Kursga oid ma’lumotlar


Download 178.36 Kb.
bet16/20
Sana11.03.2023
Hajmi178.36 Kb.
#1261635
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Фалсафа фанидан силлабус

V. Baholash


Baho

Tavsifi

Izoh

5

A’lo

Mustaqil fikrlash va tanqidiy mulohazani o‘zida ifodalagan mukammal ish. Savol yuqori saviyada tadqiq etilib, tizimli va to‘liq asosli to‘g‘ri javob berilgan. Ishda mavzuning to‘liq mohiyati, talqinning puxtaligi, tadqiqotning zarur darajada tanqidiy baholanishi o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Qo‘yilgan masalalar talaba tomonidan tegishli metodologiya, uslub va ma’lumotlar manbalaridan foydalanilgan holda, ishonchli dalillar asosida ochib berilgan. Ish grammatik xatolardan holi va o‘ziga xos mustaqil usulda mukammal yozilgan. Mulohazalar yetarli darajada rivojlantirilgan bo‘lib, tahrirga muhtoj bo‘lmagan mukammal ish sanaladi.

4

Yaxshi

Ish mavzuning aniq anglanganligi va tadqiqot sohasidagi munozaralarda tanqidiy ishtirok etish imkoniyatini ifoda etib, malakali va metodologik xususiyatga ega. Tadqiqot masalalari aniq ko‘rsatib o‘tilgan va javob berilgan. Asosiy mulohazalar aniq, misollar hamda asoslar o‘rinli qo‘llanilgan. Ish “V+” darajadagi ishlarga qaraganda pastroq sifatda va unchalik original emas. Ishda fikrlar yaxshi tartibda keltirilgan, bayon aniq hamda mantiqan izchil, kirish va xulosa qismlari ravon ifodalangan. Manbalardan yuqori darajadagi ishlardek tizimli yondashilmagan bo‘lsa-da, o‘rinli qo‘llanilgan. Ish “V+” darajadagi ishlar kabi izchil bo‘lmasa-da, tahliliy qobiliyatni namoyon etadi. Ushbu ish yaxshi ta’lim standartlarini o‘zida ifodalagan holda jiddiy grammatik va sintaktik xatolardan holi ravishda yozilgan.


Download 178.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling