Kurs ishi mavzusi “makabgacha ta’lim tashkilotlaridagi prdagogik faoliyatlarni loyihalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari”
Qurish-yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish-yasash faoliyati orqali matematik bilimini shakllantirish
Download 49.67 Kb.
|
MAKABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI PRDAGOGIK FAOLIYATLARNI LOYIHALASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.2.Qurish-yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish-yasash faoliyati orqali matematik bilimini shakllantirish.
Qurish-yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish-yasash faoliyati orqali matematik bilimini shakllantirish.«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi. O'z xarakteriga ko'ra bolalar qurish-yasashi ko'pincha tasviriy va o'yin faoliyati bilan o'xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg'a uchun. Qurish-yasash faoliyati - amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgHangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi. Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog'ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda qurilish materiallaridan, turli xil mayda to'plamlardan foydalaniladi. Masalan, M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7 mazmunli to'plamlar: «Kosmod-rom», «Temir yo'l vokzali» va boshqalar. Mashg'ulot paytida materiallar ko'p bo'lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon; o'simlik va transportni ifodalovchi mayda o'yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi ayrim narsalarni, ya'ni quyon uchun uy, mashinalar va yo'lovchilar uchun ko'prik yasaydilar. O'yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o'yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Qurilish materiallari ma'lum bir javonlarda, tartib bilan saqlanadi. Konstruktorlar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg`ulot-dan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metal va keramika) foydalanadilar. Bu to'plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo'yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarda ma'lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalar qo'llarining muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo'l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig'ishning metodik ko'rsatmalarini o'rganadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg'ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog'ochli, platmassali va metalldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bolalar bu to`plamlar yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo`lgan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo'llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga chizmaga qarab yaratishga o'rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklil etishdan oldin, tarbiyachining o'zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko'rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o'rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to'plarni hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o'zlashtirishlariga qarab beriladi. Download 49.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling