Kurs loyihasining mazmuni shundan iboratki bunda gorizontal frezalash stanogining tezliklar va surishlar qutisini kerakli tishlar tanlanib loyihalanadi
Download 79.06 Kb.
|
Abbos at (3)
Annotatsiya Kurs loyihasining mazmuni shundan iboratki bunda gorizontal frezalash stanogining tezliklar va surishlar qutisini kerakli tishlar tanlanib loyihalanadi. Bundan tashqari ishlov berish turi bo’yicha chegaraviy surish qirqish tezligi va shpindelning aylanishlar sonini tanlashdan iborat. Loyihalanadigan stanokning maxrajlar qiymatini va shpindel chastotasi va surishning qatorlarini aniqlash. Mundarija 1.Kirish………………………………………………………………………….1 2.Gorizontal frezalash stanogining texnik tavsiflarini aniqlash………………... 3.Ishlov berish turlari bo’yicha chegaraviy surish ,qirqish tezligi va shpindelning aylanishlar sonini tanlash……………………………………………………….. 4.Diskovoy freza bilan frezalash……………………………………………...... 5.Loyihalanadigan stanok uchun chegaraviy surish va shpindelning aylanishlar chastotasini tanlash…………………………………………………………… 6.Maxrajlar qiymatini aniqlash va shpindel aylanishlar chastotasi va surishning qatorlarini aniqlash……………………………………………………………... 7.Stanokning kuch xarakteristikalarini maksimal qiymatlarini tanlash……...... 8.Elektrodvigatel quvvatini aniqlash…………………………………………… 9.Foydalanilgan adabiyorlar……………………………………………………. Kirish
1941—45 yillardagi oʻrush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurolyarogʻ, oʻqdori va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945-yildan keyin paxtachilik va irrigatsiya qurilishi mashinalari ishlab chiqarish tiklandi, toʻqimachilik, kimyo va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarish boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, koʻprik elektr kranlari, yigirish mashinalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va koopera-siyasi rivojlandi. Frezalash stanogi - detallar ning tashqi va ichki yuzalari (tekis va shakldor yuzalar), botiqlar va chiqiqlarga, aylanuvchi jism sirtlariga, rezba va tishli gʻiddirak tishlariga freza yordamida kesib ishlov beruvchi stanok. Frezalash prinsipi 16-asrda Leonardo da Vinchining dumaloq egov koʻrinishidagi frezaning eskizini chizishidan paydo boʻlgan. 1665 yilda Pekinda aylanuvchi egov oʻrnatilgan stanok kurilganligi maʼlum. Hozirgi zamon Frezalash stanogining nusxalari 19-asrda vujudga kela boshlagan. Vazifasi va tuzilishiga qarab Frezalash stanogi bir necha xilga boʻlinadi. Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining oʻqi gorizontal joylashgan boʻlib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma boʻladi. Turli xil frezalar bilan ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol boʻylama, koʻndalang va vertikal yoʻnalishdasiljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga oʻxshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli oʻqining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogilardan farq qiladi. Boʻylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga moʻljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (andozalar, kulachoklar va boshqalar)ga yoki andaza (model) boʻyicha fazoviymurakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun moʻljallangan. Shponka Frezalash stanogidan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va koʻpshpindelliboʻladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolgʻalangan va shtamplangan zagotovkalarga torets frezalari bilan ishlov berish uchun xizmat kiladi. B a rabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki torets yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun moʻljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanoglari qoʻllaniladi. Download 79.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling