Kurs loyihasi tushuntirish xati
Download 309.53 Kb.
|
70-21 Bokijonov Bunyod Chuntirish Hati..
- Bu sahifa navigatsiya:
- P O L L A R
QAVATLARARO YOPMALAR
Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko'taruvchi va to'sib turuvchi gorizontal konstruktsiyalar bo'lib, binoning balandligi bo'yicha qavatlarga bo'lib turadi. Qavatlararo yopmalar o'zining xususiy og'irligini, vertikal to'sib turuvchi konstruktsiyalar yukini, undan tashqari, interьerda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko'tarib bu yuklarni binoning yuk ko'taruvchi devoriga uzatib beradi. Qavatlararo yopmalar ovoz izolyatsiyasi va issiqlik izolyatsiyalarini ta'minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimligi, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko'ra bino devorlari kabi muhim va ma'suliyatli konstruktsiya hisoblanadi. Loyihalanayotgan «Seksiyali turarjoy binosi»ning qavatlararo yopmalar konstruktsiyalari temirbetondan yig'ma usulda yaratiladi. Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220 mm. Kurs ishida quyidagi qavatlararo yopmalar ishlatildi. Qancha yopma ishlatilganligi quyidagi jadvalda berilgan. P O L L A R Pollar temir-beton ora yopma paneli ustidan yoki podvalsiz binolar birinchi qavatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproq ustiga o‘rnatiladi. Polning eng yuqori qatlami “qoplama” yoki “haqiqiy pol” deb ataladi. Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza satxiga o‘rnatiladi. Bunda tagiga solingan tekislovchi qatlam betondan, sement-qum qorishmasidan, asfaltdan yoki gipodan iborat bo‘lishi mumkin. Qavatlararo ora yopmada pol asosi bo‘lib, ora yopma ko‘taruvchi konstruksiya hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlam bo‘lmaydi. Pol konstruksiyasiga tovush o‘tkazmaydigan, issiqlik va suv o‘tkazmaydigan qatlamlar qo‘shimcha bo‘lim kirishi mumkin. Binoning vazifasiga va ishlab chiqarish jarayonlari xarakteriga ko‘ra pollar pishiq bo‘lishi, issiqlikni kam o‘tkazuvchi, sirpanmaydigan, xo‘llanganda shishmaydigan, ko‘rinishi chiroyli, chang olmaydigan, yurganda tovush chiqarmaydigan, oson tozalanuvchan, industrial va arzon bo‘lishi kerak. Namlik yuqori darajada bo‘ladigan xona pollari namlik ta’siriga chidamli va suv o‘tkazmaydigan, yong‘indan xavfli binolarda esa yonmaydigan bo‘lishi kerak. Pol qurilishiga ko‘ra yaxlit, quyma, alohida elementlardan qurilgan va bukiluvchan yumshoq rulon materiallardan iborat bo‘lishi mumkin. Qaysi materialdan qilinishiga ko‘ra pollar yog‘och taxtali, parketli, lenoleumli, keramik plitkali, sementli kabi turlarga bo‘linadi. Yaxlit quyma pollarga sementli pol, mozaik pol, asfalt pol, mastika pol va tuproq pollar kiradi (2.46-rasm). Sementli pollar qurishda beton asos ustidan 1:1-1:3 nisbatda qumdan tayyorlangan qorishma 20 mm qalinliqda yotqiziladi. Bunday pollarning asosiy kamchiligi ularning changishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va ko‘rinishi jixatidan chiroyli emasligidir. Shu sababli ular asosan, turar-joy binolaridan boshqa joylarda ishlatiladi. Mozaika pollar ko‘pincha jamoat binolarida quriladi. Ular ikki qatlamdan iborat bo‘lib, beton asos ustidan 15 mm qalinlikda qatlam sement qorishmasi to‘shaladi va uning ustidan sement mayda shag‘al qorishmasi to‘shalib ikkinchi qatlam xosil qilinadi. Qorishma qotgandan so‘ng maxsus mashinalarda yuzasi silliqlanadi va sayqallanib chiroy beriladi. Yaxlit asfalt pollar uning ustidan issiq asfalt qorishmasi 20-25 mm qalinlikda yozilib, xosil qilinadi. Download 309.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling