Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Download 250 Kb.
bet16/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
nozigul

Nutq fe’llari insonning gapirish faoliyati bilan bog‘liq harakatlarni ifodalaydi: gapirmoq, so‘zlamoq, aytmoq, demoq, bidirlamoq, to‘ng‘illamoq, g‘o‘ldiramoq, vaysamoq, vaqillamoq, javramoq, bobillamoq, javob bermoq, vag‘illamoq kabi.


Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Holatni to‘rtga bo‘lish mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq): eslamoq, unutmoq, yodlamoq, tubanlashmoq;
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq): xafa bo‘lmoq, shodlanmoq, esankiramoq, dovdiramoq, g‘azablanmoq;
d) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog‘liq): holsizlanmoq, kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq;
e) ijtimoiy holat (jamiyat bilan bog‘liq): boyimoq, kambag‘allashmoq, ko‘tarilmoq, urilmoq, quvg‘in bo‘lmoq.
Natijali faoliyat fe’llari tizimi yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, hosil bo‘lmoq, chizmoq, yozmoq, barpo qilmoq, arralamoq, parchalamoq, sayqal bermoq, randalamoq, sindirmoq, yemoq, o‘chirmoq kabi birliklarni o‘z ichiga oladi.
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog‘liq o‘ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.
Munosabat fe’llari qatori erkalamoq, suymoq, yaxshi ko‘rmoq, parvona bo‘lmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, yon bosmoq, maftun bo‘lmoq, e’zozlamoq kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari, beti qursin, xudo olsin, qorasi o‘chsin, baloga giriftor bo‘lsin, juvonmarg bo‘lgur kabi salbiy xarakterdagi munosabat fe’llaridan tashkil topadi”149.
Boshqa so‘z turkumlarida bo‘lgani kabi fe’llarda ham darajalanish hodisasi mavjudligini alohida ta’kidlash lozim. Fe’llarda darajalanish hodisasini tilshunos olima M.Otaboyeva rus tilshunosi I.A.Isayeva fe’llardagi gradual semantikani
fe’llarning leksik-semantik va so‘z shakllantirish darajasida namoyon
bo‘lishi misolida tadqiq etdi. Muallifning ta’kidlashicha, fe’llarning
gradual semantikasi qo‘shimcha vosita – graduatorlardan (affikslar,
qo‘shimcha gradatsion ma’nolar) foydalanish orqali yuzaga chiqadi va rus tilidagi vzoyti – prevzoyti so‘zini misol qilib keltiradi. Bu biz
o‘rganayotgan graduonimiyadan ko‘ra ko‘proq gradatsiyaga yaqinroq va nutqdagi
darajalanishni o‘zida aks ettiradi,150 deb ta’kidlab o‘tadi.
Fe’llar ma’no ko‘lamiga ko‘ra darajalanishdan tashqari kategoriyalari orasida ham o‘zaro muayyan bir belgisining ortiq-kamligi bilan ham farqlanishi mumkin. Graduonimiyaga oid izlanishlar olib borgan o‘zbek tilshunoslari orasida grammatik kategoriyalarda darajalanish to‘g‘risida faqatgina O.Bozorovning tadqiqotida morfologik sathda darajalanish qismida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, unda fe’l kategoriyalarida ham darajalanish mavjudligi izohlab beriladi151. Quyida kategoriyalarda darajalanishni tahlil etib chiqamiz. Dastavval nisbat kategoriyasida graduonimiya qay holatda namoyon bo‘lishini tadqiqotchilarning fikrlariga asoslangan holda bayon etamiz.
Nisbat kategoriyasi harakatning subyekt, ya’ni bajaruvchiga munosabatini, harakatning subyekt va obyektga munosabatini ko‘rsatadi.
Nisbat kategoriyasi fe’lning bo‘sh subyekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtirib nutqqa moslaydi. Harakatning subyekt va obyektga munosabatini ko‘rsatishiga ko‘ra, nisbat kategoriyasining bir necha turi farqlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida fe’lning aniq (bosh) nisbat, o‘zlik nisbat, orttirma nisbat, birgalik nisbati va majhul nisbati ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, har bir nisbat shakli maxsus yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasaladi. Nisbat kategoriyasida darajalanishni O.Bozorov nisbat turlari orasida o‘zaro turli tamoyillarga ko‘ra, ya’ni harakatning bajarilishidagi fe’l nisbatlarining ishtirokini hisobga olgan holda namoyon etadi. “Unga ko‘ra nisbat ketegoriyalari orasida quyidagicha darajalanishni kuzatish mumkin: a) subyektning harakatni bajarish mavqeyiga ko‘ra: aniq/o‘zlikbirgalikorttirmamajhul; b) harakat bajarilishida o‘zga shaxslar miqdorining oshib borishi: o‘zlikorttirmabirgalik; v) harakat bajarilishida o‘zga shaxslarning ta’siriga uchrash darajasi: mo‘tadil (aniq, o‘zlik, majhul)tenglik yoki hamkorlik (birgalik)tobelik (orttirma; g) harakat aniqligining kamayib (uzoqlashib) borishi: aniqo‘zlikbirgalikorttirmamajhullik”152.
Yuqoridagi darajalanishni faqat nisbatning turlariaro kuzatish mumkin. Agar ularni xuddi shu darajalangan nisbat qo‘shimchasini olgan fe’l leksema bilan ifodalaganda, u yerda o‘zaro ma’noviy munosabatlarni farqlash imkoni mavjud bo‘lmaydi. Masalan, subyektning harakatni bajarish mavqeyiga ko‘ra: aniq/o‘zlikbirgalikorttirmamajhul darajalanish qatorini qilmoq yoki bajarmoq fe’li misolida ko‘rib chiqaylik: qilmoq - qilishmoq - qildirmoq - qilinmoq yoki bajarmoq - bajarishmoq - bajartirmoq - bajarilmoq. Hosil qilingan qatorlardan shuni tushunish mumkinki, ega tomonidan bajariladigan harakatning mavqeyi ortib, harakatni bajarish (ega tomonidan) bajarilishga (o‘zgalar tomonidan) o‘tib ketyapti. Nisbat qo‘shimchasini olib, uni bu darajalanish qatoriga qo‘yib ko‘rilgan fe’llar orasida esa darajalanish sezilmaydi. Demak, nisbat darajalari o‘zi subyektning harakatni bajarishiga ko‘ra o‘zaro darajalanadi, biroq bu qatorga nisbat qo‘shimchalarini olgan fe’llar joylashtirilsa, darajalanish kuzatilmaydi.



Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling