Kurs ishi yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar So’zboshi


Download 33.72 Kb.
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1291865
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi

KARTOChKANING OLD TOMONI

Muallifning familiyasi, ismi sharifi

Kartochka №

Manba nomi (kitob, maqola)
Nashr yili, nashriyot nomi, yil, necha betligi, qaysi betlardan foydalanildi?
Jurnal(gazeta) nomi, yil, nomeri, qaysi betlardan foydalanildi?

KARTOChKANING ORQA TOMONI

Kurs ishining qaysi paragraflariga oid



TSitata (yoki o`z so`zi bilan)
Aniq dalil (argument)
Tarixiy sana
Hammasida manba beti-varag`i keltiriladi.

Mening e`tirozim

Albatta, kartochkani tayyorlashga ijodiy yondashib, buni komp’yuterda ko`paytirib olish ham mumkin. Bundan tashqari tarixiy adabiyotlar, arxiv, qo`lyozma, davriy matbuot materiallarini turlarga bo`lib, ma`lum bir tizim asosida bo`laklarga ajratib olsa ham bo`ladi. Tartibli, ma`lum bir tizimga asoslangan holda tarixiy adabiyotlarni o`rganish, tegishli manbalarni tahlil qilish va ularning qiyosiy tahlili asosida kurs ishining rejasini tuzishga kirishish mumkin.
Kurs ishini rasmiylashtirish. Kurs ishi sifat jihatidan ko`plab ta­lablarga javob berishi, ya`ni keng qamrovli, adabiyotlar, manbalarni o`z ichiga olganligi, qiyosiy tahlili, ravon tilda yozilganligi, tushunarli, mantiqan, uzviy bog`liq holda ifoda etilganligi bilan hamda talab darajasida rasmiylashtirilganligi, sitatalardan o`rinli foydalanganligi, maqola, ilmiy adabiyot va to`plamlar, berilgan iqtiboslarni qabul qilingan qoidalardan chetga chiqmagan holda keltirilganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishi o`z hajmiga ko`ra komp’yuterda 25 – 30 betni, qo`lyozmada 35 – 50 bet­­ni tashkil etadi. Odatda kurs ishi talaba tomonidan qo`lyozma shaklda yozi­la­di. Istisno tariqasida kafedra, dekanat ruxsati bilan komp’yuterda ham yozi­lishi mumkin. Kurs ishi belgilangan hajmiga foydalanilgan man­ba va adabi­yotlar ro`yxati hamda ilovalar kirmaydi. Kurs ishida keltiri­la­di­gan iqti­bos­lar tartib-qoidasi ushbu qo`llanmada referat, kurs ishi, malaka­viy bitiruv ishi, magistrlar dissertatsiyasi uchun bir xil belgilangan.
Kurs ishini yozish quyi va yuqori bosqich talabalari uchun bir-biridan farq qiladimi? Albatta, 1-bosqichni bitirayotgan talaba bilan 2- 3- bosqichni tugatayotgan talaba nazariy, amaliy bilimlar, mushohadalar nuqtai nazaridan o`zaro farq qiladi. Shuning uchun ham quyi bosqichdagi talabalardan kurs ishi yozish jara­yoni­ga jalb etishdagi talablar, ma`lum darajada, yuqori bosqichdagi talabalar­nikidan farqlanadi.
Quyi bosqich talabalaridan kurs ishiga oid asosiy talablar quyidagicha:

  • kurs ishi mavzusidan kelib chiqib, maqsad va vazifalarni aniq va to`g`ri belgilash;

  • mavzuga oid adabiyotlarni mustaqil o`rganish;

  • adabiyotlarni turlarga ajratish;

  • mavzu maqsad va vazifasidan kelib chiqib, adabiyotlarga tavsif berish;

  • aniq yo`nalishli reja tuzish va mavjud materiallarni taqsimlash;

  • mavjud adabiyotlarni tanqidiy o`rganish va tahlil qilish;

  • ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarni asoslash;

  • kurs ishini ilmiy jihatdan to`g`ri rasmiylashtirish.

Quyi bosqich talabalaridan qilinayotgan asosiy talablarga nisbatan yuqori bosqichdagi talabalar uchun qo`shimcha vazifalar quyidagilardan iborat:

  • mavzuning dolzarbligi va nazariy ahamiyatini asoslash;

  • mustaqil ravishda manba, adabiyotlarni o`rganish va qayta tiklash.

Yuqori bosqich talabalari kurs ishini yozishda nazariy bilimlari, dunyoqarash kengligini, ilmiy mushohadasi shakllanayotgani va eng asosiysi, mustaqil tarzda ilmiy tadqiqot ishini olib borishga tayyorgarlik ko`rganliklarini ko`rsata olishlari kerak. Kurs ishi muvaffaqiyatida talabaning aqliy, ilmiy salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishi matnida asosiy qism, ya`ni kirish va xulosadan tashqari, umumiy hajmining 2/3 qismiga to`g`ri kelishi kerak.
Kurs ishi yozib bo`linganidan keyin ilmiy rahbar ko`rigiga beriladi va so`ngra tegishli kafedraga topshiriladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga va keyin kafedraga topshirilishi kerak, aks holda talaba o`quv rejasini bajarmagan hisoblanadi.
Shunday qilib, kurs ishi yozish jarayonida talaba avvalo mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishga jalb qilinadi. Kurs ishlari oxir-oqibatda talabadan mustaqil adabiyotlar tahlili bilan shug`ullanish, manbalarni tahlil qilish, maxsus kurs va tegishli predmetlarda o`tilgan mavzularni chuqur, ilmiy asosda o`rganish va yozma ravishda ifoda qilishga ma`lum bir ko`nikma hosil qiladi.
Kurs ishini yozishda asosiy masala dalillarni yig`ishdangina iborat bo`lib qolmasligi kerak. Eng muhimi va qiyini kurs ishi mavzusi bo`yicha yig`ilgan materiallarni muvaffaqiyatli umumlashtirish, bir tizimga solishdan iborat. Kurs ishi yozish jarayonida kerakli adabiyotlarni yig`ish va dalillar to`plashga e`tibor birinchi o`ringa chiqsa ham, kurs ishini bevosita yozishga kirishilganda asosiy vazifa mavjud materiallarni ahamiyatga molik yoki unchalik shart bo`lmagan guruhchalarga ajratib olish hisoblanadi. Shundan keyingina kurs ishini materiallar asosida yozishga kirishish mumkin.
Kurs ishi titul varag`i, hajmi, ko`chirma (sitata, iqtibos)lar keltirish tartib-qoidalari alohida qayd etiladi.



Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling