Kurs loyihasi bajardi: 56-19 guruh talabasi Mirzaabdullayev M. Qabul qildi: Tojiboev A. Taqrizchi: Farg’ona 2023 Mundarija
Avtomatik rostlagich tizimining bir konturli berk funksional sxemasi
Download 0.68 Mb.
|
Kurs loyihasi (1)
Avtomatik rostlagich tizimining bir konturli berk funksional sxemasi.
Topshiriq beruvchi qurilma — o ‘zining chiqishida rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatiga mutanosib signal ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilma. Ammo tengsizlik signalining quvvati, odatda, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini harakatga keltirish uchun kamlik qiladi. Shuning uchun, avtomatik rostlagich orqali amalga oshiriluvchi rostlash qonuniga muvofiq, bu signal kuchaytirilib tuzatiladi. Bu amalni kuchaytirgich va tuzatuvchi blok bajaradi. Rostlanuvchi kattalik bilan kirish signali o ‘rtasidagi funksional bog‘lanish rostlash qonuni deb ataladi. Signal avtomatik rostlagichning chiqishidan ijro etuvchi mexanizm kirishiga keladi. Rostlagichning buyruq signalini o ‘zidagi rostlovchi organning tegishli signaliga o'zgartiruvchi qurilma ijro mexanizmi deyiladi. Funksional belgilariga ko‘ra, avtomatik rostlash tizimidagi elementlarni quyidagi guruhlarga bo‘lishi mumkin: 1) sezgir elementlar; 2) datchiklar; 3) solishtirish elementlari; 4) topshiriq bergichli yoki boshqaruvchi elementlar; 5) o‘zgartiruvchi elementlar (biror fizik xossalarga ega bo‘lgan signallarni ikkinchi xil fizik xossalarga ega bo‘lgan signallarga aylantirishga m o‘ljallangan); 6) kuchaytirgichlar; 7) tuzatuvchi elementlar (tizimni talab qilingan dinamik sifatlar bilan ta’minlaydi); 8) ijro elementlari; 9) stabilizatorlar (tizimning ish paytida berilgan fizik kattalik tebranishlarini stabillashga mo‘ljallangan); 10) signallarni uzatish uchun xizmat qiladigan taqsimlagichlar (turli elementlarni bir-biriga ketma-ket ulashga moMjallangan); 11) hisoblash elementlari (ma’lum texnologik masalalarni yechish va m a’lum matematik amallarni bajarishga mo‘ljallangan). Iste’mol qilinadigan energiyaning turiga ko‘ra, avtomatik rostlash tizimi elementlari elektrik, pnevmatik, gidravlik va kombinatsiyalashgan bo‘ladi. Avtomatik tizimlarning xususiyatlari ularning elementlari xususiyatlariga bogiiq. 18 — N . R. Yusupbekov va boshq. 273 Har bir elementning umumiy va asosiy tavsifi uning o‘zgartirish koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo‘lgan nisbatiga teng. Avtomatika tizimlarining elementlari qiymat va sifat o‘zgarishlarni bajaradi. Qiymat o‘zgartirishlar, kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat o‘zgartirishlarda bir fizik kattalik ikkinchisiga o‘tadi. Bu holda o ‘zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi. Avtomatika elementining yana bir muhim xarakteristikasi — element (kirish kattaligi o ‘zgarishiga bog‘liq boim agan) chiqish kattaligining o ‘zgarishidan hosil boigan o‘zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab — atrofmuhit haroratining ta’minlash kuchlanishining o ‘zgarishi va hokazolar boiishi mumkin. Element tavsiflarining o‘zgarishi natijasida paydo boigan xato nostabillik deb ataladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling