Kursga oid ma’lumotlar


Download 178.36 Kb.
bet1/20
Sana11.03.2023
Hajmi178.36 Kb.
#1261635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Фалсафа фанидан силлабус


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI







TASDIQLAYMAN”
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori
_________ G.I.Muxamedov
“______” ______ 2022 yil



FALSAFA
moduli dasturi (sillabus)

4 KREDIT (ECTS)





Bilim sohasi:

100000



Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

110000



Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:







Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan



Kursga oid ma’lumotlar
Modul kodi: Philos 1414
Modul nomi: Falsafa
Semestr / O‘quv yili: 1-2 / 2022-2023
Kafedra nomi: Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi
Soatlar / kreditlar soni: 4 kredit (120 soat)
Kurs muallifi / o‘qituvchi: Sharipov Mirzoxid Latifovich
(Telefon: 90 – 906-34-97. sharipovmirzoxid@gmail.com)
Qabul soatlari: Tasdiqlangan reja-grafik asosida
Tasdiqlangan: Universitet Kengashining 20___yil “______”______ dagi ___ - sonli qarori
CHIRCHIQ
I. MODUL TAVSIFI
Falsafa inson ma’naviy hayoti va bilimlarining eng qadimiy tarmog‘i hisoblanadi. Falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal ilm sohasidir.
Falsafa kishilarga olam to ‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o'rganadi. Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Falsafa yangi g‘oyalarning tugllishiga imkon beradi. Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o‘z maqsad-muddaolari va va g‘oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli bo‘lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari unda o‘z ifodasini topadi.
Barcha mamlakatlar va mintaqalardagi odamlar qariyb uch ming yildan buyon turli shakllarda, avval afsonalar shaklida, keyinchalik muayyan nazariy tuzilmalar tizimi va bir butun konsepsiyalar shaklidagi «insonni o‘rab turuvchi olam aslida nima hamda unda inson qanday o‘rin va vazifani egallaydi?» degan savolni ko‘ndalang qo‘yadi va bu savolga javob berishga urinadi. Hozir, XXI asr boshida ham dunyoda ko‘rsatib o‘tilgan savollarga javob berishga urinuvchi ko‘plab nazariy konsepsiyalar mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, o‘tmishdagi va hozirgi kundagi falsafiy qarashlar ko‘p jihatdan bir-biridan farq qiladi. Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli allomalar merosi, ularning asarlari, g‘oya va ta’limotlari muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g'oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bunday g'oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Modul o‘zbek tilida o‘rganiladi.



Download 178.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling