Kurs ishining maqsad va vazifalari
Kurs ishining asosiy vazifalari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C
Kurs ishining asosiy vazifalari:
talabalarning ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil faoliyatda olingan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni amaliy loyihalarni bajarishda qo‘llay olishini namoyish etish; 6 talabalarda me’yoriy, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish; mustaqil fikrlash va eng maqbul pedagogik va ilmiy tadqiqot yechimlarini qabul qilishga o‘rgatish; axborot texnologiyalari vositasida o‘z loyihasini taqdimot himoyani o‘tkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallangan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta olish, turli texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobiliyatini ko‘rsatish; o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarni namoyish etish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, loyiha bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish,etika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish; talabalarda guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini faollashtirish, oldinga qo‘yilgan maqsadni bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini kengaytirish; loyihalarni tayyorlash, g‘oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topishni namoyish etish; mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olish, mas’uliyatni xis etishga o‘rgatish. Kurs ishida quyidagi masalalar yechimi ko‘rsatilishi lozim: boshlang‘ich ma’lumotlarni asoslash; qabul qilingan muammo yechimlarini ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot nuqtai nazardan tahlil qilish; chet tili o`qitish va filologik yo`nalish talablarini izohlash, qo‘yilgan masala yuzasidan yechimning mumkin bo‘lgan muqobillarini tahlil qilish va ulardan eng maqbulini tanlash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling