Kurs ishi mavzu: Yozma nutq nuqsoniga EGA bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirish Bajardi


tilni amaliy о‘zlashtirish bosqichi


Download 1.93 Mb.
bet7/32
Sana02.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#198839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
tilni amaliy о‘zlashtirish bosqichi: ruhiy jarayonlarni rivojlantirishning ma’lum darajasiga erishishda, bola ularni deyarli tushunmagan holda ma’lum til qoidalarini о‘zlashtiradi. Tilni sezish yoki “tilni his qilish” ushbu qoidalarni о‘zlashtirish mexanizmi hisoblanadi.

  • tillararo faoliyat bosqichi: ya`ni birinchi bosqichni о‘zlashtirib bо‘lgandan keyingina til qoidalarini tushunish mumkin.

    Og‘zaki nutqni о‘zlashtirish uchun bola tilni rivojlantirishning birinchi bosqichini amalga oshirishi lozim. Yozma nutqni о‘zlashtirish uchun esa tilni rivojlantirishning ikkinchi bosqichiga о‘tish zarur.

    Yozish va о‘qishga о‘rgatishda til tizimining birligi sifatida sо‘z - bola ongi uchun о‘zining moddiyligi va sezuvchanligini egallaydi va uning ong predmetiga aylanadi.

    Yozma nutqni о‘zlashtirish va amalga oshirishning murakkabligi uning tabiatiga bog‘liq: agar og‘zaki nutq asosan sо‘zlash-eshitish va sо‘zlarni- harakatlantirish analizatorlari faoliyati bilan amalga oshirilsa, yozma nutq kо‘rish


    • eshitish va harakatlantirish analizatorlari faoliyatidan tarkib topadi. Yozma jarayonga butun miya, uning barcha qobiq bо‘laklari aloqador bо‘lsada, biroq unda bosh miya qobig‘ining ma’lum uchastkalari kо‘proq ishtirok etadi.

    B.G.Ananyev, A.R.Luriya, L.S.Svetkova, E.S.Beyn, M.K.Burlakova va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, yozish va о‘qish kо‘nikmalari funksional tizimining sensor – akustik - motorli va optik – motorli rivojlanishi maxsus nutq faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari ya`ni analizatorlararo о‘zaro ta’sirining tiklanishi bilan bog‘liqdir1. Bunda “Vernike” zonasi (chap yarim sharning chakka sohasi - nutq tovushlarining differensiyasi uchun javob beradi), “Broka” zonasi (chap yarim shar pastki peshona burma- burma joyining orqa qismi), bosh miya ildizining (BMI) peshona bо‘limlari (nutq faoliyatini dasturlash va fikrni saqlashni amalga oshiradi), BMI old bо‘limlari, BMI premator zonasi (sо‘zlarni yozganda tovushlarning kerakli ketma-ketligiga rioya qilinishiga javob beradi) ishtirok etadi.

    Motor faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari esa qо‘zg‘atuvchilarni qabul qilish va tahlil qilish, fazoviy mо‘ljal olish (teri – muskul - kinestetik his uchun javob beradi), praksis markazi (tepa qismidagi burma - burma joyning pastki sohasi), mexanikli yozuv elementi (maqsadli yо‘naltirilgan va avtomatlashgan harakatlarni о‘zlashtirilishi uchun javob beradi) bilan ta’minlanadi.

    Kо‘rish - fazoviy faoliyatni ta’minlovchi mexanizmlar: BMI tepa - ensa sohasi apparatlari (tovush tuzilishini sо‘zning grafik belgilar tizimiga о‘girish, xotirada ushbu belgilarni ushlab turish va ularni tо‘g‘ri fazoviy tashkil etilishini amalga oshiradi), miyaning ensa sohasi (о‘qish va yozish jarayonlarining normal kechishi uchun javob beradi) bilan ta’minlanadi.

    Kо‘rish-motor faolligi esa о‘z navbatida oftalmokinez jarayonlarining normal kechishi (kо‘z harakatlari), mustahkamlovchi (parvotsellyulyar) va fazolovchi (magnotsellyulyar) kanallarning normal ishlashi, barqaror binokulyar nazorat kabi jarayonlarning yaxshiligi bilan ta’minlanadi.

    Yozma nutq faoliyatini tо‘liq amalga oshirish uchun optimal yarim sharlararo о‘zaro ta’sir zarurdir. Bilimlarni о‘zlashtirishning boshlang‘ich bosqichida kо‘rish - fazoviy ma’lumotlariga perseptiv ishlov berish uchun javob beradigan katta funksional og‘irlik miya tizimiga tushadi, sо‘ngra ahamiyati





    1 Ананьев Б.Г. О развитии детей в процессе обучения // Советская педагогика. - 1957. - №7. - Б. 12-24; Лурия А.Р. Язык и сознание. - Ростов-на-Дону: Феникс, 1998. – Б. 306; Цветкова Л.С. Нарушение и восстановление зрительного предметного образа у детей с аномальным развитием // Мозг и интеллект: Нарушение и восстановление интеллектуальной деятельности. - М.: Просвещение - АО «Учеб. лит.», 1995.


    • Б. 241 - 253; Бурлакова М.К. Речь и афазия. Медицина 2007г.

    bо‘yicha til operatsiyalari birinchi qatorga chiqadi. Barcha miya zonalari dinamik lokalizatsiya tamoyili bо‘yicha ishlaydi. Bu esa, yozuvni ta’minlab ushbu tizim zvenolaridan birining buzilgan faoliyatini kompensatsiyalash imkoniyatini yaratadi.

    О‘qish va yozish jarayonlarining normal kechishi uchun optik, motor, akustik kabi analizator tizimlari periferik bо‘limlarining saqlanishi va tо‘liq ishlashi muhimdir.

    D.B.Elkonin va N.S.Jukova qayd etib о‘tganlaridek: “Tovushli nutqdan grafik nutqga о‘tishni ba’zida soddalashtirilib, shunchaki belgi-harflarni sezilarli о‘rnini bosish uchun kirish sifatida tushuniladi. Bunday о‘tish asosida ancha nozik psixilogik jarayonlar yotadi: harf nutq tovushlarini modellashtirmaydi, formulalarni esa simvollar bilan ifodalaydi”1.

    Biz esa yozilgan sо‘z talaffuz etiladigan sо‘zlarni simvollar bilan ifodalamaydi, balki aynan modellashtiradi deb qayd etmoqdamiz, ya`ni, yozma nutq sо‘zdagi tovushlarning vaqtinchalik munosabatlarini fazoviy munosabatlar shaklida shakllantiradi. Shunday qilib, yozma nutq shunchaki sо‘zning tovushli shaklini ifodalamay, balki, kо‘rib tahlil qilinadigan va eshitish analizatori hisoblanuvchi vaqtinchalik aloqalarni ham fazoviy munosabatlarda modellashtiradi.

    Yozuv – bola uchun muhim, yangi belgili tizimdir. Uning о‘zlashtirilishining murakkabligi faqat ular ikkinchi tartibdagi belgilar tizimi ekanligi bilangina bog‘liq emas. Murakkablikning boshqa tomoni yozuv jarayonining yuqori darajali ekanligi va murakkab tashkil topgan sensomotor bazaning mavjudligiga bog‘liq. Yozishni о‘zlashtirish imkoniga ega bо‘lish uchun bola til va kognetiv qobiliyatning ma’lum bir minimal yetuklik darajasiga erishishi zarur.

    Yuqorida bayon etilganlarga xulosa yasar ekanmiz, L.S. Vigotskiyning quyidagi fikrini qayd etib о‘tish joiz: “Algebrani о‘zlashtirish arifmetikani






    1 Эльконин Д. Б. Развитие устной и письменной речи учащихся. - М., 1998. - Б. 100-111.; Жукова Н.С. Преодоление недоразвития речи у детей: Уч.-метод. пособие. - М.: Соц.- полит, журн., 1994. – Б. 96.

    о‘rganishni takrorlamasdan, balki avval yuzaga kelgan arifmetik fikrlarni yuqori darajaga kо‘tarib, abstrakt matematik fikrni rivojlantirishning yangi va yuqori rejasini namoyon etganidek, nutq algebrasi yoki yozma nutqni egallash ham bolani og‘zaki nutqning avvalroq yuzaga kelgan psixologik tizimini yangidan tuzib, nutqning eng yuqori abstrakt qismiga olib kirishidan boshlanadi.

    Yozma nutq - yozish va о‘qish operatsiyalarining komponentlar sifatida birikadigan makrotuzilmasi hisoblanadi: fikrni yozib olish uchun muallif uni tugallangan shaklda bо‘laklab olishi, uni leksemalarga ajratib, sо‘ngra ularning har birini yozuv orqali ifodalashi (yozish) kerak. Shu bilan bir vaqtda muallif yozayotgan о‘z yozuvlarini avval nima yozilgan bо‘lsa о‘shani о‘qish jarayonida asoslash imkoniga ega bо‘ladi. Yozma nutq jarayonining yakunlovchi operatsiyasi negizida esa nazorat bilan о‘qish amalga oshiriladi.

    A.R.Luriya о‘qishni – impressiv nutqning maxsus shakli, yozuvni esa - ekspressiv yozma nutqning maxsus shakli sifatida belgilaydi.

    Yozuv – grafik elementlar yordamida ma’lumotni ma’lum masofaga uzatish va uni ma’lum vaqtda mustahkamlash imkonini beruvchi, nutqni qayd etishning belgili tizimidir.

    Yozuvni lingvistik pozitsiyalardan (til fenomeni sifatida), aynan og‘zaki tilni yozma tilga qayta kodlash usuli kabi, ya`ni belgilarning bir tizimdan boshqasiga о‘tish qoidalari tо‘plami sifatida kо‘rib chiqamiz.

    Qayta kodlash qoidalari tizimi yozuvning bir turini ikkinchi turidan: piktografik, ideografik, sillabik va alfabetik farqlarini aniqlab beradi: piktografik yozuvda sо‘z rasm – piktogramma bilan ifodalansa, ideografik yozuvda – iyeroglif bilan (xitoy tilida), sillabik yozuvda belgi bо‘g‘in, alfabetli yozuvda belgi bir ba’zan ikki tovushni bildiradi. Masalan, rus yozuvi alfabetik tizimda tovushli nutqni yozma nutqga qayta kodlash qoidalarining bir necha tamoyillarga asoslanadi. Mualliflar tо‘rttadan sakkiztacha bо‘lgan turli xil tamoyillarni ajratib kо‘rsatadilar. Ular orasida eng yetakchisi va umum qabul qilinganlari: fonematik, an’anaviy va morfologik tamoyillar bо‘lib hisoblanadi (Gvozdev A.N., Gorbacheva K.S., Shaxmatov A.A.)

    Ularning har birini о‘zlashtirish avvalambor yozishni о‘rganishdan oldin egallangan shart-sharoitlar (bilim va kо‘nikmalar)ning mavjudligini kо‘zda tutadi.




    Download 1.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling