Vazirning vazifalari quyidagilardan iborat bo’lgan:
- davlat amaldorlariga nafaqa belgilash;
- davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy ozuqa va ashyolar bilan ta’minlashni belgilash;
- soliq va xazinani nazorat qil.
Mahalliy boshqaruv tizimida qozilar va hokimlar qonunlar chiqarganlar, shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar. Xorazmshohlarning joylardagi noiblari – amaldorlar va sipohiylar bo’lgan. Qishloqlarda boshqaruv ishlarini oqsoqollar amalga oshirganlar.
“Temur tuzuklari” da davlatchilikning quyidagi muhim asoslariga amal qilish haqida xabar keltirilad:
* davlatning siyosiy jihatdan mustaqil bo’lishi;
* davlat va jamiyat siyosiy yaxlitligining buzilmasligi;
* davlat va jamiyatning muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilmog’i;
* boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakllangan bo’lishi;
* jamiyatdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning ahvoli davlat e’tiborida bo’lishi.
Amir Temur va temuriylar davrida boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni Oliy hukmdor boshqargan, Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog’lanib turish kabi ishlarni Oliy devon bajargan.
Amir Temur davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib – qoidalari, huquqiy asoslarini takomillashtirdi.
Menejment shakllanish tarixini olima, iqtisod fanlari doktori D.Raximova tomonidan ishlab chiqilgan “Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot” o’quv qo’llanmalarida batafsil ifodalab berganlar va ushbu mavzuni yoritib berishda o’quv qo’llanma ma’lumotlaridan foydalanganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |