Kurs loyihasi tushuntirish xati
Download 309.53 Kb.
|
70-21 Bokijonov Bunyod Chuntirish Hati..
- Bu sahifa navigatsiya:
- D E V O R L A R
KONSTRUKTIV YECHIMLAR
P O Y D E V O R L A R Poydevorlar - yer osti konstruktsiyalari bo'lib, o'zidan yuqorida turgan konstruktsiyalar og'irliklarini qabul qilib, gruntlarga uzatib beruvchi konstruktsiyalardir. Poydevorga yuqoridan devor va ustunlarning hususiy og'irligi, pastdan esa zaminning teskari bosimi ta'sir etadi. Loyihalanayotgan binoning poydevorlari yuk ko'taruvchi g'ishtli devorlar tagida V20 (M250) sinfli portlandtsementda tayyorlangan o'zaro kesishuvchan monolit temir-beton lentasimon, ustunlar ostida esa, ustunsimon qilib loyihalangan. bo'lib, tagini (podoshva) balandligi 400 mm. dan iborat. Poydevor Ø16А- III, Ø 8А- I, С1, С2,........., С16 (RSTUz865-98)to'rlari bilan o'zaklanadi va В20 sinfli betondan tayyorlanadi. Betonlashda qo'l bilan vibrator yordamida uzluksiz ravishda betonni zichlash kerak. Poydevorlarni gruntlarga o'rnatishdan avval quyidagi tayyorgarlik choralarini ko'rish zarur. Kotlovan qazib, o'simlik qatlami, hamda sochiluvchan grunt qatlamini olib, qurilish maydonchasidan tashqariga olib borib tashlash kerak. Bino perimetri bo'yicha asfalt beton otmostka shag'al asosga kengligi 0,9 m. qalinligi, t = 100mm qilib loyihalangan. Kurs loyixasida tasmasimon poydevor ishlatilgan. D E V O R L A R Devor konstruktsiyalarini tanlash, binolarni loyihalashda eng asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muhim qismini tashkil etadi. Binoning mustahkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshqa konstruktsiyalar bilan bog'lanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart – sharoitlariga bog'liq. «Seksiyali turarjoy binosi»ning to'sib turuvchi konstruktsiyalari sifatida g'ishtli devorlar ishlatiladi. G'ishtli devorlar qalinligi 380 mm. bo'lib, M75 markali g'ishtdan M50 qorishmada tayyorlanadi. G'ishtin terimlar to'rlar bilan armaturalangan bo'lib, qadami 675 mm.ni tashkil qiladi. G'ishtin terimlar shtukaturkalar bilan suvoq qilinadi, hamda tarzda ishlatiladigan bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Kurs loyihasida quyidagi kattalikdagi devor qurilgan. Download 309.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling