Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni


MEVA-SABZAVOTCHILIK KOOPERATSIYALARI


Download 91.31 Kb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1529496
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
About Cluster System

MEVA-SABZAVOTCHILIK KOOPERATSIYALARI
Umumiy soni: 5 ta viloyatda 43 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari tashkil etilgan.
Aʼzolar: 1,4 ming nafar qishloq xo‘jaligi subyektlari taʼsischi sifatida aʼzo bo‘lgan. Qamrab olingan yer maydoni: 1,4 ming nafar subyektdan 916 tasini 18,8 ming gektar maydonlarda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari tashkil etadi.
Qo‘shimcha aʼzo bo‘lganlar: 18 ta qayta ishlash korxonasi, 15 ta eksportyor korxonalar, 95 ta mahsulotni tayyorlovchi hamda 358 ta boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi subyektlari. 2021-yilda kooperatsiyalar tomonidan qariyb 75,6 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi rejalashtirilgan.
[Muammo va Kamchiklar]
So'nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilingani sohani tubdan isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yangidan-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishga tushirildi. Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. SHu bilan birga, hududlarda jami 51,9 ming gektar er qayta foydalanishga kiritildi.
Ammo, bu yutuqlar bilan birga, Strategiyada belgilangan qator tadbirlarni o'z vaqtida va samarali ro'yobga chiqarishga ta'sir qilayotgan muammolar ham mavjud.
Jumladan, erlarni o'zlashtirishda davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari to'g'ri yo'lga qo'yilmagan, sohaga xususiy investitsiya kiritish masalasiga oid muammolar to'liq o'z echimini topmagan.
Paxta xom-ashyosini etishtiruvchi fermer xo'jaliklari bilan paxta-to'qimachilik klasterlari o'rtasida shartnomaviy munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilmagan. Yurtimizda boshoqli don etishtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishiga qaramasdan, respublika bo'yicha jami 2 229 ta fermer xo'jaligida davlatga don sotish shartnomaviy rejasi bajarilmagan. SHuningdek, Andijonda 7,5 ming, Buxoroda 2,5 ming, Jizzaxda 8,1 ming, Qashqadaryoda 26 ming, Sirdaryoda 36,8 ming, Farg'onada 15,2 ming gektar maydonlarga belgilangan takroriy ekinlar ekilmagan40. Ayniqsa, moyli ekinlar uchun takroriy maydonlar kam ajratilgani o'simlik yog'i narxi barqarorligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Natijada joriy yilning oktyabr` oyida bozorlarda o'simlik yog'i narxining sezilarli darajada ko'tarilishi kuzatildi.
Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish uchun amaliyotda bir qancha kamchiliklar mavjudligi ham belgilangan:

  • ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini baholash natijalari joylardagi haqiqiy holatga mos kelmasligi;

  • aniq va ishonchli ma’lumotlarning yetishmasligi yangi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning sohaga ta’sirini ob’ektiv baholash imkonini bermasligi qayd etilgan.

Amaliyotda yuqorida keltirilgan qishloq xo‘jaligi sub’ektlari orasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish, agrotexnik harajatlar va shu kabi boshqa yetkazilgan zararlarni aniqlash instituti yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, ushbu institutni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Qolaversa, agrar sohada faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni baholovchi yuridik shaxslar ko‘p hududlarda yo‘qligi bois zarar ko‘rgan shaxslar bilan turli hil muammolar yuzaga kelmoqda..
Misol uchun joriy yilning 11 fevralida (ro‘yxat raqami 3/4824-son) Buxoro viloyati Kogon shahar ma’muriy sudi tomonidan bitta fermer xo‘jaligining yer maydoni yetishtirilgan ekinlari bilan birga boshqa fermer xo‘jaligiga o‘tkazilganligi sababli, ma’muriy sud sobiq fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishi uchun urug‘chilik, agrotexnika va boshqa xarajatlarini aniqlab berishi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga topshiriq xati kelgan.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019 yil 31 iyuldagi 6, 136-sonli «Davlat xizmatlari yagona reestrini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan yuqorida keltirilgan xizmat turi hamda mazkur xizmatni amalga oshiruvchi davlat organi va tashkiloti belgilanmagan.

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling