Fanlararo bog‘lanish:Atrofimizdagi olam,matematika,musiqa
Darsning borishi
I.Darsni tashkil etish: (2 min)
O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Dars shiori ustida ishlash. Shior:
“Doimo yaxshi o‘qish”
II. O‘tilgan mavzularni takrorlash.(12 min)
O‘tilgan mavzular “Charxpalak” texnologiyasidan foydalanib takrorlanadi.
“Charxpalak”
Ushbu jarayon bir necha bosqichdan iborat:
1-bosqich
Sinf o‘quvchilari to‘rtlik guruhlariga ajratish. Har bir guruh uchun harf yozilgan A3 formatidagi qog‘oz va kesma bo‘g‘inlar berish.
2-bosqich
O ‘quvchilar berilgan harf bilan boshlanadigan so‘zlarni bo‘g‘inlar yordamida hosil qilib yopishtiradilar. Guruh so‘zni hosil qilib, keyingi guruhga beradi, u guruh esa boshqa guruhga uzatadi. Ish shu tarzda charxpalak kabi davom ettiriladi.
3- bosqich
Taqdimot. Har bir guruh o‘z tarqatmalaridagi so‘zlarni o‘qib beradilar va birgalikda tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |