Ijtimoiy funksiyalar jamoalardagi o’zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, bahsli masalalarni hal qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turishga asoslangan.
Harbiy – siyosiy funksiyalar tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, harbiy qurollarni ishlab chiqarish, qurollangan qo’shinlarni tashkil etish, makonlar va tumanlar hududlarida mudofaa ishlarini amalga oshirish, davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatish va bahsli masalalarni hal qilish kabi vazifalar asosida rivoj topgan.
Yuqorida ko’rsatilgan omillar bilan bog’liq tarzda boshqarishning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari), viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish, boshqarib turish zaruratidan kelib chiqqan.
O’zbekiston tarixida boshqaruv asoslari va tamoyillarining shakllanishi chuqur ildizga ega.Uning dastlabki bosqichlari qadimgi davr va o’rta asrlarga oiddir. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida va totalitar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi yillarida menejmentning o’ziga xos xususiyatlari rivoj topgan.
IX – XII asrlarda O’zbekiston va O’rta Osiyoda Somoniylar, Qorahoniylar, Xorazmshohlar sulolalari boshqargan yirik davdatlar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |