Darslik bilan ishlash:
Darslikdagi so‘zlar o‘qib beriladi, o‘quvchilar kuzatib boradilar. Xo‘r bo‘lib o‘qish mashq qilinadi.
Darslikning 46-betida berilgan bo‘g‘inlar,so‘zlar, “Kapalak bilan asalari” matni ustida ishlash.
Matn asosida yaratilgan multfilmni namoyish qilish va matnning tarbiyaviy tomonini matn tagida berilgan maqol yordamida yoritish.
Maqol ma’nosi: Biror narsa to‘g‘risida fikr bildirishdan oldin, u to‘g‘risida avval o‘ylab, fikrlab olish kerak.
Lug‘at ustida ishlash: (5-ilova)
Poyga-kim o‘zdi musobaqasi
Posbon-qorovul, qo‘riqchi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 min)
“O‘qib ko‘r-chi?”didaktik o‘yini o‘tkaziladi :
Yozma va bosma harflar bilan katta –katta qilib yozilgan so‘zlar ko‘rsatish.Tez va to‘g‘ri o‘qigan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
Masalan; kapalak,shakar,tesha,piyola,parta…
Darslik bilan ishlash:
Darslikning 30-betida berilgan bo‘g‘inlar, so‘zlar, “Kapalak bilan asalari” matnini o‘quvchilarga ketma-ket o‘qitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |