Kurs ishi mavzu: Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o’rganilishi (V. A. Vanger,N. N. Ladigina-Kots va boshqalar) Ilmiy rahbar 2023 mundarija
Download 48.34 Kb.
|
Qiyosiy psixologiya
Pavlovning reflekslar nazariyasi. Faol harakatlarni o'rganish bo'yicha ko'pgina olimlar mehnat qilgan. Birinchi bo'lib fiziologik mexanizmlarni o'rgangan olim I.M.Sechenov xisoblanadi. Uning ishlari asosida Rossiyada fiziologiya fani rivojlandi. XIX asrning oxiriga kelib I.P. Pavlov hazm qilish fiziologiyasi bilan shug'illandi, aynan shu holat asab tizimining faoliyatiga bog'liq ekanligini isbotladi. Bu tadqiqotlar Nobel mukotiga tavsiya qilingan. Eksperimental fiziologiya holatiga tayangan holda I.P.Pavlov reflekslar nazariyasini yaratadi: shartli va shartsiz. Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy, ijtimoiy fanlardan ajratilib o'rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning asosiy sababi shundaki, o'sha paytlarda psixologiya, inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan. Psixologiya oldida turgan asosiy vazifa asosan inson ichki olamini o'rganish bo'lib, bu ichki olamga tashqi dunyoga aloqasiz ravishda lrganizm ichida paydo bo'ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar, holatlar sifatida talqin etilgan. Masaslan R.Dekartning ta'kidlashicha, insonning o'zini o'zi anglashi uning ruhiy hayotiga xos bo'lgan narsa bo'lib barcha psixik kechinmalarning murakkabligi faqat ana shu ichki jarayonlargagina bog'liqdir.
O'tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo'yib, uni ajratgan holda talqin etish g'oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha muqaddam I.M.Sechenov tomonidan his etiladigan va amalga oshiriladigan psixologik faoliyatlarning o'rganishi kerak deb aytadi. I.M.Sechenov tomonidan taklif qilingan reflektor nazariya kontsepsiyasi dualizm qarashlarini psixik hayotga tadbiq etish bo'yicha birinchi ilmiy qarash bo'lmagan. Psixologiyan tabiat va jamiyat haqidagi fan sifatida joriy qilish sobiq sovet psixologlarining asosiy maqsadlaridan biri bo'lgan. Sobiq sovet psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan sifatida emas balki, tashqi ko'rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani ruhiy hayotning o'ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat rivojlanishi natijasi sifatida, unda organizmning atrof muhit bilan faol o'zaro aloqaga kirishadi, unda u o'z o'rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish jarayonida, atrof muhitning ta'siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi. Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo'qotgan va buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu tariqa o'rganish ob'ekti bo'lib qolgan. Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko'ra psixika hayot faoliyatida vujudga kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma'lum shart sharoitlarda vujudga keltiradi. Masalan: notirik tabiatda alohida buyumlarning o'zaro aloqasi mavjud. Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan mustaqil ravishda bo'lishi mumkin, suv qirg'oqdan mustaqil ravishda mavjud bo'lishi mumkin. Masalan: kerosinda mavjud bo'lgan kakliy ochiq havoga qo'yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qo'shilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar kontservatlar deb atalgan. Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda almashinuvi ko'proq bo'lar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib, o'zlashtirishi tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. Shu tariqa o'sha katta molekulalar atrof muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar almashinuvi pavssiv jarayon hisoblanmaydi. U oqsil molekulalarning hayotiy faoliyat jarayonini amalga oshiradi. Shu tariqa tirik hayot vujudga keladi. Bu hayotda mayda organizmlar vujudga keladi. Bu to'qimalarning mavjudligining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo'zg'ovchilarni har doim topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo'la boshlagan. Hamma tashqi olam ko'rinishidan hayotni qo'llash uchun biotik ta'sir va mavjud bo'lmagan abiotik ta'sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini diqqat bilan kuzatsak, ularni ma'lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu o'simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda bir to'qimali suv o'tlaridan tortib, to zamonaviy o'simliklarga qadar. Ko'pgina tadqiqotchilarning fikriga ko'ra o'simliklar olamining o'ziga xosligi shundan iboratki, ular ma'lum bir joyga bog'langanlar, harakat qilmaydilar. O'simliklar olami ma'lum bir moddalar almashinuvida to'xtaydi. O'simliklarning xayot faoliyati 1 biotik omillarga bog'liq holda amalga oshiriladi. O'simliklar ma'lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo'lib qoladilar. Demak o'simliklar ham o'z ehtiyojlariga egadirlar. O'simliklar ularga ta'sir qilagan omillarga nisbatan ta'sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O'simliklar ma'lum bir xududga bog'langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O'simliklar yorug'likka, haroratga, kimyoviy ta'sirlarga nisbatan ta'sir berish xususiyatlariga egadirlar. Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi. Tropizmlar fototropizm (yorug'likka javob), termotropizm (haroratga), geotropizm (er markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta'sirlarga) larga bo'linadilar. O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot kelgan yo'nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish) xarakterga ega bo'lishi mumkin. O'simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami hisoblanadi. Hayvonot olamining o'simliklar dunyosidan farqlanuvchi xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu ba'zida etarli xisoblanmaydi, chunki ba'zi bir o'simliklar haoakatlanish xususiyatlariga eagdirlar. Masalan kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o'simlik, kungaboqar quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bundaay harakatlar hayvonlarning xatti harakatlaridan farqlanadi. Hayvonlarning xarakati faol xarakterga ega. O'simliklar dunyosidan hayvonot dunyosiga o'tishdagi yangilik bu hayvonlarda yangi qo'zg'atuvchining ko'rinishi vujudga kelishidir. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qo'zg'atuvchilarni paydo bo'lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontev talqitniga ko'ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo'lishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi. Amerikalik tadqiqotchi Jennigs eng sodda jonzotlarda tadqiqot ishlarini olib borgan. Ma'lumki amyobaning tanasiga tegilsa, uning holati o'zgaradi. Tegilgan joyda yolg'on oyoqlar paydo bo'ladi. Bular psevdopodiyalar deb ataladi, amyoba shu oyoqlari bilan ob'ektni ushlab oladi, agar bu ob'ekt ozuqa bo'lsa amyoba uni o'zlashtiradi, agar ozuqadan tashqari narsa bo'lsa amyoba uni tashlab yuboradi. Bunga yaqin javobni distant qo'zg'atuvchilar orqali ta'sir qilinganda kuzatishimiz mumkin. Ba'zi bir holatda amyoba ma'lum bir masofada turgan ob'ektga yaqinlasha boshlaydi va uni ushlab oladi, boshqa hollarda esa ular teskari xatti-harakatlarni amalga oshira boshlaydilar. Ko'pgina tadqiqotchilarning fikriga ko'ra buni quyidagicha izohlash mumkin, zaif qo'zg'atuvchilar amyobalarda faol reaktsiyani vujudga keltiradi va aksinchakuchli qo'zg'atuvchilar teskari effektni vujudga keltirad, bu esa amyobani qo'zg'atuvchidan uzoqlashishiga olib keladi. Amyobaning tanasi bir xil bo'lmagan qavatlar protoplazmasidan iborat. Tashqi protoplazmagel holatida bo'ladi, ichki protorlazma zol (suyuqlik) holatida bo'ladi. Protoplazmaning tashqi qavvati tashqi ta'sirga qo'zg'aluvchan bo'ladi, shundan so'ng u zol holatiga o'tadi. Bu yolg'onoyoqlarning shakllanishiga sabab bo'ladi, shundan so'ng amyoba harakatlanadi. Foterning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, amyobaga 20 marta zaif mexanik ta'sirdan 2 tasiga javob qaytaradi, zaif yorug'likka esa umuman javob bermagan, biroq yorug'lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan. Mayer va Shreyr taxminlariga ko'ra zaif qo'zg'ovchilarga nisbatan ijobiy, kuchli qo'zg'ovchilarga nisbatan salbiy ta'sirotlar vujudga keladi. Bless va Leontevlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, dafniya yorug'likka nisbatan to'g'ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan. Polyak olimi Dembrovskiyning tadqiqotlarida ham sodda hayvonlarni kerakli harakatlarni amalga oshirishga o'rgatish mumkinligi ko'ringan. U bir xujayrali hayvonlarni dumaloq idishga solib qo'yib, ularni qanday harakatlanishini kuzatgan, ularning haoakatlari boshida xaotik xarakterga ega bo'lgan, ma'lum muddat o'tgandan so'ng esa, bu tartiblangan harakatga aylangan. Tadqiqotchilar juda qiziq ma'lumotlarga ega bo'lishgan, bir xujayrali hayvonlarning qo'zg'atuvchilarini tarqalishi sekundiga 1-2 mikrondan oshmasa, eng sodda asab tizimiga ega bo'lgan hayvonlarda tezlikni tarqaligi katta hisoblanadi, u sekundiga 50 smni tashkio qiladi, qurbaqaning asab tizimini tarqalish tezligi 25 metrga, insonniki esa sekundiga 125 metrni tashkil qilar ekan. Bu holatlar shuni ko'rsatadiki, ma'lum bir asab tizimiga ega bo'lgan hayvonlarda asab tizimining tezligi oshar ekan. Bu holatlarning hammasi asab tizimining paydo bo'lishi zamin bo'lib hizmat qilgan. Eng birinchi asab tizimi to'rsimon asab tizimi hisoblanadi. Bu asab tizimining tolalari to'rga o'xshash bo'lganligi sababli u to'rsimon asab tizimi deb yuritilgan. Bu nerv tolalari juda kuchli sezuvchanlikka ega bo'ladi. Bu to'rsimon asab tizimi yuqori umurtqalilarda "retikulyar formasiya" deb nomlangan asb holatlarini eslatadi. Biroq retikulyar formasiya yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda asab tizimining past bosqichi hisoblansa, ko'p xujayrali past darajadagi hayvonlarda asab tizimining yagona shakli sifatida talqin etiladish. Bu asab tizimi ko'pgina avzalliklarga ega, lekin u harakatni boshqara olmaydi. To'rsimon asab tizimining sezuvchanligini ko'tarilishigasabab bo'lib nafaqat kontakt qo'zg'atuvchilar, distant qo'zg'atuvchilar ham bo'lishi mumkin. To'rsimon asab tizimi bir qator kamchiliklarga egan. To'rsimon asab tizimida asosiy boshqaruv holatlari mavjud emas. Nemis olimi Bets dengiz yulduzlari o'rtasida tadqiqot o'tkazgan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, dengiz yulduzchalarining bittasi etakchiga aylanadi, unga ta'sir qilinganda unga shu tola orqali hamma a'zolar javob bera yuoshlaydi. Biroq shu etakchi nur olib tashlansa, boshqa nur uning funktsiyasini bo'yniga olishi mumkindir. Bu esa dengiz yulduzining nera apparati o'sha tamoyilda qolganligini ko'rsatadi. Yangi asab tizimining paydo bo'lishiga sabab bo'lib, ular xatti-harakatini boshqara oladilar. Shu sharoitlar Markaziy asab tizimini paydo bo'lishini ta'minlaydi. Instinkt va malakalarni o'rganishni zamonaviy holatlari. Ko'pgina olimlarning fikriga ko'ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yo'qligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan naslga hech qanday o'zgarishsiz o'tadigan tug'ma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning hayotida etakchi ahamiyat kasb etadi, masalan qusursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar etakchi o'rin egallaydi faqat asta sekinlik bilan individual o'zgaruvchan xatti-harakatlarga o'rnini bo'shata boshlaydi. Agar yomg'ir chuvalchangini bosh gangliyasini olib tashlaganda u harakat qilishi ma'lum. Download 48.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling