Kursga oid ma’lumotlar


Download 178.36 Kb.
bet15/20
Sana11.03.2023
Hajmi178.36 Kb.
#1261635
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Фалсафа фанидан силлабус

VIII. BAHOLASH TIZIMI
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat hamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi. Talabaning yakuniy bahosi oraliq nazorat, mustaqil ishlari va yakuniy nazoratdan olgan baholarini umumlashtirgan holda chiqariladi.

  • Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi.

  • Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi.

Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak


A. Baholash
1) Oraliq nazorat – 50 % ni tashkil etadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
− Oraliq nazorat – 30 %, (test yoki yozma ish shaklida);
− Seminarlarda faol ishtiroki – 10%;
− Kollokvium (5,0 %) - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.
– Yozma topshiriqlar (5,0 %) - kazus yechish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash. Topshiriqlar auditoriyadan tashqarida bajariladi;
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 50%. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Variantlarlar asosida nazariy savollarga yozma javob beriladi. Savollar bayoniy emas, tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.


Download 178.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling