Tilga oid analiz va sintezning shakllanganlik darajasini о‘rganish
natijalari
EG bolalari tomonidan tilga olid analiz sintez holatini tekshirishda quyidagi bir qator xususiyatlarga e’tibor berildi, ya`ni bunda fonematik analiz va sintez holati, fonematik tasavvurlarga ega bо‘lish holati, gaplarni sо‘zlarga tahlil qila bilish va sо‘z bо‘g‘inlariga oid analiz va sintez holatlari tekshirildi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda fonematik analiz va sintez holati о‘rganish bо‘yicha berilgan topshiriqlarni tekshiriluvchi 10 nafar boladan 3 tasi (30%) yaxshi, 5 tasi (50%) о‘rta va yana qolgan 2 tasi (20%) past darajada bajardi. Fonematik tasavvurlarga ega bо‘lish holati о‘rganilganida esa 2 nafar (20%) bola ushbu topshiriqni yaxshi bajardi. 4 nafar (40%) bola о‘rta darajada va
yana 4 nafar (40%) bola ushbu topshiriqni past darajada bajardi.
Bolalardagi gaplarni sо‘zlarga tahlil qila bilish qobiliyati tekshirilganda, ushbu topshiriqni tekshiriluvchi bolalardan birortasi ham yaxshi bajarib bera olmadi. 3 nafari (30%) о‘rta darajada va 7 nafari (70%) logoped kо‘magida bajarishga harakat qildi.
Sо‘z bо‘g‘inlariga oid analiz va sintez holatlari о‘rganilganida esa tekshiriluvchi 10 nafar bolaga ushbu topshiriq vazifasi og‘irlik qilib, ularning birortasi ham ushbu topshiriqni bajara olmadi. Ammo 4 nafari (40%) logoped kо‘magida va yana qolgan 6 nafari (60%) ham qayta qayta talaffuz qilish orqali ushbu topshiriqni past darajada bо‘lsada bajarishdi.
Maktabgacha bо‘lgan katta yoshdagi eksperimental guruh bolalarini tilga oid analiz va sintezning shakllanganlik darajasini о‘rganish bо‘yicha olingan ma’lumotlar tahlili 5-jadvalda о‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |