Kurs ishi yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar So’zboshi
Download 33.72 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KARTOChKANING ORQA TOMONI
- Kurs ishini rasmiylashtirish.
KARTOChKANING OLD TOMONI
KARTOChKANING ORQA TOMONI
Albatta, kartochkani tayyorlashga ijodiy yondashib, buni komp’yuterda ko`paytirib olish ham mumkin. Bundan tashqari tarixiy adabiyotlar, arxiv, qo`lyozma, davriy matbuot materiallarini turlarga bo`lib, ma`lum bir tizim asosida bo`laklarga ajratib olsa ham bo`ladi. Tartibli, ma`lum bir tizimga asoslangan holda tarixiy adabiyotlarni o`rganish, tegishli manbalarni tahlil qilish va ularning qiyosiy tahlili asosida kurs ishining rejasini tuzishga kirishish mumkin. Kurs ishini rasmiylashtirish. Kurs ishi sifat jihatidan ko`plab talablarga javob berishi, ya`ni keng qamrovli, adabiyotlar, manbalarni o`z ichiga olganligi, qiyosiy tahlili, ravon tilda yozilganligi, tushunarli, mantiqan, uzviy bog`liq holda ifoda etilganligi bilan hamda talab darajasida rasmiylashtirilganligi, sitatalardan o`rinli foydalanganligi, maqola, ilmiy adabiyot va to`plamlar, berilgan iqtiboslarni qabul qilingan qoidalardan chetga chiqmagan holda keltirilganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega. Kurs ishi o`z hajmiga ko`ra komp’yuterda 25 – 30 betni, qo`lyozmada 35 – 50 betni tashkil etadi. Odatda kurs ishi talaba tomonidan qo`lyozma shaklda yoziladi. Istisno tariqasida kafedra, dekanat ruxsati bilan komp’yuterda ham yozilishi mumkin. Kurs ishi belgilangan hajmiga foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalar kirmaydi. Kurs ishida keltiriladigan iqtiboslar tartib-qoidasi ushbu qo`llanmada referat, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi, magistrlar dissertatsiyasi uchun bir xil belgilangan. Kurs ishini yozish quyi va yuqori bosqich talabalari uchun bir-biridan farq qiladimi? Albatta, 1-bosqichni bitirayotgan talaba bilan 2- 3- bosqichni tugatayotgan talaba nazariy, amaliy bilimlar, mushohadalar nuqtai nazaridan o`zaro farq qiladi. Shuning uchun ham quyi bosqichdagi talabalardan kurs ishi yozish jarayoniga jalb etishdagi talablar, ma`lum darajada, yuqori bosqichdagi talabalarnikidan farqlanadi. Quyi bosqich talabalaridan kurs ishiga oid asosiy talablar quyidagicha: kurs ishi mavzusidan kelib chiqib, maqsad va vazifalarni aniq va to`g`ri belgilash; mavzuga oid adabiyotlarni mustaqil o`rganish; adabiyotlarni turlarga ajratish; mavzu maqsad va vazifasidan kelib chiqib, adabiyotlarga tavsif berish; aniq yo`nalishli reja tuzish va mavjud materiallarni taqsimlash; mavjud adabiyotlarni tanqidiy o`rganish va tahlil qilish; ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarni asoslash; kurs ishini ilmiy jihatdan to`g`ri rasmiylashtirish. Quyi bosqich talabalaridan qilinayotgan asosiy talablarga nisbatan yuqori bosqichdagi talabalar uchun qo`shimcha vazifalar quyidagilardan iborat: mavzuning dolzarbligi va nazariy ahamiyatini asoslash; mustaqil ravishda manba, adabiyotlarni o`rganish va qayta tiklash. Yuqori bosqich talabalari kurs ishini yozishda nazariy bilimlari, dunyoqarash kengligini, ilmiy mushohadasi shakllanayotgani va eng asosiysi, mustaqil tarzda ilmiy tadqiqot ishini olib borishga tayyorgarlik ko`rganliklarini ko`rsata olishlari kerak. Kurs ishi muvaffaqiyatida talabaning aqliy, ilmiy salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishi matnida asosiy qism, ya`ni kirish va xulosadan tashqari, umumiy hajmining 2/3 qismiga to`g`ri kelishi kerak. Kurs ishi yozib bo`linganidan keyin ilmiy rahbar ko`rigiga beriladi va so`ngra tegishli kafedraga topshiriladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga va keyin kafedraga topshirilishi kerak, aks holda talaba o`quv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Shunday qilib, kurs ishi yozish jarayonida talaba avvalo mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishga jalb qilinadi. Kurs ishlari oxir-oqibatda talabadan mustaqil adabiyotlar tahlili bilan shug`ullanish, manbalarni tahlil qilish, maxsus kurs va tegishli predmetlarda o`tilgan mavzularni chuqur, ilmiy asosda o`rganish va yozma ravishda ifoda qilishga ma`lum bir ko`nikma hosil qiladi. Kurs ishini yozishda asosiy masala dalillarni yig`ishdangina iborat bo`lib qolmasligi kerak. Eng muhimi va qiyini kurs ishi mavzusi bo`yicha yig`ilgan materiallarni muvaffaqiyatli umumlashtirish, bir tizimga solishdan iborat. Kurs ishi yozish jarayonida kerakli adabiyotlarni yig`ish va dalillar to`plashga e`tibor birinchi o`ringa chiqsa ham, kurs ishini bevosita yozishga kirishilganda asosiy vazifa mavjud materiallarni ahamiyatga molik yoki unchalik shart bo`lmagan guruhchalarga ajratib olish hisoblanadi. Shundan keyingina kurs ishini materiallar asosida yozishga kirishish mumkin. Kurs ishi titul varag`i, hajmi, ko`chirma (sitata, iqtibos)lar keltirish tartib-qoidalari alohida qayd etiladi. Download 33.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling