Kurs ishi mavzu: Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamizning o’rganilishi


I. BOB. YEVROPADA O’RTA OSIYOGA DOIR TARIXIY XARITOGRAFIK MA’LUMOTLARNING O’RGANILISHI


Download 71.7 Kb.
bet5/9
Sana16.02.2023
Hajmi71.7 Kb.
#1204395
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zafar

I. BOB. YEVROPADA O’RTA OSIYOGA DOIR TARIXIY XARITOGRAFIK MA’LUMOTLARNING O’RGANILISHI.
1.1.G’arbiy Yevropa olimlarining O’rta Osiyaga oid ilk ma’lumotlari.
Yevropada O‘rta Osiyoga oid kartografik ma’lumotlar tarixidan O‘rta Osiyo g‘arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron Islom Respublikasi, Afg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan 45°32' shimoliy kenglik bilan chegaralanuvchi ulkan xududda joylashgan bo‘lib, jami 1 mln. 984 ming kv. km. ni tashkil etadi.
Bu o’sha Qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida yirik imperiyalar tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarixida katta o‘rin tutgan. Qadimgi Farb va Sharq o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarida muhim vositachilik vazifasini bajargan. O‘rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlar tarixi ham ancha qadimdan, aniqrog‘i antik davrdan boshlanadi. O‘rta Osiyo to’g‘risidagi dastlabki kartografik ma’lu­motlar antik davrning sivilizatsiya markazlari bo‘lmish Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi.
Chunki antik davr mamlakatlari Sharqning ko‘plab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganlar, shu tufayli o’z tarixiy geografik va kartografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar.
Kartografik materiallarga faqatgina kartografik tasvirlar kiribgina qolmasdan, bir qator tadqiqotchilar, ayniqsa, tarixchilar «adabiy matnlar ham kartalar tuzish uchun manba bo‘lishi mumkin»ligini uqtiradilar. Shu jihatdan Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolemey va boshqa antik mualliflarning asarlaridagi O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlar ushbu xududlar xaqidagi dastlabki tarixiy-kartografik ma’lumot hisoblanadi.5
Chunonchi, Gerodot (mil. avv. 484-425 yillar) o‘zining «Tarix» asarida Kaspiy dengizidan sharqda bepoyon kengliklar mavjudligi xaqida ma’lumot beradi. U Girkan (Kaspiy) dengizini yopiq xavza deb, uning ko’lami haqida shunday fikr yuritadi: «Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo‘lib 8 kunda suzib o’tish mumkin».
Araks (Amudaryo) xaqida ma’lumot berib, Gerodot: «Araks, aytishlaricha, Isterga qaraganda kattaroq va (boshqa daryolarga ko‘ra) kichikroq, Lesbos kattaligidagi ko’plab orollarga ega... Araks Matiyonlar yurtidan oqib keladi. Gindis (Xind) daryosi ham o’sha yerdan oqadi», — deb qayd etgan.
R.E. Lensning fikriga ko‘ra, Gerodot yozgan Araks daryosi Sirdaryo yoki Tajan daryosi bo‘lishi kerak. Ammo ko‘plab olimlarning fikriga ko‘ra, u Amudaryodir. Gerodot Amudaryoning bir o’zani (Uzboy) Kaspiyga quyilgan, deb o’ylagan bo‘lsa ke­rak. Professor A. Sagdullayev ham «Araks bu Amudaryo, Matiyon tog‘lari, Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Xindikush tizmalaridir, chunki tarixchining (Gerodotning) aytishicha, Matiyon tog‘laridan Xind daryosi ham boshlanadi», — deb yozadi.
Gerodot massagetlarning yerlari haqida fikr yuritib, ular «Kaspiy dengizidan sharqda, quyosh chiqish yo‘nalishida joylashgan», deb yozadi. Uning Baqtriya va Xorazm xaqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir: «Osiyoda bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog‘ bilan o’ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo‘lib, xorazmliklar parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh yerlarida joylashgan»6.
Gerodotning yuqoridagi ma’lumotlaridan kelib chiqib, Dj. 'Gomson, V. Fedchina, V. Dementyev, O. Andryushenko xaritalar yaratgan. Dj, Tomson Kaspiy dengizining kengligini kengaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlarita mos tushmaydi. I. Dementyev, O. Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to‘g‘riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog‘i tasvirlanmagan.7 Shuningdek, Baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V. Fedchina tiklagan xaritada Gerodot tilga olgan «botqoqlik va ko’llar» mavjud xududlar tasvirlangan bo‘lsada, biroq, Baqtriyaliklar va massagetlar yerlari chizilmagan.
Yana bir yunon olimi Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan Ktesiy O‘rta Osiyoda bo‘lmagan bo’lsada, le­kin bu yerlar haqida bir qator ma’lumotga ega bo‘lgan. Uning qayd etishicha, bu yerdagi qariyb barcha halqlar satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, faqatgina sak qabilalarigina satrapliklarga kirmagan. Ktesiy davrida sharqdagi yirik va ahamiyatli satrapliklardan biri Baqtriya, Sug‘diyona Xind daryosi yo‘nalishidagi hududlarni o‘z ichiga olgan edi.
Baqtriya yerdaridagi kumush konlari haqida gapirib, Kte­siy ushbu zaminning chuqur yer qatlamlarida ushbu metallning ko‘pligini yozadi. Ktesiyga ko‘ra, sharqda yirik Shimoliy dengiz (Kaspiy dengizi) bo‘lib, dengiz bo’yida girkanlar va ularning qo’shnisi darbiklar istiqomat qilganlar. Ulardan ham sharqda esa parfiyalik va baqtiyaliklar, xorazmiy va karmoniylar istiqomat qilishgan. Baqtriya «tekisliklari»ga esa g‘arbdan faqatgina kichik tog‘ yo’li orqali o’tish mumkin bo‘lgan. Baqtriya yerlari Tanais daryosidan Xind daryosi bo’ylarigacha bo‘lgan yerlarni egallagan. Tanais Baqtriya yerlarini Yevropadan Xind esa Xindistondan ajratib turgan. Ktesiy tasavvuriga ko’ra, Tanais Xind daryosiga qarama-qarshi bo‘lib, Pont (Qora) dengiziga quyilgan. Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, Ktesiyning Tanais deganda ikki daryo — Don va Sirdaryo haqidagi ma’lumotlari bir-biriga ziddir. Ktesiy yozganidek, Baqtriya yerla­rini Tanais bo’ylarigacha cho’zilganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u holda Tanais daryosi bu Sirdaryo bo‘ladi va bu nisbatan turli tushuncha. Baqtriya satrapligi Ktesiy davrida ham, Aleksandr Makedonskiy zamonida xam Sirdaryogacha bo’lgan xududlarni qamrab olgan edi.8

Download 71.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling