Kurs ishi topshirdi: Alimov Asror Qabul qiladi: Badalbayev Faxriddin Termiz – 2023 Mavzu
Kurs ishining o’rganganlik darajasi
Download 1.42 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti.
Kurs ishining o’rganganlik darajasi. Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2017 yil 22 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. shuningdek, 2018 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi.
Kurs ishining predmeti. Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no-mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarini hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tekshirish ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling