Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Download 250 Kb.
bet13/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
nozigul

daqiqa, soat, sutka, oy, yil, asr, era leksemalari o‘rtasidagi darajalanishni temporal (vaqtga nisbatan), o‘quvchi, talaba, bakalavr, magistr, aspirant, doktorant so‘zlari orasidagi darajalanishni ijtimoiy darajalanish tarzida bir necha turlarga bo‘lib yuborish mumkin.
2.Leksik-semantik guruhlar yoki mazmuniy to‘dalar o‘rtasidagi darajalanish.
Masalan, ijtimoiy foydaliligi jihatidan o‘simliklar (fitonimlar) bilan bog‘liq semantik maydonni quyidagicha tabaqalashtirish mumkin:
1. Tuban o‘simliklar mikromaydoni.
2. Suv o‘tlari mikromaydoni.
3. Yovvoyi o‘simliklar mikromaydoni.
4. Zararli o‘simliklar mikromaydoni.
5. Dorivor o‘simliklar mikromaydoni.
6. Xonaki gullar mikromaydoni.
Suv hayvonlari-amfibiyalar- yovvoyi hayvonlar-uy hayvonlari ko‘rinishida ham o‘ziga xos darajalanish kuzatiladi.
3. Moddiy borliqdagi asosiy tushunchalarni ifodalovchi makromaydonlar o‘rtasidagi darajalanish.
Jonsiz narsalar va hodisalar -> o‘simliklar - hayvonlar -inson- Olloh, o‘rtasidagi darajalanishni bunga misol qilib olish mumkin.
Har bir kichik paradigmani tashkil qiladigan uzv (a’zo)lar funksional-uslubiy jihatdan bir xil maqomga ega emas. Ishlatilish chastotasi, uslubiy bo‘yoqdorligi va semantik xususiyatlariga ko‘ra ularni ma’lum bir darajalarga joylashtirish mumkin.
Masalan, quyon, tulki, bo‘ri, ayiq, sher zoonimlarining darajalanishida lug‘aviy birlik sememasidagi “yirtqich”lik darajasi graduonimik qatorning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Lug‘aviy darajalanishning ikki xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, a) tabiiy asosga ega bo‘lgan lug‘aviy darajalanish; b) sun’iy asosga ega bo‘lgan lug‘aviy darajalanish sifatida ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro tasniflanadi:
a) tabiiy asosga ega bo‘lgan lug‘aviy darajalanish.
Masalan: tovuq- echki- ot - qo‘y- sigir darajalanishida mazkur hayvonlarning inson hayotidagi o‘rniga, ularning ijtimoiy qiymatiga (insonga bergan mahsulotiga) ta’kid tushmoqda.
Yulduz- oy- quyosh; chaqaloq- bola (qizcha)-> yigit (qiz)-> er (xotin) chol (kampir); temir~> mis- kumush- oltin kabi paradigmalarda ham tabiiy ravishda darajalanish munosabati borligi ko‘zga tashlanadi.
b) sun’iy asosga ega bo‘lgan lug‘aviy darajalanish
Darajalanishning bu ko‘rinishi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar zaminiga qurilgan bo‘lib, hamma zamonlarda jamiyatni pog‘onalashtirishga harakat qilishgan. Buning natijasida har bir tilda mazkur holatning in’ikosi sifatida ierarxonimik paradigmalar vujudga keladi. Masalan, qadimgi Yunonistonda qullar-> demos (oddiy xalq) - drujina - zodagonlar qatlamidan iborat ierarxonimik tuzilish bo‘lgan”99. Keltirilgan fikrga asosan shunday deyish mumkin: darajalanish (graduonimiya)ning bu ko‘rinishi o‘zgaruvchan darajalanish turiga mansub bo‘lib jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘zgarishi bilan ushbu qator ham o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.
Tilshunos olima J.Jumabayeva leksik-semantik munosabatlar tizimida graduonimiyaning boshqa turli leksik-semantik hodisalar bilan munosabatini sharhlar ekan, o‘zbek tilshunosligida graduonimiya masalalarini monografik aspektda o‘rgangan olim O.Bozorov fikrlariga tayangan holda quyidagi jadvalda bayon qiladi. qiladi104.
O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabatini o‘rgangan tadqiqotchi G‘.Rahmonov o‘zbek tilshunoslaridan Sh.Rahmatullayev, R.Yunusov, E.Qilichev, E.Begmatov, H.Ne’matov, A.Nurmonov, R.Rasulov, S.G‘iyosov, R.Safarova, O.Bozorov, D.Xo‘jaeva, Sh.Orifjonova, H.Shamsiddinov, L.Xudoyberdiyeva, N.Shirinova, J.DJumabayevalarning bu boradagi tadqiqotlarini e’tirof etadi105. Ta’kidlash zarurki, XXI asrning birinchi o‘n yilligi mobaynida o‘zbek tilshunosligida jamiyat a’zolarida lingvistik tafakkurni rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor berildi. Xususan, maktab o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini o‘stirish uchun “O‘zbek tilining so‘zlar darajalanish o‘quv lug‘ati”ning106 nashr ettirilishi bu boradagi jiddiy yutuq bo‘ldi deb aytish mumkin. Sinonimik qatorning chegarasini (bir sinonimik qatorga kiruvchi so‘zlarni) belgilab olish uchun shu sinonimik qatordagi bosh so‘zni aniq belgilash lozim bo‘ladi. Shuningdek, har qanday sinonimik qator ham darajalanish hodisasi sifatida qaralmaydi. Mazkur jihatlardan farqli, “O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati”da107 “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” izohsiz sinonimik qator holida kengaytirilib, sinonimik qatordagi bosh so‘z (dominanta) belgilangan, ma’nodosh so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashma qatlamga mansubligi aniqlangan108. Albatta, ushbu jihatlar lug‘atlar o‘rtasidagi afzalliklarni belgilamaydi, aksincha, ularning vaqt sayin takomillashtirilgan tarzda chop ettirilishi ilm-fan va jamiyat rivoji uchun koni foyda. Shunga qaramay, “O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati”da keltirilgan quyidagi munosabat e’tiborlidir: “lug‘aviy ma’nodoshlik sememasi tarkibidagi atash va vazifa semalari bir xil, ifoda semalari har xil bo‘lgan, bir turdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat, harakat-holatni ifodalovchi leksemalararo munosabat. Darajalanish esa umumiy atash semalari bir xil, lekin ma’lum bir semaning turli darajasini ifodalovchi leksemalar”109. Lug‘at mualliflari ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning farqini ifoda semalari bilan bog‘laydilar, zero darajalanish qatorida bunday tafovut kuzatilmaydi. Binobarin, Sh.Orifjonova “graduonimlarda lug‘aviy paradigma bir yetakchi (dominanta) atrofida birlashishini ta’kidlab, “darcha” va “darvoza” so‘zlarining ma’nosi “eshik” yetakchi so‘ziga nisbatan ochilishini qayd etadi va ularni darajalangan so‘zlar qatoriga kiritadi”110. Tilshunos olima tomonidan bildirilgan graduonimik qatorda dominant so‘z masalasi nazarimizda biroz bahstalab. Modomiki, gap o‘zbek tilshunosligidagi sinonimlar izohi haqida borarkan, bunda an’anaviy hamda sistem-struktur yondashuvlar ta’siri natijasida yuzaga kelgan tasniflar borasida ham to‘xtalmoq joiz. Xususan, sinonimik qatordagi leksemalarning o‘zaro munosabatini tekshirgan G‘.R.Rahmonov, avvalo, ana shu leksemalarning semantik tabiati diqqat markazida bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi hamda sememalarning semantik mundarijasini aniq belgilashdagi eng to‘g‘ri yo‘llardan biri sifatida leksik ma’noni semalarga bo‘lib o‘rganishni ko‘rsatadi111. Uningcha, sinonimiyani leksik ma’nolarning semalar bosqichidagi tahlilidan chiqib belgilanganda, “aynan bir ma’no” nima, “bir xil ma’no” nima, “yaqin ma’no” nima – aniq aytib bera olish mumkin. G‘.R.Rahmonovning leksik ma’no tarkibiga ko‘ra teng keluvchi sememalarning sinonim bo‘lishi haqidagi qarashlari biroz bahsli. Garchi tilshunos “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da o‘zaro sinonimlar deb keltirilgan kuchli, baquvvat, zabardast112 leksemalarini leksik ma’nolar tarkibi jihatidan teng deb baholasa-da (“kuchi, quvvati ko‘p”; “yetarli”; “normal darajadan ortiq”; “yuqori”; “jismoniy qobiliyati baland”; “kuchsizning aksi”), bu leksemalarning nutqiy xoslanishi, qo‘llanuvchanligini bildiruvchi belgilariga nisbatan farqli deb topadi. Shuningdek, tadqiqotchi: “bular asosida yotgan obrazning, ichki formaning sezilishi ham har xil: kuchli keng tushunchaga ega, baquvvat ma’noni kuchliroq ottenkada ifodalaydi, zabardast leksikasida esa belgi darajasi yana ham kuchli. Demak, til sinonimlarida leksik ma’nolar tarkibi jihatidan teng kelish prinsipiga amal qilinadi, nutq sinonimlari esa bunday asosdan xoli. Ularda umumiy leksik ma’nodan tashqari, har birining o‘ziga xos leksik ma’nolari bor”, deya qo‘shimcha qiladi113. Tilshunos A.Eshmuminov o‘z tadqiqotida professor O.Bozorovning ba’zi sinonimik qatorlar ma’nodoshlik qatori emas, balki mazmuniy graduonimiya ekanligi haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi.114 Sinonimik qator lekse­malari bitta semaning turli darajalarini ifodalaydi va shu asnoda farqlanadi. Kuchli, baquvvat, zabardast sinonimik qatorida “jismoniy kuchga egalikning ortiqligi” kuchlidan zabardastga tomon darajalanmoqda. Bu kabi sinonimik qatorlarda atash semasi bilan birga ifoda semasining ham darajalanib borishini ko‘rish mumkin. Masalan, zukkolik belgisining (denotativ) tadrijiy kamayib borishiga salbiy munosabatning (konnotativ) oshib borishi darajalari to‘g‘ri keladi: Anqоv - mеrоv - оvsar - kalvak - go‘l - pandavaqi - merov.
Sinonimiyaning bu turini ayrim tilshunoslar ma’nodoshlik munosabati deb hisoblamaydilar. Bunday ma’no munosabatini mazmuniy graduonimiya deb baholaydilar115.
Sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabati haqida O.Bozorov o‘zining nazariy fikrini quyidagicha bildiradi: sinonimiya tarkibidagi darajalanishga oid nozik farqlar aslida sinonimiyaning emas, balki graduonimiyaning pereferik (graduonimiyaning sinonimiya ichiga kirib borishi, tutashishi) belgilaridir116. Graduonimiya va sinonimiya hodisalarining oʻzaro munosabati xususida O.Bazarov tilshunos I.G.Pavlovning fikrini quvvatlab, quyidagicha yozadi: “Graduonimiya va sinonimiya hodisalari asos belgilariga koʻra keskin farqlanadi. Zero, sinonimiya ikki va undan ortiq leksema va frazemalar sememalarining aynanligiga asoslansa, graduonimiya sememalar asosiy semalardagi gradatsiyali farqlanuvchiga tayanadi. Bundan sinonimlarda asosiy maʼnolarning tengligi, graduonimiyada esa, teng emasligi maʼlum boʻladi”117.
Olim o‘z fikrini davom ettirib antonimiya va graduonimiya munosabatlari haqida ham qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Olimning fikricha, “…ko‘p hollarda antonimiya graduonimiya asosida shakllanadi. Aslida graduonimiya semantik darajalanishlarga asoslangan bir umumiy yo‘nalishli qator bo‘lsa, antonimiya shu qatorning turli qismlari o‘rtasidagi semantik farqlanuvchanlik-zidlanuvchanlik munosabatlaridir. Shunday qilib graduonimiya antonimiyaga mohiyatan zid bo‘lmay, uning umumiy umurtqa pog‘onasini, aniqrog‘i, antonimik juftlik shakllangan butunlikni tashkil etadi118 deb tushuntiradi. Umuman olganda sinonimiya va graduonimiya leksik-semantik munosabatlar sistemasida bir-biriga eng yaqin bo‘lgan munosabatlar sistemasidir.
Giponimiya va graduonimiya munosabati haqida fikr yuritadigan bo’lsak, Giponimik munosabatda giperonim(jins) va giponim(tur) o‘zaro farqlanish holati kuzatilib, giperonim bitta, giperonimlar esa kamida ikkita bo‘lishi talab qilinsa, graduonimiyada esa darajalanuvchi so’zlar qatori kamida uchta bo’lishi shartligi ma’lum.
Professor R.Sayfullayeva hammuallifligidagi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida giponimiya haqida fikrlar bildirar ekan, “giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanishi, giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik ekanligi, giponim esa ma’lum jins turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implitsit tarzda jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik ekanligiga alohida to‘xtalgan”120. Shuningdek, giponimiya hodisasida ham xuddi graduonimiya kabi qatorlar mavjud ekanligi haqida fikr yuritilib quyidagicha misol berilgan: “Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‘aviy lakunaga ega bo‘ladi. Bu bo‘sh xona ayni bir jinsning turli belgisi bilan chegaralanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‘aviy lakuna hisoblanadi.”121 Ushbu holatlarda ularning har-birida ma’lum bir mavzuviy guruh sifatida bir paradigmaga birlashish va qatorni hosil qilish imkoniyati borligini ham qayd qilib o‘tish lozim.
Leksik-semantik munosabatlar tizimida yana bir munosabatlardan biri meronimiya (partonimiya)dir. O‘zbek tilshunosligida meronimiya hodisasi tilshunos B.Qilichev tomonidan ilk bor monografik planda partonimiya nomi ostida tadqiq qilingan.122 Meronimiyada butun nom, bo‘lak nomi o‘rnida qo‘llanadi. Graduonimlarda esa qatordagi yonma – yon turgan a’zolar bir-birining o‘rnida qo‘llanilish holatlarini kuzatish mumkin.123 Graduonimiya va meronimiya hodisalarini quyidagi jadval asosida ularning yuzaga kelishini morfologik jihatdan tahlil qilganimizda graduonimiyaning yuzaga kelishi meronimiyaga nisbatan ancha keng ekanligi, ular o‘rtasidagi farqlarni aniqlashimiz uchun ushbu jadval bevosita yordam berishini

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling