Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Graduonimiyaning leksik-semantik munosabatlar tizimidagi o‘rni


Download 250 Kb.
bet12/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
nozigul

1.3. Graduonimiyaning leksik-semantik munosabatlar tizimidagi o‘rni


Til birliklariaro amal qiladigan leksik-semantik munosabat turlarining har biri o‘ziga xos lingvistik belgi va xususiyatlarga ega. Leksik-semantik munosabatlar tilshunoslikning muntazam ravishda tadqiq qilib kelinayotgan masalalaridan hisoblanadi. Graduonimiyaning leksik-semantik munosabatlar tizimidagi o‘rni masalasi bilan jiddiy shug‘ullangan olimlardan biri Eduard Sepirdir. U graduonimik qatorning mavjudligi va leksik-semantik munosabatlar tizimi haqida o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan.92 Tilshunos olimalar: R.Safarova va Sh.Orifjonovalar graduonimiya hodisasining leksik sistemasidagi o‘rni haqida quyidagicha fikr bildirgan: “Leksik sistemada uchrovchi munosabatlarning salmoqli qismini giper-giperonimik (jins-tur) va graduonimik (darajalanish) munosabatlari tashkil etadi”93 ushbu fikrga professor A.Sobirov quyidagicha tushuntirish beradi. “Masalan, «qor» so‘zi yomg‘ir, do‘l, jala, qirov, shudring, shabnam so‘zlari bilan birgalikda yog‘in leksik-semantik guruhini tashkil qiladi. Mazkur paradigmatik qatorda yog‘in giperonim (tur), qor, yomg‘ir, do‘l, jala, qirov, shudring giponim (jins) sanaladi. Graduonimiya (darajalanish)ni sinonimiya (ma’nodoshlik)dan farqlash lozim. Sinonimiya ifoda plani har xil, lekin mazmun planiga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Bizningcha, bu ikki hodisani farqlashda so‘zlarning denotativ hamda konnotativ asoslariga tayanib ish ko‘rish lozim”94. O.Bozorov fonetik, leksik va sintaktik sathlardagi graduonimiya (darajalanish)ga atroflicha to‘xtalar ekan, lug‘aviy darajalanishga alohida baho beradi. Lug‘aviy darajalanishning denotativ va konnotativ ma’nolarda voqelanishini, antonimiya va sinonimiyani shakllantirishga xizmat qilishini uqtirib o‘tadi95. Sh.Orifjonova «graduonimik qatorlarning lug‘aviy tizimda ajratish va o‘rganish so‘zlararo ma’noviy munosabatlarni tadqiq qilish ishiga aniqliklar kiritilishi va ularni to‘ldirishi mumkin»ligini ta’kidlaydi96.
A.Sobirovning fikricha, semantik maydondagi paradigma a’zolari o‘rtasidagi munosabat turlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:



  1. Sinonimik (ma’nodoshlik) munosabati.

  2. Giper-giponimik (jins-tur) munosabati.

  3. Xolo-meronimik (butun-bo‘lak) munosabati.

  4. Graduonimik (leksik darajalanish) munosabati.

  5. Funksionimik (vazifadoshlik) munosabati.

  6. Zidlik munosabati97.

Ushbu tasnif ham bizningcha mukammal emas, sababi leksik-semantik munosabatlar tarkiban yuqoridagi tasnifdan ko‘proq ekanligi ma’lum.


O‘zbek tilshunosligida darajalanish hodisasining semantik maydonlarda namoyon bo‘lishi masalasiga tilshunos olim A.Sobirov o‘z tadqiqotida alohida to‘xtalgan. “Semantik maydonlardagi leksik darajalanish (graduonimiya) bir necha ko‘rinishlarda amalga oshadi. Boshqacharoq qilib aytadigan bo‘lsak, u maydon iyerarxiyasining o‘zagini, qolipini tashkil qilishda asosiy vosita vazifasini o‘taydi.
Uning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. Maydon uzvlari (a’zolari) o‘rtasidagi ichki darajalanish. Bu darajalanish gorizontal, vertikal va spiralsimon xarakterga ega bo‘lib, leksik ma’nodagi yadro va periferiya qismlari bo‘ylab tarmoqlanadi.
a) vertikal yo‘nalishdagi darajalanish: past-o‘rtacha-baland-osmono‘par (narsalarga nisbatan); pakana-o‘rtacha-novcha; tepalik, adirlik, togʻlik; tomir -tana-shox;
b) gorizontal yo‘nalishdagi darajalanish: kalta-risoladagi-uzun; millimetr-santimetr-desimetr, metr-kilometr;
v) butun ko‘lamiga ko‘ra darajalanish: ozg‘in-binoyidek-semiz-mesh; xira-tiniq-musaffo; rezanda (tumov)-gripp-bronxial astma.
Butun ko‘lamiga ko‘ra darajalanish semantik maydonlarda eng ko‘p uchraydigan hodisa sanaladi. Qizig‘i, darajalanishning muayyan nuqtalarida ba’zi bir leksemalar bir nechta ma’nodoshlariga ega bo‘lishi mumkin.
Semantik maydon a’zolarining har biri o‘z darajasiga qarab turib paradigma ichida gradual chiziqni hosil qiladi. Ba’zi bir hollarda darajalanish ikki tomonlama bo‘lib qoladi, ya’ni asos (bosh) ma’nodan o‘ng (ijobiy) tomonga va chap (salbiy) tomonga qarab darajalanish kuchayib boradi.
Masalan, irshaymoq «- tirjaymoq <- irjaymoq «-kulmoq - jilmaymoq - xanda otmoq -> xoxolamoq; sudralmoq - imillamoq <- yugurmoq - chopmoq - yelmoq -> g‘izillamoq - o‘qdek uchmoq. Shuningdek, Sh.Bobojonov va I. Islomovning so‘zlar darajalanish lug‘atida kulmoq leksemasining graduonimik qatordagi o‘rni quyidagicha berilgan.
(Jilmaymоq - kulimsiramоq - tabassum qilmоq - kulmоq - qah-qahlamоq. (harakatning kuchliligiga ko‘ra)98
Undan tashqari, qishloq, shaharcha, shahar ko‘rinishidagi darajalanishni lokal (o‘ringa nisbatan), ( Оila - mahalla - оvul - qishlоq - shahar - tuman - vilоyat - rеspublika (hududiy qamrоvining tоr-kеngligiga ko‘ra) e’tibor qaratish kerak.

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling