Kursga oid ma’lumotlar


Download 178.36 Kb.
bet17/20
Sana11.03.2023
Hajmi178.36 Kb.
#1261635
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Фалсафа фанидан силлабус

3

Qoniqarli

Tadqiqot masalasi ajratilgan, biroq yetarli darajada ochib berilmagan yoki qisman javob berilgan. Ishdagi nazariyadan tortib xulosalarga qadar tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq yoki qisman bog‘liq mulohazalarga asosan mavzuning asosiy jihatlarini tushunganlikdan dalolat beradi. Ish ayrim jihatlarini inobatga olmaganda umumiy mantiqiy tuzilishga ega. Mulohazalarda aniqlik, ravonlik, diqqat va kontentni anglash yetarli darajada emasligi ko‘zga tashlanadi. Aniq fikrlar bo‘lsa-da, har tomonlama ifodalanmagan hamda mustaqil yondashilmagan holda mavjud fikrlar va talqinlarni qabul qilish bilan cheklanilgan. Ishni yoritishda, manbalar bilan ishlashda va ishning tuzilishida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan hamda tanqidiy fikrlar yetarli darajada asoslantirilmagan. Matndagi grammatik va sintaktik xatolar uning ravonligiga salbiy ta’sir etgan, biroq uning asosiy ma’nosini buzmagan. Ushbu darajadagi ishlar odatda yetarli darajada adabiyotlar va asoslar bilan tasdiqlanmagan fikrlardan iboratdir.

2

Yiqilgan

Insofsiz xulq-atvor (plagiat).
Savolga javob berilmagan. Savolga aloqador bo‘lmagan ma’lumotlar keltirilgan. Talaba fan haqida tasavvurga ega emas va materiallardan foydalana olish bo‘yicha bazaviy bilimlarni ko‘rsata olmagan. Shu bilan birga ish plagiat bilan yozilgan.



IX. FAN BO‘YICHA NAZORAT SAVOLLARI
Oraliq nazorat:
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki shaklda (5-10 bosma varaq (Times New Roman, 14 pt);
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar.
Yakuniy nazorat:
– Imtihon – modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha og‘zaki yoki yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi (shu jumladan case study).


Download 178.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling