Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Graduonimiyaning morfologik tahlili


Download 250 Kb.
bet15/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
nozigul

Graduonimiyaning morfologik tahlili


Graduonimik qatorlarning so’z turkumlari asosida yuzaga kelishi

Ot, sifat, son, ravish, fe’l, olmosh, yordamchi so‘zlar


Tadqiqotimiz asosan, Feʼllarda darajadanish hodisasiga bag’ishlanganligi uchun feʼllar darajalanish ko’lamiga e’tibor berib, ularining maʼnoviy mundarija ko’lamlari bo’yicha tor – keng darajalanish, harakatning holatga o’tib borishiga asoslangan darajalanish, harakat belgisining kamayib borshiga ko’ra darajalanish, shuningdek, fe’l kategoriyalarining barchasida darajalanish mavjudligini qayd qilishimiz zarur deb hisoblaymiz.


Umuman olganda darajalanish hodisalari barcha so‘z turkumlari uchun xos xususiyat sanaladi. Ushbu masala o‘zbek tilshunosligida professor O.Bozorov tomonidan monografik planda o‘rganilib, har bir so‘z turkumi uchun darajalanish hodisasining umumiy va xususiy tomonlari alohida yoritib o‘tilganligini alohida qayd qilib o‘tish lozim.









2.2. Fe’llarda darajalanish hodisasining namoyon bo‘lishi


Fe’l turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ko‘plab izlanishlar uchun tadqiq manbayi bo‘lgan hodisalardan biridir. O‘zbek tilshunosligida bu masala tadqiqi bilan A.G‘ulomov, A.Hojiyev, H.Ne’matov, M.Mirtojiyev, J.Muxtorov, S.Sultonsaidova, M.A’lamova, Q.Holiqov, B.Bahriddinova va boshqalar tomonidan maxsus tadqiq qilingan140. Fe’lning nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, harakat tarzi va lug‘aviy shakllik mohiyatiga ham ega bo‘lgan tur kabi to‘rt lug‘aviy shakli mavjud. Bu lug‘aviy shakllarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va paradigmaga birlashuvchi bir necha shakllarga ega. Fe’lning nutqda voqelanish xususiyatlariga ko‘ra ko‘rsatilgan to‘rt lug‘aviy shakl bir xil mavqega ega emas, albatta. Nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik va harakat tarzi shakllari fe’l uchun doimiy, barqaror, turkumiy, tasnifiy belgi sifatida nutqda qanday vazifa va faoliyatda voqelanishidan qat’i nazar yuzaga chiqadi va fe’l tarkibida bo‘ladi. Tur kategoriyasiga esa fe’lning nopredikativ shakllari deb qaraladi, ya’ni ular fe’l gapda fe’l-kesimdan boshqa vazifalarda kelgandagina voqelanadi. Shuning uchun ba’zi tasniflarda, jumladan, H.Ne’matov tomonidan berilgan fe’l shakllarining tasnifida fe’l turlari fe’lning boshqa tasniflovchi lug‘aviy shakllaridan o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan farqlanadi141. Tilshunos olima B.Bahriddinova fe’l haqida fikr yuritar ekan, akademik I.I.Meshchaninovning dunyoning barcha tillarida fe’l gap tarkibida u yoki bu bo‘lak vazifasida kelishi uchun ma’lum bir shaklni qabul qiladi. Qizig‘i shundaki, fe’lni gap tarkibiga olib kiruvchi bunday shakllarning har biri o‘zining turli atamalariga ega. Masalan, harakat nomi - rus tilida fe’lning noaniq shakli - «infinitiv», Yevropa tillarida «gerundiy», arabcha «masdar», sifatdosh - ruscha «prichastie», yevropacha «partitsip», arabcha «ismi foil» yoki «ismi maf’ul», ravishdosh - ruscha «деепричастие», yevropacha «adverbiyum», sof fe’l - ruscha «fe’lning tuslangan shakli», yevropacha «verbum finitum», arabcha «fe’l» kabi atamalar bilan yuritiladi142. degan fikriga qo‘shilgan holda yuqoridagi to‘rt turdagi shakllar tizimi (o‘zbek tilida) o‘zining maxsus atamasiga ega emasligini qayd etadi. Rus tilshunosligida bu sira fe’lning funksional formalari degan noaniq atama bilan birlashtiriladi va o‘zbek tilshunosligiga ham bu xalqa asosida kirib keladi. Atamaning noaniqligi va kategoriyaning nomi bo‘la olmasligi haqida ko‘pgina tilshunoslar fikr bildirganlar. Ammo bu kategoriya uchun umumiy bir leksemali qulay atamani kamdan-kam tadqiqotchilar taklif etganlar. Jumladan, I.I.Smirnitskiy143 bu tizim uchun «категория репрезентации» atamasini qo‘llaydi. Turkiyshunoslikda ham bu atama H.Ne’matov tomonidan ma’qul variant sifatida e’tirof etildi144. O‘zbek tilshunosligida mazkur kategoriyani nomlash masalasi atoqli tilshunos olim B.Mengliyev tomonidan taklif etildi145. Tilshunos olim bu kategoriyani «fe’lning o‘zgalovchi kategoriyasi» deb nomladi. Ammo bu atamaning ham qulay va noqulay tomonlari bor. Qulayligi shundaki, u bir so‘zdan iborat bo‘lib, fe’lning boshqa turkum so‘zlariga yaqinlashishiga ishora qiladi. Noqulayligi esa fe’lni o‘zgalash, ya’ni fe’lni fe’ldan uzoqlashtirish ma’nosining anglashilib turishidadir. Harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh va tuslangan fe’llar yaxlit bir turkumga birlashadigan fe’lning turli shakllari bo‘lganligi sababli, masalan, harakat nomi yoki sifatdoshni «fe’ldan o‘zgalandi» deb aytib bo‘lmaydi. Bu shakllarning barchasi fe’l turkumi doirasida qoladi, ya’ni boshqa turkum so‘zlariga o‘tmaydi - o‘zgalanmaydi. Shu bois o‘zgalovchi atamasini ham qo‘llash fanda unchalik o‘zini oqlamaydi,146 deb ta’kidlab o‘tadi tadqiqotchi B.Bahriddinova. Umuman olganda hozirgi kunda ham tilshunosligimizda fe’l so‘z turkumi yoxud so‘z turkumlari masalasida chigal bahstalab masalalar borligini alohida qayd qilib o‘tishimiz lozim.
O‘zbek tilshunosligida fe’l so‘z turkumining mohir tadqiqotchilari: A.G‘ulomov va A.Hojiyevlar o‘z tadqiqotlarida fe’llarni turli tomonlama tahlil qilganlar. Xususan, o‘zbek tilining mohir tadqiqotchisi A.G‘ulomov va boshqa tadqiqotchilarimiz fe’l haqida fikr yuritar ekan, quyidagicha fikr yuritganligini ko‘rishimiz mumkin: “Fe’llar o‘ziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega bo‘lgan so‘z turkumi hisoblanadi. Xususiy ma’nolari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanuvchi, bir umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi fe’l shakllari tizimi harakat anglatuvchi so‘zlarning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Faqat fe’l so‘z turkumiga xos bo‘lgan grammatik shakllar sistemasi fe’lning grammatik kategoriyalarini tashkil etadi. Fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lgan har qanday so‘z gapda kesim yoki nokesimlik vazifasida kelishidan qat’i nazar, ma’lum bir grammatik kategoriyalarning birida bo‘lishi shart. Fe’lning grammatik kategoriyalariga nisbat, mayl, zamon, shaxs-son va bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyalari kiradi.147
Hozirgi o‘zbek tilida fe’llar anglatgan qator ma’nolariga ko‘ra turli mazmuniy guruhlarga bo‘linganligiga guvoh bo‘lamiz. Darsliklarimizda fe’llar anglatgan ma’nolariga ko‘ra quyidagicha guruhlanadi148:

  1. Harakat fe’llari

  2. Nutq fe’llari

  3. Holat fe’llari

  4. Natijali faoliyat fe’llari

  5. Tafakkur fe’llari

  6. Munosabat fe’llari

Ushbu fe’l guruhlari darsliklarimizda quyidagicha bayon qilinganligini ko‘rishimiz mumkin:
Harakat fe’li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. Ular yurish, ta’sir etish, zarb berish kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qo‘l, oyoq, yuz, og‘iz, gavda bilan bog‘liq harakatda harakatlanuvchi obyekt yaqqol ko‘rinib turadi. Oyoq bilan bog‘liq harakatni ifodalovchi fe’llar: yurmoq, kezmoq, yo‘rg‘alamoq, pildiramoq, lapanglamoq, gandiraklamoq, do‘konglamoq, tentiramoq, tepkilamoq, tepmoq, toptamoq, depsinmoq, tisarilmoq; qo‘l bilan bog‘liq harakatni ifodalovchi fe’l: urmoq, solmoq, ushlamoq, silamoq, tirnamoq, shapaloqlamoq, chimchilamoq, uqalamoq, qitiqlamoq, changallamoq, mushtlamoq, chertmoq, hovuchlamoq, chapak chalmoq, paxsa qilmoq;
Yuz, gavda, og‘iz, lab, quloq, burun va h. bilan bog‘liq harakat ham mavjud.

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling