Kurs ishi yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar So’zboshi
Kurs ishi rejasini tuzish va mavzuni yoritish
Download 33.72 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlar, manbalarni to`plash va qayta ishlash.
Kurs ishi rejasini tuzish va mavzuni yoritish. Kurs ishi mavzusi bo`yicha adabiyotlar, manbalar bilan tanishish jarayonida kengaytirilgan ish rejasi tuziladi. Mavzuga oid adabiyotlar va tegishli manbalar yig`ilgandan keyin reja tuzilib, shu asosda kurs ishini yozishga kirishiladi. Kurs ishi rejasi talabaga mavzuni to`laqonli va asosli tarzda yoritishga, boblar-paragraflar oralig`idagi mantiqiy davomiylikka yordam beradi. Albatta, kurs ishi rejasi mavzu bo`yicha adabiyot va manbalarni yig`ish, qayta ishlash jarayonida bir necha marta o`zgarishi, aniqlik kiritilishi, to`ldirilishi mumkin. Shuning uchun ham kurs ishi bo`yicha dastlab ish rejasi yoki kengaytirilgan ish reja tuzib, mavjud materiallar qayta ishlangandan keyin haqiqiy reja tuzilishi mumkin.
Reja kurs ishi mavzusi qanday ekanligidan kelib chiqib tuziladi va bu tegishli mavzuga oid bo`ladi. Ammo har qanday kurs ishi mavzusini yoritishda quyidagi bo`limlar mavjud bo`ladi: 1. Kirish 2. Asosiy qism (bob va paragraflar) 3. Xulosa 4. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati Kurs ishining kirish qismida ushbu mavzu dolzarbligi, xronologik davri, geografik hududi, maqsad va vazifalar qisqacha asoslab beriladi. Kurs ishining asosiy qismi boblarga – paragraflarga, bo`limlarga bo`linishi va tegishli tarzda yoritilishi mumkin. Xulosa qismida esa talaba o`zi amalga oshirgan ilmiy tadqiqoti – kurs ishida ko`tarilgan masalalarni umumlashtiradi va mantiqiy yakunlashga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati qabul qilingan qoidalar asosida keltiriladi. Mavzuga oid adabiyotlar, manbalarni to`plash va qayta ishlash. Kurs ishi yozish jarayonida talabalar o`zlari tanlagan mavzusiga oid adabiyotlar, manbalarni to`plash va ularni qayta ishlash jarayonida kutubxona va zarur hollarda, tegishli arxivlarda ishlaydilar. Talaba zimmasiga olgan dastlabki vazifalar qatoriga tanlangan mavzu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, asarlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonuni, qarori yoki o`zgacharoq ifodalaganda mavzuga taalluqli rasmiy adabiyotlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash kiradi. Keyin tanlangan mavzudan kelib chiqib, mavzuga bevosita yaqin adabiyotlarni o`rganishga kirishiladi. Chunki har bir kurs ishi yozishga kirishgan talaba tanlagan mavzusi bo`yicha mavjud adabiyotlar, manbalarni chuqur o`rgangani, keyingi yillarda bu borada qanchalik oldinga ketganini yoki oqsayotganini asoslay olishi zarur. Bu o`z navbatida, talabalar tomonidan yoziladigan kurs ishi, o`zining tutgan o`rniga ko`ra, talabaning yuqori darajada nazariy bilimlaridan dalolat berishi zarur. Shuningdek, talaba tanlagan mavzusini yoritishda egallagan nazariy bilimi, voqea va hodisalar, shaxslar hamda tarixiy sanalarga tanqidiy yondashuvini, mavzuga oid adabiyot hamda manbalarni to`plab, ularni har tomonlama tahlil qilib, xolisona fikr bildirishi hamda ilmiy asoslangan xulosa qila olishini ko`rsata bilishi kerak. Kurs ishi bo`yicha adabiyotlarni to`plash, ayrim hollarda, qo`lyozma manbalariga, arxiv manbalariga murojaat qilish, ma`lum darajada mavzu xronologiyasi bilan ham belgilanadi. Masalan, kurs ishi mavzusi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida (tarixiy davrlar ko`rsatkichi bo`yicha 13- ilovaga qarang - mualliflar) Turkiston va Rossiya xalqlari o`rtasidagi ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy munosabatlar bilan bog`liq bo`lsa, bu mavzu bo`yicha ilmiy tarixiy adabiyotlar mustaqillikkacha va istiqlol yillarida ko`plab chop etilganini ta`kidlash mumkin. Ammo ayni paytda tarixiy adabiyotlarni to`plash va ularni tahlil qilib, qayta ishlashdan tashqari, shu davrga oid davriy matbuot materiallari (o`zbek va rus tillarida Turkistonda, rus tilida Rossiyada chop etilgan gazeta va jurnallar – mualliflar), arxiv manbalarini ham to`plash va tizimga solib foydalanish kurs ishi ahamiyatini, ya`ni hali ilmiy iste`molga kiritilmagan manbalar bilan boyitilganligini ko`rsatadi. Ayni paytda kurs ishi mavzusi eng yangi tarix bilan bog`liq bo`lsa, unda tarixiy adabiyotlar xilma–xilligi nisbatan oz bo`lishi tabiiy va shundan kelib chiqib davriy matbuot materiallari, internet materiallariga murojaat qilish mumkin. Demak, kurs ishi mavzusini yoritishda mavjud adabiyotlardan, qo`lyozma va arxiv manbalaridan, davriy matbuot materiallaridan tashqari internet materiallaridan ham foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki internet materiallari orqali kurs ishi mavzusiga oid respublikamizda chop etilgan adabiyotlar bilan birga xorijda bu mavzu yoritilishi, amalga oshirilayotgan tadqiqot mavzusi yoki unga yaqin qanday ilmiy izlanishlar yoki borilayotgani to`g`risida ma`lumotlarni ham topish mumkin. Mavzu bo`yicha adabiyotlar, manbalar to`plashga kirishgan talaba o`zi uchun alohida papka tutishi va kutubxonalarda foydalanish uchun maxsus kartochka tayyorlab olishi maqsadga muvofiq. Kartochka namunasi quyidagi tarzda tayyorlanishi mumkin (2- shakl): 2- shakl Download 33.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling