Bolaning suksessiv qobiliyatlarini rivojlantirish. Hodisalarning vaqtinchalik ketma-ketligini analiz qilish, eslab qolish va qayta ifodalashni rivojlantiruvchi mashqlar barcha (kо‘ruv, eshituv, harakat va kinestetik)
analizatorlar faoliyatiga yо‘naltirilishi joiz. Bu maqsadda quyidagi mashqlarni qо‘llash mumkin:
Harakatlar seriyasini eslab qolib takrorlash (“musht-qovurg‘a-kaft”...)
Ritmlarni eshituv va grafik namuna asosida qayta ifodalash. Mazkur topshiriqlarni “Telegrafist” о‘yini kо‘rinishida amalga oshirish mumkin.
V) Raqamlar, tovushlar, harflar, sо‘zlar qatorini eslab qolib qayta ifodalash. Topshiriq qayta ifodalanuvchi qatorlarni uzaytirish yoki namunani teskari ketma- ketlikda qayta ifodalash bilan murakkablashtiriladi.
G) Hafta kunlari, oylar, yil fasllari va h.k.larni tо‘g‘ri, teskari yoki ixtiyoriy ketma-ketlikda avtomatlashgan holda qayta ifodalash ustida ish olib borish;
D) “Taklif etilgan tartiblash prinsipi asosida qatorni davom ettirish” mashqi;
Y) Ketma-ketligi bо‘yicha farq qiluvchi shakllar seriyasini eslab qolish;
J) “Nima о‘zgardi?” о‘yini – bola test materiali (shakllar seriyasini ketma- ketligi)ni eslab qolgandan sо‘ng logoped mazkur ketma-ketlikni bir yoki bir necha о‘zgarishlar bilan kо‘rsatib, nima о‘zgarganini sо‘raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |