Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Download 250 Kb.
bet11/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
nozigul

Eskiroq ro‘mol birikmasida esa qiyoslash o‘zining lisoniy aksini topganligi qiyoslanuvchi aniq bo‘lmaganda ham (etalon bilan taqqoslaganda) ham reallashuv imkonini beradi.
Olima darajada qiyoslash mavjud bo‘lganda va bu holat morfologik vosita bilan ifodalanganda kategorial ahamiyat kasb etishini uqtiradi. «Ko‘rinadiki, nol ko‘rsatkichining ma’no imkoniyati kengroq, belgining qiyosiy va noqiyosiy holatiga birdek ishora qiladi. —roq esa faqat qiyosiy holat ifodalash uchun xizmat qiladi.
Demak, qiyoslash kategoriyasi ikki a’zoli, u quyidagi: [0] va —roq.
[0] — belgining qiyosiy-noqiyosiy ekanligini ko‘rsatadi, «oldingiga» bog‘liqlikka ishora qiladi.
-roq belgining qiyosiy ekanligini ko‘rsatadi, «oldingiga» bog‘liqlikka ishora qiladi.
Qiyoslash kategoriyasi — belgining qiyosiy-noqiyosiy ekanli­gini ko‘rsatadi, oldingiga bog‘liqlikka ishora qiladi89.
Yuqorida masalaning mohiyatini ochishga qaratilib aytilgan fikrdan shu narsa anglashiladiki, tilshunos olim darajaning nomorfologik ifodalanishi va vositasining birlashuvi qiyoslash- noqiyoslash asosida ekanligidan kelib chiqqan holda, uni grammatik kategoriya sifatida baholamaydi. Faqat qiyoslash uchun xizmat qiluvchi —roq affiksini uning paradigmatik ziddi bo‘lgan nol shakl bilan birgalikda qiyoslash kategoriyasi sifatida qarash tarafdori ekanligini aytib o’tadi.
To‘g‘ri, bu grammatik kategoriya talqinini mukammallashtirish sari qo‘yilgan ijobiy qadamdan biri. Biroq u ham umuman daraja ma’nosini ifodalovchi vositani yaxlit tizim sifatida o‘rganish muammosini yo‘qqa chiqarmaydi va, shu bilan birgalikda, muammo yechimiga olib kelmaydi ham. Aksincha, mazkur vosita tizimini maydon sifatida o‘rganish masalasining dolzarbligini kuchaytiradi, xolos. Chunki qiyoslash kategoriyasi ajratilar ekan, belgining ortiq-kamligini ko‘rsatuvchi boshqa qator vosita e’tibordan xoli qolaveradi.
Boshqa morfologik hodisa qatori daraja kategoriyasini ham formal-funksional tahlil qilish maqsad qilib qo‘yilgan R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva va boshqalarning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida ham daraja kategoriyasiga munosabat an’anadagidek berilgan. Ular daraja ifodalovchi vositani «geterogen» shaklli kategoriya sifatida baholashib, quyidagiga e’tibor qaratishadi: “rang-tus bildiruvchi ayrim sifatda qo‘llanuvchi ~(i)sh, -(i)mtir affiksi belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Masalan, oqish so‘zi oq rangining, qoramtir so‘zi qora rangining kuchsiz darajasi emas, oq, qora bo‘lmagan, balki ularga o‘xshash rang tur
Tahlildan ma’lum bo‘ladiki, tilshunos olimlarimiz o‘zbek tilida daraja ma’nosi va uning ifodalanishi mavjudiigini e’tirof etishgani holda, uning kategorial xususiyati, tarkibi va ifodalovchi vositasi masalasida yakdil emaslar. “Ishonch bilan aytish mumkinki, o‘zbek tilidagi birorta hodisa darajadek rang-barang talqinga ega emas. Buning barchasi daraja ma’nosini ifodalovchi vosita har xilligi, qamrovi kengligi, aniqrog‘i, grammatik kate­goriya mezoniga sig‘masligi bilan belgilanadi.91 Bu esa darajalanish (graduonimiya) hodisasini grammatik kategoriyadan kengroq funksional- semantik maydon sifatida o‘rganish lozimligini ko‘rsatib turadi.


Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling