Kurs ishiga berilgan vazifa


Byurokratiya konsepsiyasi


Download 198.61 Kb.
bet34/52
Sana05.01.2022
Hajmi198.61 Kb.
#207778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
Nuriddin Menejment Fanidan

Byurokratiya konsepsiyasi

ma’muriy tamoyillar


Ilmiy menejment. Sanoat korxonalarida past samaradorlik sabablarini o’rgangan yosh amerikalik olim Frederik Uinslou Teylor ishchilar mehnat unumdorligining o’sishiga asosiy to’siq bo’lib turgan omil – menejment darajasining pastligidir, degan xulosaga keladi. Tadqiqotchi boshqarish tamoyillarini o’zgartirishni, eng muhimi, bu ishni ilmiy tavsiyalarga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirishni taklif etadi. F.Teylor ilmiy menejmentning asoschisi bo’lib qoldi. Bu sohada asosiy e’tibor boshqarish jarayoniga ilmiy asoslangan o’zgarishlar kiritish yo’li bilan mehnat unumdorligini o’stirish muammolariga qaratildi. F.Teylor amaliyot va an’analarga asoslangan qarorlar o’rnini voqea-vaziyatni aniq o’rganish xulosalariga asoslangan qarorlar olishi lozimligini ko’rsatdi. F.Teylor tomonidan taklif etilgan yondashuv Betlexem Shtele kompaniyasi zavodlaridan birida 1898 yilda sinovdan o’tkazildi. Tadqiqotchi oldiga temir rudasi ortilgan temir yo’l vagonlarini bo’shatish va ularga tayyor mahsulotlarni ortishda mehnat unumdorligini oshirishga erishish vazifasi qo’yilgan edi. F.Teylor o’tkazgan dastlabki tahlil shuni ko’rsatdiki, mehnat jarayonida keraksiz, ortiqcha harakatlarni bartaraf etish, mukammalroq asboblardan foydalanish va ish tartibini o’zgartirish har bir ishchining mehnat unumdorligini odatdagi 12,5 tonna po’latdan 47,5 tonnagacha oshirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, olim mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimini joriy etishni taklif etdi, ya’ni normani bajargan ishchi har smenadagi ishi uchun 1,85 dollar (odatda 0,70 dollar) olishi mumkin edi. Natijada kompaniyada mehnat unumdorligi deyarli 24 soatda keskin o’zgardi.


Ilmiy menejment”ning otasi F.Teylorning izlanishlari boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. Genri Gantt taklif etgan Gantt grafigi ancha shuhrat qozondi. Bu grafik ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlarida rejadagi va haqiqiy hajmlarni aks ettirar edi. Ilmiy menejmentga er-xotin Lilian va Frenk Gilbertlar ham katta hissa qo’shdilar. F.Gilbert (1869-1924) mehnatni oqilona tashkil etishga alohida e’tibor berdi va u yoki bu ishni bajarishning “eng yaxshi usulini topish”ga intilishi bilan shuhrat qozondi.

Lilian Gilbert (1878-1972) ning ilmiy qiziqishlari ko’proq mehnatning jismoniy qirralariga bag’ishlangan. Tashkiliy psixologiya va personalni boshqarish sohasidagi eng birinchi ilmiy ishlar L.Gilbert qalamiga mansubdir.

Ilmiy menejment yondashuvini qo’llash asosida har bir faoliyat turi uchun standart tartibining qoidalarini ishlab chiqish, tegishli qobiliyatga ega bo’lgan xodimlarni dastlabki tanlab olish orqali samaraliroq mehnat usullarini o’rganish, topshiriqlarni bajarish tartiblarini ta’minlash va ehtimoli bo’lgan to’siqlarni bartaraf etishni, shuningdek, moddiy rag’batlantirish, ta’minot va boshqaruvni takomillashtirish mumkin bo’ladi.

Ilmiy menejment tamoyillarini amalda qo’llash mehnat unumdorligini oshirishga erishish imkoniyatini berdi, ammo yaxshi xodimlarning tobora ortib borayotgan ehtiyojlariga va mehnatning ijtimoiy masalalariga e’tiborning yetarli darajada bo’lmasligi menejment bilan kishilar o’rtasidagi to’qnashuvlarning kuchayishiga olib keldi, yollanma xodimlarning yanada jadalroq ekspluotasiya qilinishiga yordam berdi, bu esa F.Teylor va uning izdoshlari intilgan hamda ko’zlagan uyg’unlik va hamkorlik muhitini yaratmadi. ( 3 – jadval).




Download 198.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling