Kurs ishi yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar So’zboshi


Kurs ishi rejasini tuzish va mavzuni yoritish


Download 33.72 Kb.
bet3/5
Sana24.03.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1291865
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi

Kurs ishi rejasini tuzish va mavzuni yoritish. Kurs ishi mavzusi bo`yicha adabiyotlar, manbalar bilan tanishish jarayonida kengay­ti­rilgan ish rejasi tuziladi. Mavzuga oid adabiyotlar va tegishli manbalar yig`ilgandan keyin reja tuzilib, shu asosda kurs ishini yozishga kirishiladi. Kurs ishi rejasi talabaga mavzuni to`laqonli va asosli tarzda yoritishga, boblar-paragraflar oralig`idagi mantiqiy davomiylikka yordam beradi. Albatta, kurs ishi rejasi mavzu bo`yicha adabiyot va manbalarni yig`ish, qayta ishlash jarayonida bir necha marta o`zgarishi, aniqlik kiritilishi, to`ldirilishi mumkin. Shuning uchun ham kurs ishi bo`yicha dastlab ish rejasi yoki kengaytirilgan ish reja tuzib, mavjud materiallar qayta ishlangandan keyin haqiqiy reja tuzilishi mumkin.
Reja kurs ishi mavzusi qanday ekanligidan kelib chiqib tuziladi va bu tegishli mavzuga oid bo`ladi. Ammo har qanday kurs ishi mavzusini yoritishda quyidagi bo`limlar mavjud bo`ladi:
1. Kirish
2. Asosiy qism (bob va paragraflar)
3. Xulosa
4. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati
Kurs ishining kirish qismida ushbu mavzu dolzarbligi, xronologik davri, geografik hududi, maqsad va vazifalar qisqacha asoslab beriladi. Kurs ishining asosiy qismi boblarga – paragraflarga, bo`limlarga bo`linishi va tegishli tarzda yoritilishi mumkin. Xulosa qismida esa talaba o`zi amalga oshirgan ilmiy tadqiqoti – kurs ishida ko`tarilgan masalalarni umumlashtiradi va mantiqiy yakunlashga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati qabul qilingan qoidalar asosida keltiriladi.
Mavzuga oid adabiyotlar, manbalarni to`plash va qayta ishlash. Kurs ishi yozish jarayonida talabalar o`zlari tanlagan mavzusiga oid adabiyotlar, manbalarni to`plash va ularni qayta ishlash jarayonida kutubxona va zarur hollarda, tegishli arxivlarda ishlaydilar. Talaba zimmasiga olgan dastlabki vazifalar qatoriga tanlangan mavzu bo`yicha O`zbekiston Respub­li­ka­si Prezidenti farmoni, asarlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonuni, qarori yoki o`zgacharoq ifodalaganda mavzuga taalluqli rasmiy ada­bi­yot­lar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash kiradi. Keyin tanlangan mavzu­dan kelib chiqib, mavzuga bevosita yaqin adabiyotlarni o`rganishga kirishiladi. Chunki har bir kurs ishi yozishga kirishgan talaba tanlagan mavzusi bo`yicha mavjud adabiyotlar, manbalarni chuqur o`rgangani, keyingi yillarda bu borada qanchalik oldinga ketganini yoki oqsayotganini asoslay olishi zarur. Bu o`z navbatida, talabalar tomonidan yoziladigan kurs ishi, o`zining tutgan o`rniga ko`ra, talabaning yuqori darajada nazariy bilim­laridan dalolat berishi zarur. Shuningdek, talaba tanlagan mavzusini yori­tishda egallagan nazariy bilimi, voqea va hodisalar, shaxslar hamda tarixiy sanalarga tanqidiy yondashuvini, mavzuga oid adabiyot hamda manba­larni to`plab, ularni har tomonlama tahlil qilib, xolisona fikr bildirishi hamda ilmiy asoslangan xulosa qila olishini ko`rsata bilishi kerak.
Kurs ishi bo`yicha adabiyotlarni to`plash, ayrim hollarda, qo`lyozma manba­la­riga, arxiv manbalariga murojaat qilish, ma`lum darajada mavzu xrono­lo­giyasi bilan ham belgilanadi. Masalan, kurs ishi mavzusi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida (tarixiy davrlar ko`rsatkichi bo`yicha 13- ilovaga qarang - mualliflar) Turkiston va Rossiya xalqlari o`rtasidagi ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy munosabatlar bilan bog`liq bo`lsa, bu mavzu bo`yicha ilmiy tarixiy adabiyotlar mustaqillikkacha va istiqlol yillarida ko`plab chop etilganini ta`kidlash mumkin. Ammo ayni paytda tarixiy adabiyotlarni to`plash va ularni tahlil qilib, qayta ishlashdan tashqari, shu davrga oid davriy matbuot materiallari (o`zbek va rus tillarida Turkistonda, rus tilida Rossiyada chop etilgan gazeta va jurnallar – mualliflar), arxiv manbalarini ham to`plash va tizimga solib foydalanish kurs ishi ahamiyatini, ya`ni hali ilmiy iste`­mol­ga kiritilmagan manbalar bilan boyitilganligini ko`rsatadi. Ayni payt­da kurs ishi mavzusi eng yangi tarix bilan bog`liq bo`lsa, unda tarixiy adabiyot­lar xilma–xilligi nisbatan oz bo`lishi tabiiy va shundan kelib chiqib davriy matbuot materiallari, internet materiallariga murojaat qilish mumkin. Demak, kurs ishi mavzusini yoritishda mavjud adabiyotlardan, qo`lyozma va arxiv manbalaridan, davriy matbuot materiallaridan tashqari internet materiallaridan ham foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki internet materiallari orqali kurs ishi mavzusiga oid respublikamizda chop etilgan adabiyotlar bilan birga xorijda bu mavzu yoritilishi, amalga oshiri­layotgan tadqiqot mavzusi yoki unga yaqin qanday ilmiy izlanishlar yoki borila­yot­gani to`g`risida ma`lumotlarni ham topish mumkin. Mavzu bo`yicha adabiyot­lar, manbalar to`plashga kirishgan talaba o`zi uchun alohida papka tutishi va kutubxonalarda foydalanish uchun maxsus kartochka tayyorlab olishi maqsadga muvofiq. Kartochka namunasi quyidagi tarzda tayyorlanishi mumkin (2- shakl):

2- shakl



Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling