Kurs ishiga qo'yiladigan talablar
Download 18.85 Kb.
|
Kurs ishiga talablar — 02
- Bu sahifa navigatsiya:
- GOST 7.1-2003 va elektron resurslarning bibliografik tavsifi uchun GOST 7.82-2001).
- ILOVA 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
- Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi
- Bajardi: __________________________________________ Tekshirdi: __________________________________________ TOSHKENT 2022
KURS ISHIGA QO'YILADIGAN TALABLAR 1. Kurs ishi mavzu bo‘yicha, “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining dasturiga muvofiq tayyorlanib, o‘qituvchiga o‘z vaqtida topshirilishi kerak. Kurs ishi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: Sarlavha sahifasi (ILOVA 1). Bo'lim va bo'limlar sahifalarini ko'rsatgan holda kurs ishining mazmuni (mundarija) (ILOVA 2). Kirish 1-2 betdan iborat. Asosiy qism matnli ko'rinishda, kurs ishining bo'limlariga (boblariga) muvofiq ajratiladi. Ishni yaxshiroq strukturalash uchun bo'limni kichik bo'limlarga (1.1., 1.2. va boshqalar) bo'lish mumkin, ularning soni, qoida tariqasida, 3 sahifali 12-14 betdan oshmasligi kerak. Xulosa asosiy qismning materiallari taqdim etilgandan so'ng tuziladi. Kurs ishi asosiy qism va bo'lim xulosalarni o'z ichiga olgan holda tuziladi. Xulosa hajmi 1-2 betni tashkil qilishi mumkin. Illyustrativ (taqdimot) materiallar (jadvallar, grafiklar va rasmlar) matnda majburiy raqamlangan holda (1-jadval, 2-jadval va boshqalar) yoki bo'limlar (2.1-rasm, 3.2-rasm va boshqalar) bo'yicha berilishi mumkin. Huddi shuningdek kurs ishini ilovalarida ham qo'llaniladi. Kurs ishining mavzusi bo'yicha foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati (bibliografiya) xulosadan so'ng alifbo tartibida alohida sahifalarda beriladi. Bibliografik ro'yxat bosma nashrlarning bibliografik tavsifini tartibga soluvchi standartlarga muvofiq tuzilishi kerak (GOST 7.1-2003 va elektron resurslarning bibliografik tavsifi uchun GOST 7.82-2001). Foydalanilgan adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida, masalan [3], bibliografik ro‘yxatdagi manbaning tartib raqamini ko‘rsatgan holda beriladi. Ishni yozishda foydalanilgan manbalarga havolalar, ular berilgan matnning shu sahifalarini pastida (tegishli shaklda) ko'rsatish tavsiya etiladi. nostandart jadvallar va diagrammalar ko'rinishidagi illyustrativ materialning bir qismi raqamlangan ilovalarga o'tkazilishi mumkin (masalan: 1-ilova, 2-ilova va boshqalar). 2. Ish matni standart varaqlarda (A4 formatda), varaqning bir tomonida quyidagi qoidalarga rioya qilingan holda teriladi: 14 o‘lchamli Calibri shrifti (jadval, rasm va ilova yozuvlari 12 o‘lchamli Calibri shriftida) bir intervalli, chap cheti 30 mm, bo‘lishi kerak, yuqori va pastki chetlari 20 mm, o'ng - 10 mm bo'lishi kerak. Kurs ishining hajmi 25- 30 bet mashinkada yozilgan matn bo'lishi kerak. 3. Sahifani raqamlash kerak (sarlavha sahifasi raqamsiz, undan keyingi sahifa 2-raqam ostida joylashgan bo'ladi). Sahifaning tartib bo'yicha raqamlanishi sahifaning pastki qismining o'rtasiga joylashtiriladi. 4. Har bir bob yangi sahifadan boshlanadi. Xuddi shu qoida kurs ishining boshqa asosiy tarkibiy qismlariga ham tegishli: kirish, xulosa, adabiyotlar ro'yxati, ilovalar. 5. Kurs ishi majburiy ravishda orqa – oldi holatda pechatlanadi. ILOVA 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
5640100 - “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishlari uchun Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan KURS ISHI MAVZU: "Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga muvofiq operatorning ish joyidagi mehnat sharoitlarini tahlil qilish" Bajardi: __________________________________________ Tekshirdi: __________________________________________ TOSHKENT 2022 ILOVA 2 MUNDARIJADownload 18.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling