Kurs loyihasi tushuntirish xati
QURILISH TUMANINING TASNIFLARI
Download 309.53 Kb.
|
70-21 Bokijonov Bunyod Chuntirish Hati..
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAJMIY - TARXIY YECHIMLAR
QURILISH TUMANINING TASNIFLARI
Qurilish xududi – Toshkent shaxar Yashnabod tumani. Iqlimi - keskin kontinental. Yer osti suvlari yerning yuzasidan 8,0 m. chuqurlikda joylashgan. Maydonning zilzilabardoshligi - 8 ball Qor qatlami - 50 kg/m² Shamol tezligi - 2.1 m/s. Gruntlar-sochiluvchan quvvati – 0,5-0,6m. gacha. Gruntning yuk ko'tarish qobiliyati - R = 0,05 kg/sm2, Cho'kuvchanlik sharoiti bo'yicha gruntning turi – qumli loy I kategoriya Fizik-mexanik xossalarining kursatkichlari - zichlik ρ = 1,65 t/m3; ichki ishqalanish burchagi α =29°; O'ta chukuvchanlik sharoiti buyicha grunt turi – cho'kmaydigan. Boshlang'ich o'ta chukish bosimi - 0,20 MPa. Zamin gruntlari agressiv emas Ishonchlilik koeffitsiyenti = 0,95; Binoning olovga bardoshlilik darajasi – II. Binoning javobgarlik sinfi – II. Binoning iqlimiy zonasi - II. Qish vaqtida isharni bajarish uchun QMQ 3.03.01-98 talablariga rioya qilish kerak. «Seksiyali turarjoy binosi» quyidagi me'yoriy hujjatlar ko'rsatmalariga binoan loyihalangan. 1. KMK2.01.03-96 “Zilzilaviy xududlarda qurilish”. 2. KMK 2.01.07-96 «Yuklar va ta'sirlar». 3. ShNK 2.08.01 – 19 “Turar joy binolari”. HAJMIY - TARXIY YECHIMLAR Toshkent shaharidagi «seksiyali turarjoy binosi», 2 qavatdan iborat. Shartli belgi (otmetka) sifatida 1-qavat toza polining sathi 0,000 qabul qilingan. Hajmiy-tarxiy yechimlar asosida imoratning o'lchamlari va shakli qabul qilinadi. Toshkent shaharidagi «Seksiyali turarjoy binosi» ning tarxdagi o'lchamlari 1-14 o'qlari bo'yicha 60.48m. A-B o'qlari bo'yicha 12,4m va umumiy balandligi -10,5m ni tashkil etadi. 1-qavat balandligi – 3.3 m, 2-qavat balandligi ham – 3.3 m. dan iborat. Toshkent shaharidagi «Seksiyali turarjoy binosi» ning konstruktiv sxemasida yuk ko'taruvchi devorlar ko’ndalang joylashgan. «Seksiyali turarjoy binosi» ning konstruktiv yechimlariga, materiallariga va binoni pardozlashga qo'yiladigan talablar: -binoning intereri va tashqi pardozini yechishda, binoning uzoq xizmat qilishini, yong'inga va sanitariya talablariga javob beruvchi zamonaviy pardozlash materiallari va ashyolarini ishlatish kerak. Download 309.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling