Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni


[O’zbekiston bu tizimga qanday qaraydi]


Download 91.31 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1529496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
About Cluster System

[O’zbekiston bu tizimga qanday qaraydi]
Taraqqiyot bir zum toʻxtamaydi. Unga erishish uchun ilgʻor gʻoya va tashabbuslarni amaliyotga dadil tatbiq etish lozim. Toʻgʻri, yangilik joriy qilingan joyda uncha-muncha kamchilik ham uchraydi. Bu — tabiiy hol. Ammo rivojlanish natijalarini tahlil qilmay, bir tomonlama fikr bildirish harakatlanib ketayotgan gʻildiraklarga choʻp tiqish bilan barobardir.
Gap, agrar sohani modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga ustuvor ahamiyat berilayotgani haqida ketmoqda. Eʼtirof etish joiz, davlatimiz rahbari gʻoyasi asosida soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirish va uni qayta ishlashning zanjirli usuliga asoslangan klaster tizimi paydo boʻldi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, klasterlarni shakllantirishdan maqsad — shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini hamda ular bilan yagona texnologik zanjirda boʻlgan taʼlim, ilmiy, muhandislik, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uygʻunlashtirishdir. Shu asosda innovatsion ishlab chiqarish tashkil etiladi va raqobatbardosh tovarlar yaratishning yaxlit platformasi yuzaga keladi. Eng muhimi, bu jarayonlar aholining bandlik darajasini taʼminlashda katta ahamiyat kasb etishi qatori turmush darajasini ham oshirishga xizmat qiladi. Mazkur tizimda qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha mutaxassislar — dehqonlar, olimlar, injenerlar, agronomlar, iqtisodchilar, veterinarlar, oliy va oʻrta maxsus taʼlim oʻquv yurtlari oʻqituvchilari, talabalari, ilmiy xodimlar, xullas, barcha bir yoqadan bosh chiqarib, yagona maqsad sari intiladi.
Binobarin, mazkur yangi tuzilma oʻtgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — “drayver”iga aylandi. Buni birgina paxtachilikda hosildorlik bir yilda oʻrtacha 10 foizga oshgani, pandemiyaning salbiy taʼsiriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilingani ham yaqqol tasdiqladi. Bunday salmoqli natijalarga erishishda klasterlarning hissasi juda katta boʻldi31.
Shunday ekan bugun nafaqat agrosanoat majmui, balki u bilan bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlar istiqboli klaster uslubi bilan bogʻlanayotgani bejiz emas.
Bunda sohaning qonunchilik poydevori yaratilib, takomillashtirib borilayotgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etyapti, albatta. Zero, shu asosda tarmoqda faoliyat yuritayotgan barcha insonlarning huquq va manfaatlari toʻla kafolatlanmoqda, klasterlar davlat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, qulay agrobiznes muhiti yaratilyapti. Oʻtgan yili Prezidentimiz tomonidan 12 ta Farmon va 30 dan ortiq qaror qabul qilingani, ularning ijrosi soʻzsiz taʼminlanayotgani buning tasdigʻidir.

Lekin shuni aytish joizki, oxirgi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtirilmoqda. Yaqinda parlament quyi palatasi tomonidan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun yangitdan qabul qilindi. Unda dehqon xoʻjaligiga bundan keyin ijaraga beriladigan yer maydoni minimal 0,06 gektar va maksimal 1 gektargacha, ijara muddati esa bogʻdorchilik va uzumchilik uchun — 50 yil hamda sabzavotchilik va poliz uchun — 30 yil etib belgilandi. Dehqon xoʻjaligi yerlarini olib qoʻyishning asoslari mustahkamlandi hamda yerni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi kabi aniq normalar joriy etildi.


Shuningdek, “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunda ham tegishlicha yangiliklar belgilandi. Xususan, tomorqa egalari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularning meva-sabzavotchilik klasterlari bilan hamkorligi asoslari va meva-sabzavotchilik kooperatsiyalariga aʼzo boʻlishlariga koʻmaklashish bilan bogʻliq qator qoidalar kiritildi.
Bundan tashqari, quyi palatada Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ustida ishlar yakunlanmoqda.
Amaliyot klaster tizimini agrar sohaning istiqboli ekanligini koʻrsatayotgan ekan, uning huquqiy asosini mukammal, pishiq-puxta ishlab chiqish ayni zaruratga aylanmoqda. Shu bois, biz, deputatlar “Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi toʻgʻrisida”gi, “Agroklasterlar toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham qabul qilishni taklif etyapmiz. Bu hujjatlar, albatta, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, yer egalarining huquqlarini qonuniy himoya qilish bilan birga, ularni ertangi kunga ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, bugun hayotning oʻzi yangi innovatsion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari koʻpligini namoyon etmoqda. Eng avvalo, klaster usulida mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilar manfaatdorligi kafolatlanayotganini taʼkidlash joiz. Qolaversa, tizim orqali “mavsumiy ishchi” tushunchasiga barham berilayotgani uning ahamiyatli jihatlaridan, deyish mumkin. Chunki bugun kuzatadigan boʻlsak, birgina paxta-toʻqimachilik klasterida bu tushunchaga butkul barham berilmoqda. Klasterlarda odamlarning yil — 12 oy bandligi taʼminlanyapti. Ular xuddi zavod va fabrikalar ishchilaridek, doimiy ish oʻrinlariga ega boʻlib, oylik maosh olishyapti. Bu esa aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish natijasida ularning yanada farovon yashashlariga qulay shart-sharoit yaratmoqda.
Eslasak, bir paytlar fermerlar orasida yer sotish, ekin maydonidan pul evaziga tomorqa uchun joy ajratish kabi ishlar bilan mashgʻul boʻlganlar ham uchradi. Hosildorlik va mahsulot sifatiga esa yetarli eʼtibor berilmadi.
Paxtani faqat eksport qilib, evaziga oʻn barobar kam daromad olardik. Unumdor yer, toʻkin suv boʻla turib, hosildorlik va rentabellik pasayib boraverdi.
Bugun har qarich yerdan samarali foydalanishga alohida urgʻu berilmoqda. Paxta maydoni yonida yengil konstruksiyali fabrikalar barpo etilyapti. Hosil shu yerning oʻzida tolaga aylantirilib, undan tayyor kiyim-kechak olinmoqda. Yoki klaster qoshidagi mini-yogʻ zavodlarida yogʻ, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilyapti. Bir soʻz bilan aytganda, hozir agrar soha yangi innovatsion loyihalar asosida rivojlanish pallasiga oʻtdi.
Buni qaysi jihatlarda koʻrish mumkin?
Gap shundaki, paxta tolasi qishloq xoʻjaligida tayyorlanadigan yalpi mahsulotning deyarli yarmini tashkil etadi. Lekin, keyingi tahlillar paxtachilikda ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini isbotlab berdi. Albatta, yangi islohotlarni boshlash va paxta hosildorligini oshirish choralarini koʻrish, arzon garovga xom ashyo sotgandan koʻra, uni qayta ishlab tayyor mahsulot ishlab chiqarish orqali koʻzlangan maqsadga erishish mumkin edi. Ayni paytda koʻzlangan natijaga erishilmoqda. Bundan toʻrt yil avvalgi holatni tahlil etadigan boʻlsak, Isroilda paxtachilikdan olinayotgan oʻrtacha hosildorlik 53,5 sentnerdan, Avstraliyada 50,3, Turkiyada 40, Braziliyada 42,2, Meksikada 37,6 Oʻzbekistonda esa 25 sentnerdan oshmasdi. Paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda 5-oʻrinda turadigan Oʻzbekiston uchun bu past koʻrsatkich edi, albatta.
Mazkur vaziyatni oʻzgartirishning yagona usuli — bu klaster ekanligini bugun hayotning oʻzi koʻrsatmoqda. Hozirda paxta toʻqimachilik klasterlari ekin maydonlaridan gektariga 70 sentnergacha hosil olishga erishilayotgani fikrimiz isbotidir.
Xususan, respublika boʻyicha 2020-yil hosili uchun jami 1 million 34 ming gektar maydonda, shundan, 927,0 ming gektar maydonda 97 ta paxta-toʻqimachilik klasterida paxta xom ashyosi yetishtirildi. Oʻtgan yilda paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan jami 2 mln. 794 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgan boʻlib, oʻrtacha hosildorlik gektariga 30,1 sentnerni tashkil etgan.
Bugungi kun holatiga paxta yetishtirish boʻyicha jami 32,5 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan boʻlib, shundan 3,9 ming (35 foiz) gektar maydoni fermer xoʻjaliklari tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, 21 ming (65 foiz) gektari klasterlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Bu, oʻz navbatida, suv resurslariga boʻlgan ehtiyoj kundan-kunga oʻsib borayotgan sharoitda klaster tizimining afzalligini namoyon qiladi.
Tizimning ijtimoiy jihatlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, bugungi kunda klasterlarda 550 ming tonna ip kalava, 204,5 million kvadrat metr gazlama, 54,5 ming tonna mato toʻqish, 69 ming tonna matoni boʻyash hamda 218,6 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari mavjud. Klasterlar tomonidan 2018 — 2020-yillarda paxta xom ashyosini yetishtirish va uni qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish natijasida jami 145,7 mingta, shundan 2020-yilda 87,2 mingta yangi ish oʻrni yaratildi. Xususan, 2020-yilda 18 ta klaster tomonidan paxtani qayta ishlash boʻyicha qiymati 774 milliard soʻm boʻlgan 29 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 6,3 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan. Bu shuncha odam doimiy ish joyiga ega boʻldi, ularga mehnat daftarchasi ochildi, eng muhimi doimiy daromad manbai paydo boʻldi, deganidir.
Eʼtibor bering, bugungi kungacha 14 ta paxtachilik klasteri tomonidan jami 4 ming gektar, shundan 3,6 ming gektari foydalanishdan chiqib ketgan va 734 gektar yangidan oʻzlashtirilgan yer maydonlari foydalanishga kiritilgan.
Paxtachilikda klaster tizimini joriy etish natijasida mahsulot yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi 1,5 barobarga oshirildi. Jumladan, paxta xom ashyosini yetishtirishda bir nafar ishchining oʻrtacha oylik ish haqi 2018-yilda 850-900 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda 2,2 million soʻmgacha yetdi. Bu progressiv jarayon boʻlib, koʻrsatkich oʻsib boraveradi. Maqsad va istiqbol rejalarisiz harakatlanish, tunda manzilni bilmay turib, yoʻlga chiqish bilan barobar. Paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan 2020-2023-yillarda qiymati 134,2 trillion soʻmlik 245 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va 49,3 ming nafar yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, paxta tozalash zavodi sotib olish, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha qiymati 2,0 trillion soʻmlik 30 ta, ip-yigiruv fabrikasini tashkil etish boʻyicha qiymati 9,4 trillion soʻmlik 43 ta, mato toʻqishni tashkil etishda qiymati 112,3 trillion soʻmlik 21 ta hamda mato va ip kalavani boʻyashda qiymati 648,8 mlrd. soʻmlik 8 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.
Shu bilan birga, yogʻ-moy zavodi tashkil etish boʻyicha 48 ta, chorvachilik kompleksi tashkil etishda 33 ta, tomchilatib sugʻorishni joriy qilishda 13 ta, tikuv va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda 22 ta, qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish boʻyicha 13 ta loyihalar mana shu 2 yil ichida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, qoʻshimcha tarmoqlarni tashkil etish, yaʼni agrologistika markazlari, biolaboratoriya, un zavodi, bino sotib olish va boshqa yoʻnalishlarda 3,2 trillion soʻmlik 14 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu shunchaki raqamlar boʻlib koʻringani bilan uning zamirida taraqqiyot, yangilikka intilish yoʻlidagi mashaqqatli mehnat yotibdi. Eng muhimi, bundan barcha birdek manfaat koʻradi. Zero, davlat rahbari “Klaster va manfaatdorlik — Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligining kelajagi. Ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib boʻlmaydi” deb bejizga taʼkidlamagan. Binobarin, bundan keyin klasterning aholi daromadlarini oshirish, ishchi oʻrinlarini yaratish, iqtisodiyot, jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati ortib boraveradi, aslo kamaymaydi.
O‘zbekiston respublikasida klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “VST cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi yaxshi natija ko‘rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo‘ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda respublikada paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat olib bormoqda. 32 Sirdaryo viloyatidagi Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korxonasi “Vek cluster” MCHJ agrosanoat sohasida birinchi klaster sifatida tashkil etildi. Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida paxta va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun 18 ming gektar yer ajratilgan. Paxta va toʻqimachilik faoliyati bilan bir qatorda, ushbu klaster boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarni yetishtirish, goʻsht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. “Vek cluster” MCHJ QK tuzilmasiga paxta va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun fermer va dehqon xoʻjaliklari, hamda quyidagi faoliyatlar yuritadigan korxonalar kiradi:
• paxtani qayta ishlash;
• yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish;
• toʻqimachilik korxonalari;
• sut, goʻsht va tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash (chorva va parrandachilik xoʻjaliklari);
• qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash.
Loyihaning umumiy qiymati 165 million AQSH dollarini tashkil etadi.Sirdaryo viloyati xokimiyati maʼsul davlat organlari bilan birgalikda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining muntazam ravishda tozalab turilishini va klasterning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uzluksiz suv bilan taʼminlab beradi.
Davlat organlari tomonidan qoʻllab-quvvatlash va imtiyozlar Zamonaviy paxta-toʻqimachilik klasterini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, ushbu klaster ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, hayvonlar va oʻsimliklar, veterinariya preparatlari, xom ashyo va materiallar, qurilish mollari va issiqxona komplekslari 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatda bojxona toʻlovlaridan ozod qilindi. Prezident qaroriga muvofiq, qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing boʻyicha xarid qilish, mineral oʻgʻitlar, urugʻliklar, yoqilgʻi moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari hamda boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishda fermer xoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartiblar “Bek cluster” MCHJ QKga nisbatan joriy etildi.
Bundan tashqari, ushbu klaster bir qator soliq imtiyozlariga ega:
• “Bek cluster” MCHJ QK oʻz tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning soʻmdagi mablagʻlarini jamlashi va bu mablagʻlarni moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular oʻrtasida taqsimlashi mumkin;
• “Bek cluster” MCHJ QK oʻz tashkilotlari va ular oʻrtasida olinadigan va topshiriladigan hamda oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish boʻyicha aylanmalar bilan bogʻliq boʻlmagan pul mablagʻlari va mol mulk, shuningdek sof foydani taqsimlash soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
• “Bek cluster” MCHJ QKning qishloq xoʻjaligi tashkiloti yagona ijtimoiy toʻlovni kichik korxonalar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlaydi.
“Asaka” bank va boshqa tijorat banklariga “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit liniyalarini ajratish tavsiya qilindi.

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling