lgan va mustahkam milliy g‘oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a’zolarini tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining o‘rni jiddiy ravishda ortmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi esa quyidagilardan iboratdir:
- Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlarning shakllanish manbalari va ularni o‘rganilish sabablarini o`rganish.
- so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy asarlarni tadqiq etish orqali yangi xulosalar berish.
- mavzuga kompleks va konseptual yondashish orqali O‘zbekiston tarixining kam o‘rganilgan qismlarini to‘ldirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni kiritishga harakat qilishdir.
1998 yil iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori e’lon qilinib, unda respublikamiz tarixchi olimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri “mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha o‘zbek xalqi tarixi bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish1’’ ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyati, shu jumladan Rossiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan keng ko‘lamdagi siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarni amalga oshirishga qaratilgan. Zero, ushbu aloqalar uzoq davrlarga borib taqaladi. Mintaqamiz Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim savdo yo‘llari tutashgan yerda joylashganligi bois, bu hududdan ko‘plab sayyohlar, savdogar va sarkardalar o‘tishgan. “Tarixan hozirgi O‘zbekistonning hududi shunday joy bo‘lganki, bu yerda juda ko‘hna savdo yo‘llari (mashhur Buyuk Ipak yo‘li) tutashgan, jo‘shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitishi jarayoni kechgan”.2
Ana shunday aloqalar natijasi o’laroq, Yevropada O’rta Osiyo haqida tarixiy-geografik va kartografik ma’lumotlar to’plana borgan.
Yevropalik olimlar asarlarida O‘rta Osiyoga oid ko‘plab ma’lumotlar va kartografik manbalarning uchrashining o‘zi ham ko‘hna qit’ada o‘lkamizga qiziqish kuchli bo‘lganligidan darak beradi. Ana shu jihatdan O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma’lumotlarni chuqurroq o‘rganish va tadqiq etish dolzarb masaladir.
Millati, dini, tili va istiqomat chegaralari bir-biridan uzoq bo‘lgan xalqlar ham O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik manbalarni yaratishda o‘z tajribalarini bir-birlari bilan o‘zaro almashishgan. Yangi kartalar yaratishda O‘rta Osiyo haqidagi noto‘g‘ri yondashuvlardan voz kechib, to‘ldirilgan, mukammal kartalar yaratishgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir’’.3
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini o‘rganishda turli yozma manbalar bilan birga tarixiy kartalar hamda ulardagi ma’lumotlar ham asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Download 71.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling