Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni


[Paxta klasterlari – sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi”]


Download 91.31 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1529496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
About Cluster System

[Paxta klasterlari – sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi”]
Birinchi agroklaster tashkil etilganidan bir necha oy oʻtib, joriy yilning yanvar oyida respublikamiz hukumati ushbu amaliyotni paxta sanoatiga keng koʻlamli tadbiq etishga qaror qildi. Taxminan bir xil shart sharoitlarda, jumladan, birinchi agroklasterga berilgan soliq imtiyozlarida, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, faoliyatdagi mustaqillik va boshqa shunga uxshash shartlarda, respublikaning barcha hududlarida 16 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etildi. Bu klasterlar tarmogʻi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi – har bir viloyatda va Qoraqalpogʻistonda bir yoki ikkita klaster tashkil yetildi. Har bir paxta-toʻqimachilik klasteriga 3,5 mingdan 18 ming gektargacha yer ajratildi. Yoʻnalishning yetakchisi hisoblangan “Bek cluster” qoʻshma
korxonasi bilan birga hisoblaganda 17 ta paxta klasteriga ajratilgan yer maydoni 140 901 gektarni tashkil yetdi. Joriy yilning mart oyida, 17 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari
xudularida joylashgan 13 ta paxta tozalash zavodlari va 68 ta paxta tayyorlash punktlari 5 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan baholash qiymatida ushbu klasterlarga berildi.
Bundan tashqari, paxta-toʻqimachilik klasterlari paxta sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-kuvvatlash uchun belgilangan bir qancha imtiyozlarga ega, jumladan:
• fermer xoʻjaliklariga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishining tegishli tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlar asosida avans beriladi;
• paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar ajratiladi;
• paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga kreditlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan yiliga 3% dan ortiq boʻlmagan stavkasi boʻyicha ajratiladi.
Kelgusi yilda ham klasterlar imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, joriy yilda paxta toʻqimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarur. 12-sentyabr kuni davlat rahbari tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda prezident bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud boʻlgan qoʻshimcha 44 ta tashabbuskor tanlab olinganini aytib oʻtdi. 2019-yilda jami boʻlib 61
ta klaster tomonidan paxta maydonlarining 51% da paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda. Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish natijasida, 2019-yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi mamlakatimizda qayta ishlanadi. Bu 2017-yilga nisbatan 2 marotaba koʻp degani. 2020-yilga borib, paxta tolasini toʻliq qayta ishlashga oʻtiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.


Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling