Kurs ishi mavzu: Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o’rganilishi (V. A. Vanger,N. N. Ladigina-Kots va boshqalar) Ilmiy rahbar 2023 mundarija


Zoopsixologiyada rasional nazariyalar


Download 48.34 Kb.
bet9/13
Sana30.04.2023
Hajmi48.34 Kb.
#1409092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Qiyosiy psixologiya

Zoopsixologiyada rasional nazariyalar.
1. Antropomorfoz nazariya asoschilari inson psixikasi va hayvon psixikasi yagona ekanligini e'tirof etishadi. Bu yo'nalish tarafdorlari insonning tafakkuri va ong xech qanday o'zgarishlarsiz hayvonot olamiga ko'chirilishi mumkin. Inson psixikasiga aloqador bo'lgan holatlar, hayvonot olamida ham topilishi mumkin. Bu yo'nalish Ch.Darvin tomonidan tavsiya qilingan. Vundtning nazariyalari ham shunga tayanadi10.
Zoopsixologiyada atomistik nazariya. Atomistik guruhga inson va hayvonlarning bir xilligini ta'kidlovchi guruhlarni kiritishimiz mumkin. Insonning psixikasi hayvonlarning psixikasidan bir muncha murakkab deb aytib o'tiladi. Inson hayvonlarning xatti-harakatini qaytaradi deb aytib o'tiladi. Bu evolyusion xulq-atvor sifatida aytib o'tiladi. Bu faraz tarafdorlari sodda hayvonlarning xulq atvorlari va insonning faoliyatini bir biriga solishtirish orqali tahlil qilganlar. Atomistik nazariya tarafdorlari laborotoriya sharoitida eksperimentlar o'tkazishni ma'qul topganlar. Ular aqliy jihatdan tahlil qilmasdan balki eksperimentlar asosida xulosa chiqazishni afzal bilishgan. Atomistlar hayvonlardagi psixik xususiyatlar nima ekanligini aniqladilar. Morfologlar, gistologlar, fiziologlar va ximiklarning bu davrdagi tadqiqotlarda xissalari katta xisoblanadi. Ular tomonidan eksperimental zoopsixologiya va asab tizimi fiziologiyasi yo'nalishi paydo qilindi. Bu hozirgi kunga qadar mavjuddir.
Tropizmlar nazariyasi J.Leb. bu yo'nalishning asoschilari fiziologik jarayonlarning tashqi holatlari kimyoviy reaktsiyalardan iborat deb xisoblaganlar. Bu zoopsixologiyani shakllanishiga xissa qo'shdi. Biroq bu yo'nalish tarafdorlarining fikriga ko'ra ular kimyoviy reaktsiyalarni o'rganib, psixik jarayonlarni ham o'rganish mumkin deb xisoblanalar. Bu yo'nalishning asoschisi J.Leb xisoblanadi (1859-1924) amerikalik biolog. Tropizmlar o'simlik va hayvonot olamining yorug'likka, mexanik ta'sirlarga, kimyoviy ta'sirlarga, haroratga ta'siri deb tushunilgan. Masalan hayvonlar yorug'likka javob berishgan, Lebning fikriga ko'ra bu ijobiy fototropizm deb atagan. Agar yorug'likdan qochsa salbiy fototropizm sifatida talqin qilgan. Tropizm nazariyasi tarafdorlari o'simlik dunyosida qolib ketmasdan, balki hayvonot olamiga ham shu holatlarni qo'llashgan11.

Download 48.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling