Xufiyona iqtisodiyotga kategoriya sifatida metodologik yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
– iqtisodiy yondoshuvda xufiyona iqtisodiyot global, makro va mikrodarajada, shuningdek, institutsional jihatlari tadqiqi qilinadi;
– huquqiy yondoshuvda tartibga solishning normativ tizimiga munosabati, ya’ni rasmiy, davlat ro‘yxatiga olishdan, nazoratidanqochish e’tiborga olinadi;
– hisob-statistik statitik organlarda ro‘yxatga va hisobga olinmagan;
– kriminalogik yondashuvda jamiyatga, shaxsga zarar keltiruvchi faoliyatlar hisobga olinadi;
– kompleks yondashuvda barcha yondashuvlar va kriteriyalar asosida xufiyona iqtisodiyot tadqiq qilinadi;
21-asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida Yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi Yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib "halollab" olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot — Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan
2. Xufiyona iqtisodiyotning ko`rinishlari
Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid kelmasligi nuqtai nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan xufyona iqtisodiyot sektorlariga ajratiladi. Kriminal, ya’ni jinoiy, qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy faoliyat yashiriladi. Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat yoki daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi.
Xufyona faoliyatning turlarini farqlashning uch mezonidan foydalaniladi: ularni “oq” (“birinchi”, rasmiy) iqtisodiyot bilan bog‘liqligi, hamda iqtisodiy faoliyatning sub’ektlari va ob’ektlari. Shu nuqtai nazardan yashirin iqtisodiyotni uch sektor (soha)ga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |