Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni


Download 91.31 Kb.
bet5/12
Sana17.06.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1529496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
About Cluster System

Deyarli toʻliq mustaqillik
Prezident qaroriga muvofiq, “Bek cluster” MCHJ QKga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, oʻzlari yetishtirgan mahsulotni erkin tasarruf qilishga, narx belgilash siyosatini va mahsulot sotish hajmlarini mustaqil ravishda belgilashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, “Bek cluster” qoʻshma korxonasiga hudud sharoitlarini hisobga olgan xolda, gʻoʻzaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berildi.
Markaziy Osiyoda klaster uslubi qishloq xoʻjaligi sohasida muvaffaqiyatli qoʻllanilganmi? Joriy yilning yanvar oyi oxirida Qozogʻistonning barcha viloyatlaridan fermerlar goʻsht mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan klaster tajribasini oʻrganish uchun ushbu davlatning Aktoʻbeviloyatiga yigʻilishdi. Mazkur yigʻilishga nafaqat fermerlar, balki viloyat rahbarlari, mamlakatning yirik qishloq xoʻjalik korxonalarining
rahbarlari ham tashrif buyurishdi. Bu tadbirda qatnashgan har bir ishtirokchining maqsadi “Aktep” MCHJ negizida tashkil etilgan ijobiy natijalar kursatgan agroklaster faoliyatini oʻrganish edi. Ushbu korxona 2012-yildan buyon chorvachilik va goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat yuritib kelmoqda, 11 ming bosh qoramol uchun yem-xashak, 7200 tonna goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga. Bugungi kunda ushbu klaster butun viloyat boʻyicha 350 fermer xoʻjaliklarini birlashtiradi. Bunaqa hamkorlik nafaqat “Aktep” MCHJ uchun, balki oddiy fermerlar uchun ham juda foydali va samarlidir.33
Tadbirda klaster ishtirokchilari boʻlmish fermer xoʻjaliklari rahbarlari mexmonlarga klaster doirasidagi hamkorlik tajribasi haqida soʻzlab berishdi. “Biz 2012-yildan buyon “Aktep” korxonasi bilan klaster doirasida hamkorlik qilamiz. Biz bu vaqt mobaynida 3000 tonna pichan, 200 boshdan ortiq qoramol yetkazib berdik. Soʻnggi yillarda naslli qoramol ijarasi va qishloq xoʻjalik texnikasi lizingi uchun yangi loyihalar va dasturlar joriy yetildi. Ushbu dasturlar biz uchun katta miqdordagi moliyaviy resurslarni jalb qilmasdan, faoliyatimizni kengaytirishga, naslli qoramollarni koʻpaytirishga imkon beradi. Bu kichik fermer xoʻjaliklari uchun juda samaralidir” – dedi “Qiziljar” fermer xoʻjaligi rahbari. 34
“Bizning xoʻjaligimiz chorvachilik bilan shugʻullanadi. Biz mahsulotimizni “Aktep” kogxonasiga tirik vaznda topshiramiz. Korxona tez, navbatsiz tarzda va yaxshi narxlarda sotib oladi, pulni qisqa vaqt ichida bankdagi hisobimizga oʻtkazib beradi. Avvallari oʻzimiz bozorga borib, xaridorlarni izlashga va koʻpincha arzon narxlarda sotishga majbur bulganmiz. Endlikda bu muammo butunlay hal boʻldi. Shuningdek, naslli chorvachilikni rivojlantirishda ham hamkorlik qilamiz: biz “Aberdin Angus” buqalarini “Aktep”dan ijaraga olamiz. Bu zotdagi buqalarning yoshi 10-11 oyga toʻlgunga qadar 350-400 kg tirik vaznga yetadi”, – dedi “Qarshaga” fermer xoʻjaligi rahbari.35
Mehmonlar orasida Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vaziri ham bor yedi. Vazir chorvachilik va goʻsht mahsulotlariga ixtisoslashgan klasterning yuqori samaradorligini qayd yetdi. Uning fikriga koʻra, fermerlar bunaqa klasterlarga birlashtirilganda, yuqori iqtisodiy natijalarga gorizontal integrallashgan hamkorlik orqali erishish mumkin:”… Aktepga yordam berish orqali biz u bilan hamkorlikda boʻlgan kichik fermer xoʻjaliklariga yordam beramiz. Oʻylaymanki, biz aynan shu yoʻldan borishimiz kerak”, – dedi vazir.


Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling