[Klasterlar va kooperatsiyalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar]
Qishloq xo’jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni qishloq xo’jaligi sohasida kalaster tizimini joriy etish bo’yicha birinchi qadam bo’ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “VST cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi yaxshi natija ko‘rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo‘ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda respublikada paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat olib bormoqda. 36 Sirdaryo viloyatidagi Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korxonasi “Vek cluster” MCHJ agrosanoat sohasida birinchi klaster sifatida tashkil etildi. Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida paxta va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun 18 ming gektar yer ajratilgan. Paxta va toʻqimachilik faoliyati bilan bir qatorda, ushbu klaster boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarni yetishtirish, goʻsht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan.
PQ-4239 (14.03.2019) – “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4242004)
PQ-4549 (11.12.2019) – “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4641164)
PQ-4633 (06.03.2020) – “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4756994)
VMQ-397 (22.06.2020) – “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4865905)
VMQ-806 (24.09.2019) – “Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4529920)
PQ-4634 (06.03.2020) – “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4757009)
VMQ-512 (18.06.2019) – “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. (https://lex.uz/docs/4380613)
Birinchi agroklaster tashkil etilganidan bir necha oy o‘tib, joriy yilning yanvar oyida respublikamiz hukumati ushbu amaliyotni paxta sanoatiga keng ko‘lamli tadbiq etishga qaror qildi. Taxminan bir xil shart-sharoitlarda, jumladan, birinchi agroklasterga berilgan soliq imtiyozlarida, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, faoliyatdagi mustaqillik va boshqa shunga uxshash shartlarda, respublikaning barcha hududlarida 16 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bu klasterlar tarmog‘i mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi – har bir viloyatda va Qoraqalpog‘istonda bir yoki ikkita klaster tashkil yetildi. Har bir paxta-to‘qimachilik klasteriga 3,5 mingdan 18 ming gektargacha yer ajratildi. Yo‘nalishning yetakchisi hisoblangan “Bek cluster” qo‘shma korxonasi bilan birga hisoblaganda 17 ta paxta klasteriga ajratilgan yer maydoni 140 901 gektarni tashkil yetdi
Bugungi kunga kelib Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan klasterlarning umumiy soni 463 tagacha yetdi. Qishloq xo’jaligiga ajratilgan umumiy maydon 2210385 ga bo’lsa shundan klasterlarda 282004 ga, 75283 ta fermer xo’jaligida 1930975 ga ni tashkil etdi.37
Do'stlaringiz bilan baham: |