Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni


KIRISH O’zbekistonning Qishloq xo’jaligi bilan bog’likligi hamda boshqaruv tizimi KLASTER TIZIMI


Download 91.31 Kb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1529496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
About Cluster System

KIRISH

  1. O’zbekistonning Qishloq xo’jaligi bilan bog’likligi hamda boshqaruv tizimi

  • KLASTER TIZIMI

  1. Klaster atamasi kelib chiqishi tarixi mazmuni va mohiyati

  2. Hududni rivojlantirishda klaster siyosatidan foydalanishning xorij tajribasi

  • QISHLOQ XO’JALIGI VA KLASTER

  1. Qishloq xoʻjaligida klasterni rivojlantirish mexanizmi

  2. O’zbekistonning bu tizimga munosabati va o’tish bosqichlari

  3. Klaster tizimiga o’tishda qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar

  4. Bu borada qilingan ishlarning asosiy ko’rsatkichlari

  • YAKUNLOVCHI UMUMIY HULOSALAR

  1. Normativlar qay darajada amalda tadbiq etilmoqda?

[Mavzuning dolzarbligi]


Klaster uslubini qoʻllash, ayniqsa bir-biri bilan bogʻliq bulgan korxonalar mavjud hududlar uchun katta axamiyatga ega. Klasterlar hududlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol oʻynaydi. Ushbu yondashuv iqtisodiy jihatdan ustuvor tarmoqlar va loyihalarni aniqlash imkonini beradi.
Hududlar iqtisodiyotining rivojlanishida klasterli yondashuvning asosiy afzalliklaridan biri – iqtisodiy omillarning rolini kuchaytirish va maʼmuriy omillarning rolini kamaytirishdan iborat. Hududiy maʼmuriyatlarning roli faqat dastlabki bosqichda yuqoridir. Masalan, yangi klasterlarni tashkillashtirishda, aynan shu hudud manfaatlarni hisobga olgan holda, istiqbolli klasterlarni tanlashda hudud maʼmuriyatining roli yuqori boʻladi. Keyinchalik esa, hududiy maʼmuriyatlarning roli kamayib boradi va bozor iqtisodiyoti qonunlari va omillari oldinga planga chiqadi. Xudud hokimiyatlarining roli eng muhim va istiqbolli klasterlarni qoʻllab-quvvatlash va “oʻyin qoidalari” ni tartibga solishdan iborat boʻladi.
Sovet Ittifoqi parchalanib ketgach, Oʻzbekiston paxtachilik sohasidagi koʻplab yutuqlar bilan bir qatorda ancha jiddiy kompleks muammolarni ham meros qilib oldi. Ularni hal etish esa koʻp vaqt va kuch talab etadi. Asosiy muammolar orasida sohaning oʻta yuqori darajada tartibga solingani va majburiy mehnat kabilar alohida ajralib turadi. Bir tomondan, davlat tomonidan sohaning yuqori darajada tartibga solinishi uni ushbu mahsulotni yetishtirishning barcha jarayonida imtiyozli kreditlash, imtiyozli shartlarda qishloq xoʻjaligi texnikasiga yoqilgʻi yetkazib berish kabi kuchli qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi. Ammo, boshqa tomondan, majburiy mehnat elementlarini mujassam etgan “rejalashtirilgan” yondashuv fermerni paxta yetishtirishga boʻlgan ragʻbatini soʻndiradi. Hosil yigʻim-terimiga majburan jalb etilgan “koʻngillilar” haqida esa gapirmasa ham boʻladi.
Davlat imtiyozlarini saqlab qolish bilan bir qatorda, klaster uslubini joriy etish sohaning tartibga solinganlik darajasini, mahalliy hukumatning paxta yetishtirish jarayoniga aralashuvini kamaytiradi, unga faqat “oʻyin qoida” larini belgilovchi vazifasini yuklaydi, xolos. Klaster azolari yakuniy natijaga jamoaviy ravishda javobgar boʻladilar. Har bir klaster ishtirokchisining, shu jumladan dehqonning say-harakati ushbu kooperativning yakuniy daromadini, demak, har bir ishtirokchining daromadini belgilab beradi. Mikro darajadagi iqtisodiy tizimning elementi sifatida fermer xarajatlarini minimallashtirish va daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor. Fermer uchun ragʻbat manbasi va majburiy mehnatni yoʻq qilish chorasi mana shunda.
«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan eng ko‘p boshqariladigan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari — dehqonlarning mulk huquqi juda zaif himoyalangan. Ularning faoliyatini tartibga solish usullari aslida sovet o‘tmishidan olingan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘p turlari, ishlab chiqarish resurslari va sektor uchun xizmatlar ishlab chiqilmagan. Qishloq xo‘jaligi sektori islohotga muhtoj bo‘lib qolmoqda»1 Qishloq xo‘jaligi — O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. 2022 yilda qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 25.1 foizni tashkil qildi2
O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar natijasida O`zbekiston Resublikasi dinamik holda rivojlanib borayotgan murakkab iqtisodiy tizimga ega bo`ldi. Qishloq xo`jaligi Respulika iqtsodiyotining yirik va muhim tarmog`i sifatida saqlanib qoldi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. O’zbekistonning jami yer maydoni 44.8 mln. gektar bo’lib, shundan 58,4 foizini (2022) turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig’indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi.3 Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir. Buning uchun:
-aholi birdaniga iste’mol qiladigan sifatli qishloqxo’jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish;
-qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi lozim.
Hozirgi davrda, bu tarmoqda aholi iste’mol qilayotgan tovarlarning 95 foizidan ko’prog’i ishlab chiqarilmoqda. Ular o’simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlaridan iboratdir. 2022 yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining 25.1 foizi qishloq xo’jaligida yaratilgan. Shu yilda barcha sanoat tarmoqlarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 26.7 foizi, xizmatlarda 41.5 foizi yaratilgan4. Raqamlar qishloq xo’jalik tarmog’ining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shu yilda qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan barcha turdagi tadbirkorlar tomonidan 888.341 mlrd so’mlik yalpi mahsulot yaratilgan.
Aholining 49 foizidan ortiqrog`i qishloq joylarda yashaydi. Halqimizning turmush darajasi, inson resurslarining katta bir qismining ish bilan ta`minlanishi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq. 2018 – yilgi ma’lumotlarga qaraganda iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat resurslarining 27.2 foizdan ko`prog`i qishloq va o`rmon xo`jaligida faoliyat ko`rsatgan 5. Shu boisdan ham qishloq xo`jaligiga e`tibor, ayniqsa keyingi mustaqillik yillarida, xaqli ravishda katta bo`lmoqda. Barcha turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarni ishlab chiqarishda respublika iqtisodiyotida band bo’lgan mehnat resurslarining 31 foizga yaqini qatnashgan.
1-rasm

Manba: O’zbekiston Respubliklasi Davlat Statistika Qo’mitasi
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, qishloq xo’jaligi O’zbekistonning iqtisodiyotida muhum ro’l o’ynovchi 3 ta yirik sohadan biri. Quvonarli jihati shundaki boshqa tarmoq va xizmatlarning rivojlanishi ortidan qishloq xo’jaligining yalpi ichki maxsulot hajmiga nisbatan ulushu kamayib bormoqda. Bu qishloq xo’jaligi yildan yilga qaloqlashib bormoqda degani emas, balki, O’zbekiston boshqa yangi sohalarda ham o’zini ko’rsatishni boshladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan hozirgi kunga qadar qishloq xoʻjalik sohasida bosqichma-bosqichyirik ishlab chiqarish (qishloq xoʻjalik kooperativlari) shaklidan kichik va oʻrta ishlab chiqarish (dehqon va fermer xoʻjaliklari) shakliga oʻtildi. Bugungi kunga kelib qishloq xoʻjaligida yangi boshqaruv shakli – klaster tizimini rivojlan tirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda klasterlardan iqtisodiyotimizning toʻqi machilik va yengil sanoat sohasida keng foydala nish yoʻlga qoʻyilmoqda. Buning huquqiy asosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi “Paxta toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish ning zamonaviy shakllarini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-son qarori qabul qilindi.
[Klaster tarixi]
Koʻpgina rivojlangan mamlakatlar tajriba sida iqtisodiyotning barqaror taraqqiyotini taʼ minlashda, innovatsion faollikni oshirishda, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda klasterlarning oʻrni va ahamiyati juda yuqori ekanligi koʻrsatilgan. Klasterlar tuzilishi yirik korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishda bir-biriga yordam berish uchun birlashishiga misoldir. Klaster tuzilishini qo'llashni birinchi bo'lib targ’ib qilish taqriban 19-a'zodan iborat bo'lgan texnik jamaat tomonidan amalga oshirilgan. Klaster tuzilishining eng birinchi rasmiy tarixi 1984-yilga qaytariladi, bu zamonda IBM kompaniyasi kompyuterlar va serverlar tuzilishida klasterlarni ishlatdi. Klaster tuzilishi sonli hisoblash, matn o'qish va kabi qismlar uchun zamonaviy yechim bo'lgan parallel ishlashda o'rnatilgan. Klasterlar, superkompyuterlarga nisbatan yuqori sifatli va yuritish qulayligi, tashqi qurilmalar bilan kattaroq integratsiya va ishlab chiqarish yoki hisobotlar kabi yuklarni parallel yuritish uchun idealdir.
Klaster tuzilishining kelib chiqishi esa, bugungi kunda shuningdek qurilish texnologiyalari, kelajakdagi massiv jadvallar, muhandislik xizmatlar, biotexnologiyalar, qishloq xo’jaligi va h.k. kabi ko'plab sohalarda ishlatilmoqda. Klasterlar ishlab chiqarishda, sanoatda, ta'limda, tadqiqotda va boshqa ko'plab sohalarda muhim o'rin tutadi. Klasterlar juda ko'p tarmoqlarni birlashtirib, kelajakdagi shaffof birato’la xisoblash va haqiqiy vaqt yechimlarni parallel ishlash qulayligini yaxshilaydi. Kelajakdagi massiv jadvallar, biotexnologiyalar va ta’lim kabi sohalarda klasterlar ishlab chiqarishda juda muhim o'rin tutadi. Klasterlar, distributiv va parallel xisoblash uchun ham ishlatiladi.
XX asrning 80-yillarida M.Porter tomonidan “klaster” atamasi iqtisodiy kategoriya sifatida kiritilgan. Uning fikricha, klaster maʼlum sohada faoliyat koʻrsatayotgan kompaniya va institutlarning geografik jihatdan tarmoqlararo birlashuvi hisoblanadi.6 Bundan tashqari, agroklasterning mohiyati A.A.Nastin tomonidan atroflicha asoslangan. Jumladan, uning taʼrificha, “agroklaster bir vaqtda va oʻzaro hamkorlikda ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish va atrof-muhitni himoya qilishda birlashish maqsadida geografik jihat dan bir joyda joylashgan, oʻzaro bir-biriga bogʻliq va bir-birini toʻldiruvchi, turli mulk egalari oilaviy ferma, fermerlarning kooperativ korxonalari, ijtimoiy va ilmiy tashkilotlar, taʼlim muassasalari va maslahat xizmat laridan iborat bozor subyektlari tizimi”7 dan iborat, deb taʼriflangan boʻlsa, A.V.Glotko tomonidan berilgan taʼrifda “agrosanoat majmuidagi tadbirkorlik agroklasteri ushbu tizimda maʼlum darajada oʻzaro aloqa qilish madaniyatiga ega boʻlgan bogʻliq ishtirokchilarning umumiy iqtisodiy manfaatlarini amalga oshiruvchi va texnologik zanjir tamoyili asosida tashkil etilgan hududiy jihatdan alohida innovatsion yoʻnaltirilgan integratsion tuzilma ”8 tarzida bayon etilgan. R.R.Toxchukov esa, yanada aniqroq arzda, “ tadbirkorlik agroklasteri - pirovard natijada samara olish hisoblangan ishlab chiqa rishning barcha bosqichlari, yaʼni qishloq xoʻja ligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni yagona takror ishlab chiqarish tarzida mujassamlash tirgan turli faoliyat bilan shugʻullanuvchi tash kilotlar birlashuvi ” 9dan iborat ekanligi sifatida taʼriflaydi.
Qishloq xo'jaligi sohalarida klaster tuzilishini qo'llashning tarixi ham mavjud va bu sohadagi insollar ham bu tuzilishni muvaffaqiyatli qo'llaganlar ro'yxatida kiradi. Masalan, Doug Eadline, Qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishini qo'llashning birinchi bo'lib qo'llagan insollaridan biridir. U 1990-yillarda qishloq xo'jaligi sohasida ishlayotgan va ishlarida hisoblash texnologiyalaridan xususan, klaster tuzilishidan qo'llanib, yuqori sifatli hisoblash ishlarini amalga oshirishda ishonchli natijalar olishgan. U klaster tuzilishini bu sohada muvaffaqiyatli o'rganib, "Cluster Computing Cookbook" nomli kitobni ham yozgan va qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishini qo'llashda eng ko’p hissa qo’shgan.
Boshqa bir misol, Jesse Becker ham qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishini qo'llashni birinchi bo'lib qo'llagan insollar ro'yxatida kelayotgan. Uning ishi Shorcha nomli mashinasida tarmoq dasturlari ishlab chiqarishga yordam berish edi. U klaster tuzilishini ishlatib, katta ma'lumotlar bazalarini aniq parallel yuritish maqsadida yaratgan va bu ko'rsatkichlari bilan xalqaro miqyosdagi raqobatdoshlaiga qarshi turishida katta ustunliklar ko'rsatgan.
Qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishini qo'llashning bu kabi misollaridan ko'ra, hozirgi kunda ham bu sohada klaster tuzilishidan muvaffaqiyatli foydalanishni amalga oshirgan, o'z o'zini o'rganib, tajribalaridan foydalanib, yangiliklarga ega bo'lib, yuqori sifatli hisoblash, ma'lumotlar bazalari tahlil qilish va boshqa ko'pgina ishlar yuritishda klaster tuzilishidan foydalanishning muhimligi ko'proq anglab yetilgan holda, qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishidan foydalanishning bir nechta muhim avfzalliklari mavjud.
Birinchi navbatda, qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishidan foydalanish, iqtisodiy ma'lumotlar bazalarini aniq, birdaniga yuritishda yuqori aniqlikdagi hisoblash va ma'lumot tahlil ishlari uchun ishlatiladi. Bu, sohadagi katta ma'lumotlar bazalari va ulardan olingan ma'lumotlarni o'rganish uchun, shu jumladan, yetishtirish va tabiiy resurslar, katta texnologik bosqichlarda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar, yuritilgan barcha texnik xizmatlar va boshqa ko'pgina resurslar bilan bog'liq10.
Ikkinchi navbatda, qishloq xo'jaligi sohasida klaster tuzilishidan foydalanish, ishlab chiqarish va tayyorlash jarayonini tezlatishga yordam beradi.
[Xorij Tajribasi]
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muxim sharti innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻlib, u barqoror iqtisodiy oʻsishga zamin yaratadi, hududning strategik maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi. Ushbu bo’lim turli mamlakatlarda davlat darajasida amalga oshirilgan klaster siyosatining xorij tajribasi bayon etilgan. Innovatsion klasterlarni hudud iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan boshqarishning turli modellari tahlil qilingan. AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Finlyandiya, Yaponiya kabi mamlakatlar tajribasi tahlili amalga oshirilgan. Har bir mamlakat miqyosida klaster yondoshuvining qisqacha mazmuni, funksiyalari, asosiy dastaklari, ustunlik va kamchiliklari keltirilgan.
Korxonalarning raqobatbardoshligini oshiruvchi yangi tashkiliy shaklini topish zaruriyati vujudga kelgan iqtisodiy inqiroz sharoitida klasterlarni tadqiq etish ayniqsa dolzarbdir. Klaster siyosati asosida tarmoqlar aniq mintaqa, uning xususiyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Hududning raqobatbardoshligini oshirish uchun innovatsion rivojlanishga yoʻnaltirilgan klasterlarni shakllantirish va samarali faoliyatini taʼminlash lozim. Hududiy klasterlar dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqalarining iqtisodiy rivojlanishida muxim oʻrin tutadi. Klasterlarning rivojlanishi mehnat unumdorligining oshishiga, yangi kompaniyalar shakllanishiga, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga, hududning innovatsion salohiyati ortishiga, raqobatdagi ustunliklar hamda mintaqaning investitsiyalar oqimini oshiruvchi imidji shakllanishiga yordam beradi.
Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda klaster sxemasidan foydalanish amaliyoti Oʻzbekistonda endi tadbiq etilmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan koʻplab xorijiy mamlakatlarda undan foydalanish oʻtgan asrdayoq boshlangan. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida klasterlar shakllangan boʻlib, ularning qamrovi baʼzan mamlakatlar chegaralaridan chiqib, mintaqaviy va halqaro darajaga qadar yetgan. Klasterlar hududlar va tarmoqlararo integratsiyani taʼminlashning samarali dastagiga aylanib ulgurgan. Shunday ekan, xorij tajribasini oʻrganish, uning ijobiy jihatlaridan foydalanish, salbiy tajribalarni tadqiq qilish mamlakatda samarali iqtisodiy siyosat olib borishga yordam beradi.
Ushbu maqolaning maqsadi klaster siyosatini amalga oshirishning xorij tajribasini oʻrganish, olingan natijalarni tizimlashtirish va Oʻzbekistondagi shart sharoitlardan kelib chiqib takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mavzuga odi adabiyotlar tahlili
Ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster yondoshuvidan mamlakatimizda foydalanila boshlanganiga koʻp vaqt boʻlmagan boʻlsada, xorijda raqobat nazariyasi asoschilari bu yoʻnalishni anchadan buyon rivojlantirib kelmoqdalar. Ular orasida M. Porter, M. Meskon, P. Druker, A. Tompson, F. Xedouri, T. Brayan va boshqalar mavjud.
Raqobatbardoshlikni boshqarishda klaster sxemalaridan foydalanish nazariyasining asoschisi Maykl Porter hisoblanadi. Maykl Porterning fikriga koʻra, mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotining raqobatbardoshligi valyuta kursi, foiz stavkasi, byudjet kamomadi, arzon ishchi kuchi, tabiiy boyliklar kabi omillarga emas, balki ishlab chiqarish mahsuldorligiga bogʻliq. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsuldorlikning oʻsib borishi iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini talab qilgani holda, turli tarmoq korxonalari mahsulotlar sifatini oshirish, isteʼmol xossalarini kengaytirish, texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoʻli bilan ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirib borishlari lozim boʻladi. Raqobatbardoshlikni taʼminlashning oʻziga xos instrumenti sifatida klaster sxemalari taklif qilingan boʻlib, ularga hududiy jihatdan yaqin joylashgan oʻzaro aloqadorlikdagi kompaniyalar va ularga bogʻliq tashkilotlar guruhi boʻlib, ular bir soxa doirasida oʻzaro birgalikda va bir-birini toʻdirgan holda faoliyat olib boradilar deb taʼrif berilgan11.
Keyinchalik bu nazariya F.Reyns tadqiqotlarida rivojlantirildi. F.Reynsning raqobatbardoshlik borasidagi iqtisodiy qarashlari ham M.Porterniki kabi asosan ishlab chiqarish jarayonining va mahsulotning sifat koʻrsatkichlarini rivojlantirib borishga asoslangan. Bunda klaster sxemalarini yaratish amaliyoti bozor iqtisodiyoti anchadan buyon amal qilib kelayotgan mamlakatlar misolida ishlab chiqilgan.
MDH mamlakatlarida bu yoʻnlishda ish olib borgan olimlar qatoriga D. Belousov, D. Salnikov, D. Sivakov, T. Gurova, A. Voronov, A. Buryak kabilarni kirgizish mumkin. Ular bu borada fundamental tadqiqotlar olib bormasdan, M. Porter gʻoyalarini rivojlantirganlar xolos12.
Mamlakatimizda klasterlar tashkil etishning nazariy-uslubiy jihatlari va tashkilish masalalari G. Zaxidov, T. Matevka, A. Osmonova, O. Todorova, D.Mirzaxalilova, Ya. Be, D. Kurbanova kabilarning ilmiy tadqiqotlarida oʻrganilgan. Ushbu tadqiqotlarda ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster sxemasi mamlakat mintaqaviy siyosatini amalga oshirishning, iqtisodiyotning turli tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishning muxim instrumenti sifatida tahlil qilingan.
Yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotchilar oʻz ilmiy tadqiqotlari doirasida klasterlarni turli jihatdan oʻrgandilar, tahlil qildilar, xulosalar chiqarib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqdilar. Tadqiqot natijalaridan turli mamlakatlar iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanildi va foydalanib kelinmoqda. Nazariyalarning amaliyotda qoʻllanishi ularning afzallik va kamchiliklarini yuzaga chiqarib, kamchiliklar ustida ish olib borilishi mavjud nazariyalarning yanadi boyitilishiga sabab boʻlmoqda. Bu jarayonda fikrlar xilma-xilligi uzatilib, biri ikkinchisini inkor etuvchi turli nazariyalarni uchratish mumkin. Klaster konsepsiyasining xali shakllanish jarayonidagi konsepsiya ekanini hisobga olsak, olimlarning bu boradagi ilmiy tadqiqotlari uning yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Xorijiy mamlakatlarda klaster siyosatining xususiyatlarini tadqiq qilishda yaqin tarixdagi va bugungi kundagi iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, maʼlumotlar toʻplash, toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish, sintezlash, mantiqiy fikrlash kabi iqtisodiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.


Innovatsion klasterlarning davlat tomonidan boshqarilishining bir necha modellarini koʻrib chiqamiz. AQSH muvaffaqiyatli klaster siyosatini amalga oshirgan davlatlar orasida yetakchilardan hisoblanadi. Ushbu mamlakatda liberal klaster siyosati olib borilgan. Ammo klasterlarni shakllantirish va ularni boshqarishda bir-biridan tubdan farq qiluvchi usullar va dastaklardan foydalanilgan. Hozirda mamlakatda sanoat yoki innovatsion markazlar deb ataluvchi bir qator klasterlar faoliyat yuritadi. Ular orasida eng mashhuri “Silikon vodiysi” boʻlib, uning hududida koʻpgina yuqori texnologiyali kompaniyalar faoliyat olib boradi. AQSHda Pittsburg, Akron, Klivlend (Ogayo va Pensilvaniya shtatlari) shaharlari – “toza” energetika texnologiyalari, Boston (Massachusets shtati) shahri – biotexnologiyalar, Ostin, Dallas (Texas shtati) shaharlari – yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 13. Agar 1991-yilda AQSHda 9 ta muvaffaqiyatli klaster modeli faoliyat yuritgan boʻlsa, hozirda 20dan ortiq klaster guruhlari mavjud. Bu klaster guruhlari tarmoqlararo intensiv aloqalarni taʼminlab turadi. Bu AQSHda klasterlar yangi rivojlanish bosqichiga chiqqanini hamda soxalararo aloqalar diversifikatsiyasi sodir boʻlayotganini anglatadi. AQSHda klasterlarning asosiy qismi mustaqil boʻlib, bilimlar va texnologiyalarni toʻplash hamda tarqatish tizimiga, toʻgʻrirogʻi oʻz “texnologik tarmogʻi”ga ega. Klaster ishtirokchilari bitta ilmiy bazaga ega boʻlib, bu ichki ixtisoslashuv va standartlashtirish imkonini beradi. Amerika innovatsion-sanoat markazlarining yana bir xususiyati kichik biznesning egiluvchan tizimi boʻlib, bu klaster ichida “innovatsion oʻsish nuqtalari”ning shakllanishiga imkon beradi. AQSHda klasterlarni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi. 2011-yilda mamlakatda “Amerikada texnologiya, taʼlim va ilm-fanning rivojlanishiga imkoniyat yaratish toʻgʻrisida” gi qonun qabul qilindi. Innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlovchi dasturlar ishlab chiqildi, mintaqalarda klasterlar shakllantirish masalalari tadqiq etila boshlandi. Mamlakatda innovatsion klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish komissiyasi tuzilgan. Bunda klasterning boshlangʻich kapitali shtat byudjetidan ajratilib, soʻngra xususiy kompaniyalar mablagʻlari jalb etilgan. Davlat rivojlanayotgan istiqbolli klasterlar ishtirokchilariga soliqlar, xomashyo sotib olish hamda davlatga tegishli asbob-uskunalar va ilmiy laboratoriyalarni ijaraga olish boʻyicha imtiyozlar taqdim etadi. Bunda imtiyozlar konkurs va grantlar eʼlon qilish yoʻli bilan taqsimlanadi. Shunday qilib, AQSHda klasterlarning shakllanishi va rivojlanishi mintaqaga murakkab omillar tizimining – hududiy joylashuv, ishtirokchilararo murakkab aloqalar tizimi, tarmoqlararo aloqalar, yuqori malakali ishchi kuchi va davlat koʻmagi taʼsiri ostida sodir boʻldi14.
Kanada ham liberal xususiyatli rivojlangan klaster siyosati yurituvchi davlat hisoblanadi. Mamlakat klaster siyosatining farqli jihati innovatsion-texnologik klasterlar tashkil etish hisoblanadi. Kanadada federal hukumat darajasida Ilmiy tadqiqot kengashi tashkil etilgan boʻlib, u rivojlanayotgan innovatsion klasterlar bilan quyidagi strategiya asosida ish olib boradi:
1) Mintaqada mavjud infratuzilma bazasida klasterlar tashkil etish;
2) Mintaqada yangi klaster yadrosiga aylanuvchi “greenfield research center” tadqiqot markazini tashkil etish.
Hozirda Kanadada 50 ga yaqin muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan klasterlar mavjud. Ularga Vonkuver shahridagi “Issiqlik elementlari va vodorod texnologiyalari” Texnologik klasteri, Edmonton shahridagi “Nonatexnologiyalar” Texnologik klasteri va Monreal shahridagi “Aviakosmos” klasterini misol qilish mumkin. Kengash barcha mintaqalarni qamrab olish maqsadida mintaqalarda “texnologik klaster tashabbuslari”ni tashkil etgan boʻlib, ular Milliy kengashning mintaqaviy vakolatxonalari tomonidan boshqariladi. Bunda asosiy faoliyat yoʻnalishlari intellektual kapital oʻsishini taʼminlash, innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, maxsus dasturlar va klaster ishtirokchilari orasidagi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va boshqalar hisoblanadi. Shu tariqa, Kanadada klasterlarni qoʻllab-quvvatlashda barcha darajadagi boshqaruv organlari faol ishtirok etadi.
Germaniya butun dunyoga mashhur klasterlar mavjud davlat hisoblanadi. Sharqiy Germaniyada joylashgan avtomobil klasteri, “Fyoniks” innovatsion markazi, Drezdendagi “Saksoniya kremniy vodiysi” kabilar bunga misol boʻladi 15[4]. Mamlakatda klasterlarni rivojlantirish yoʻli bilan depressiv mintaqalarni “tortish” siyosati olib boriladi. Bu siyosatdan AQSH va boshqa Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari ham foydalanadilar. Mahalliy maʼmuriyat, universitet, banklar va sanoat korxonalari tashabbusi va ishtirokida tashkil etilgan Germaniya texnoparklari va biznes-inkubatorlari yangi innovatsion firmalarni qoʻllab quvvatlaydi. Yangi firma muvaffaqiyat bilan rivojlansa, u texnopark tarkibiga qoʻshiladi. Eng muvaffaqiyatli texnoparklar texnologik areallarga, yaʼni mamlakat maʼlum mintaqasidagi oʻzaro aloqador tarmoqlarda faoliyat yurituvchi innovatsion klasterlarga birlashadi. Germaniya klaster siyosatida davlatning vazifasi federaldasturlar ishlab chiqish hamda kuchli subyektlarni endi rivojlanayotgan korxonalar va mintaqalar bilan hamkorlik qilishga yoʻnaltirishdan iborat.
Avstriya klaster siyosatining oʻziga xosligi hududida Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar bilan transchegaraviy klasterlarning tashkil etilganligidir. Mamlakatda mavjud eng yirik klaster Shtiriyadagi avtomobil klasteridir. Bunday klasterlar shakllantirilishi va faoliyati koordinatsiyasi hukumat tashabbusi bilan Avstriya iqtisodiy aloqalar instituti va Avstriya tadqiqotlar markazi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion-tadqiqot dasturi doirasida amalga oshirilgan. Dastur makro, mikro va mezo boshqaruv darajasida klasterlar faoliyatini koordinatsiyasiya qiladi. Mamlakatda klaster siyosati ilm-fan rivoji va innovatsion salohiyat oʻsishiga yoʻnaltirilgan. Avstriyada tashkil etilgan Texnologik markazlar kengashi 23 ta markazni oʻz ichiga oladi. Innovatsion markazlarni tashkil etish va rivojlantirish “COMET – Competence Centers for Excellent Technologies” davlat dasturi doirasida amalga oshiriladi. 16. Avstriyada innovatsion markazlar quyidagi 3 strategiyadan biri asosida tashkil etilishi mumkin 17:
1) Halqaro ahamiyatga ega markazlar tashkil etish (“K1” kategoriya);
2) Davlat ahamiyatiga ega markazlar tashkil etish (“K2” kategoriya);
3) Alohida loyiha va ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiladigan markazlar (“K3” kategoriya).
Shunday qilib, klaster siyosati va davlat tomonidan foydalanilayotgan dastaklar ishlab chiqarish va ilm-fanning aloqadorligini taʼminlash, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda halqaro darajadagi klasterlar tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Fransiyada bir qancha muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayotgan innovatsion klasterlar mavjud: Il-de-Frans mintaqaviy innovatsiya markazi, Ester Limoj (elektronika va aloqa vositalari), Savoie Technolac (muqobil energiya manbalari), SYNERGIA (nanotexnologiyalar, eko-sanoat), Laval Mayen Texnopol texnopolislari (atrof-muhitni muxofaza qilish, oziqlanish texnologiyasi) va boshqalar. Ammo Fransiyada hukumat oʻta markazlashgan boʻlganligi sababli klasterlashtirish jarayoni biroz qiyinchilik bilan amalga oshirilgan. Mamlakatda 1995-yildan buyon maʼlum hududdagi korxonalarni klasterlarga birlashtiruvchi Hududni tashkil etish dasturi amal qilib kelmoqda. Natijada mamlakatda sanoatning anʼanaviy tarmoqlarida klasterlar shakllandi hamda davlat boshqaruvi ostida ularda innovatsiyalar joriy etila boshlandi 18. Bugungi kunda Fransiyada asosiy eʼtibor ishlab chiqarish va ilm fan orasida aloqa oʻrnatishga, klasterlar tarkibida tadqiqot markazlari tashkil etishga qaratilmoqda. Shunday qilib, sanoat klasterlarini shakllantirishning fransuzcha konsepsiyasi davlat boshqaruvi ostidagi biznes hamkorlikka asoslangan boʻlib, bunda asosiy eʼtibor ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga faol tadbiq qilishga qaratilgan.
Buyuk Britaniya klasterlar faoliyatini davlat tomonidan boshqarishni liberal usulda amalga oshiradi. Federal darajada davlatning roli jarayonni koordinatsiyalash va moliyalashtirishga koʻmaklashishdan iborat. Markazlashgan holda klasterlarni aniqlash va kartografiyalash amalga oshiriladi hamda boshqaruv mahalliy organlarga topshiriladi. Mamlakatda mahalliy rivojlanish konsepsiyasi joriy qilingan boʻlib, mahalliy boshqaruv organlari innovatsion loyihalar va innovatsion subyektlar faoliyatini boshqarib boradilar. Britaniya iqtisodiyotining oʻziga xosligi shundaki, tadbirkorlar nafaqat innovatsion klasterlarning shakllanishida, balki boshqa iqtisodiy jarayonlarda ham faoldirlar. Mamlakatda akademik universitetlarning tarixan shakllangan kuchli tizimi klasterlashtirish jarayoniga ham taʼsir oʻtkazadi. Buyuk Britaniyada 1980-yildan biznes va oliy taʼlimning hamkorligi rivojlantirilmoqda – ingliz universitetlari qoshida davlat nazorati ostida texnologiyalarni tarqatuvchi va ishlab chiqarish korxonalariga uzatuvchi agentlik hamda parklar tarmoqlari tashkil etilgan. Bunday universitetlar qatoriga Texnologiyalar tarnsferi Edinburg markazi, Stokbrij texnologiyalar markazi (qishloq xoʻjaligi), Hudud ifloslanganligini baholash va tiklash imkoniyatlarini tadqiq etish markazi (Edinburg, Napyer va Shotlandiya Universitetlari hamkorligida tashkil etilgan) va boshqalarni kirgizish mumkin19. Ular innovatsion klasterlar tarkibida markaziy oʻrinni egallaydi. Italiya iqtisodiyotida kichik va oʻrta biznes asosiy oʻrin tutadi. Mamlakatda klasterlashtirish siyosati tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Butun mamlakat boʻylab kichik va oʻrta korxonalar sanoat okruglariga birlashadilar. Hozirda 200 dan ortiq shunday okruglar samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Kichik korxonalar okruglarga birlashib, yirik korxonalarga xos baʼzi ustunliklarga ega boʻladilar. Ayni paytda kichik korxonalarga xos mahsulotni differensiatsiyalash, marketing muhitida maqsadli bozor segmenti talabiga mos egiluvchanlik, innovatsion faollik kabi xususiyatlarni ham saqlab qoladilar. Shu sababli Italiyada deyarli barcha firmalar okruglarga birlashgan. Italiyada firma dastavval oʻz sanoat tarmogʻida muvaffaqiyatga erishadi, moliyaviy borqarorlik, foyda va oʻz xaridoriga ega boʻlib, boshqa tormoqlardagi hamkorlar bilan qiziqa boshlaydi. Klasterlarga bunday yondoshuv innovatsion rivojlanish uchun imkoniyatlar eshigini ochadi. Klasterlar faoliyatida davlatning roli investorlarni jalb qilish va konsaltingdan iborat.
Finlyandiyada klaster siyosati 1990-yillarda boshlandi. Dastlabklasterlarning shakllanish shart-sharoitlari va raqobatdagi imkoniyatlari oʻrganila boshlandi. Hukumat topshirigʻi bilan ishlab chiqilgan Milliy sanoat strategiyasining asosiy vazifasi sanoatning asosiy tarmoqlarida klasterlar tashkil etishni koordinatsiyalash va nazorat qilish hisoblangan 20. Shunday qilib, klaster islohotlarining ilk kunlaridan davlat jarayonni boshqarishni toʻliq oʻz qoʻliga oldi. Mavjud tabiiy resurslardan kelib chiqib, oʻrmon (yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza qogʻoz), energetika (ekologik toza texnologiyalar, energiya samaradorligi), oziq-ovqat, rangli metallurgiya sanoati, qurilish va sogʻliqni saqlash tarmoqlari eng istiqbolli tarmoqlarga aylandi. Har bir tarmoq uchun “klaster xaritasi” ishlab chiqildi. Har bir klaster tarkibida tadqiqot markazlari tashkil etilib, ulardan maqsad tarmoqda foydalaniluvchi texnologiyalarni mukammallashtirish, ishchi kuchi malakasini oshirish, klaster intellektual kapitalini oʻstirish hisoblangan. Finlyandiyadagi yirik klasterlarga “Forest klaster” boshqaruv tadqiqot kompaniyasi, “Kliin” boshqaruv tadqiqot kompaniyasi (energetika va atrof-muhit), “Energon” qayta tiklanuvchi energiya tadqiqot markazi kabilarni misol keltirish mumkin. Klasterlarning innovatsion salohiyatini oʻstirish, ishtirokchilarning innovatsion va kommunikatsion faolligini oshirishga mamlakatda tashkil etilgan innovatsion rivojlantirish fondlari katta hissa qoʻshgan 21. Ular orasida “Sitra” milliy mustaqil innovatsiya jamoat fondi (1967-yilda Finlyandiya parlamenti qoshida tashkil etilgan), “VVI” Texnik tadqiqotlar markazi, “Tekes” texnologiyalar va innovatsiyalarni moliyalashtirish agentligi (1983-yilda Finlyandiya Savdo va sanoat vazirligi qoshida tashkil etilgan) kabilarni aloxida ajratib koʻrsatish mumkin. 2007-yilda mamlakatda mintaqaviy innovatsion jarayonlarni boshqaruvchi OSKE (The Centre Expertise Program) dasturi ishga tushirildi 22. Dastur maqsadlariga erishish uchun boshqaruv-tadqiqot markazlari (Strategic Centres for Sciense Technology and Innovations – “SHOKs” tashkil etildi. Markazlar ilmiy ishlanmalarni toʻplash va ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shugʻullandi. Markazlar faoliyati natijasida Finlyandiya innovatsion gʻoyalarni samarali tijoratlashtirish boʻyicha oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Innovatsion loyihalar davlat tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Tanlab olingan loyihalar 1-3 yil davomida davlat tomonidan qoʻllab quvvatlanadi, nazorat qilib boriladi. Davlat klasterlarni tajriba almashishi maqsadida birlashishini taʼminlaydi. Masalan, mamlakatdagi barcha texnoparklar (2000 ga yaqin) Finlyandiya ilmiy parklari Assotsiatsiyasi “TEKEL”ga aʼzo hisoblanadi. Hozirda Finlyandiyada klasterlar rivojlanishning yangi bosqichiga koʻtarilgan boʻlib, ularning oʻzaro birlashishi kuzatilmoqda. Shunday qilib, Finlyandiyada klasterlar strategiyasi mazmunan davlat tomonidan ishlab chiqilgan umumiy rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, bunda asosiy eʼtibor innovatsiyalarni izchil rivojlantirish, texnologiyalar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekologik toza boʻlishiga qaratiladi23 .
Yaponiya ham klasterlashtirish siyosatini qoʻllab kelmoqda. Bu jarayonda davlat oʻziga xos oʻringa ega. 2001-yilda Yaponiya taʼlim, fan va texnologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion klasterlar tashkil etish dasturi asosida 19 ta klaster tashkil etildi. Ular jumlasiga Sukuba shahrida joylashgan yapon naukagradi va Kitakyusyu shahrida joylashgan intellektual klaster (avtomobilsozlik, robototexnika va boshqalar) kiradi 24. Horijiy davlatlardagi innovatsion klasterlardan namuna sifatida foydalangan Yaponiya hukumati tavsiya etgan tuzilma universitetlar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, yirik korxona (asosiy oʻrinda) hamda bir nechta oʻrta va yirik korxonalarni oʻz ichiga oladi 25. Davlat siyosatidan kelib chiqib, klasterlarda asosiy eʼtibor fanning rivojlanishiga qaratiladi. Ammo 2010-yilda ishlab chiqilgan Yaponiya rivojlanishining innovatsion strategiyasida kichik va oʻrta biznes eʼtibordan chetda qolgan. Yaponiyaning bugungi kundagi klaster siyosati kutilganidek emas.26 Innovatsion tuzilmalar va klasterlarni tashkil etish uchun davlat byudjetidan katta mablagʻ ajratilgan boʻlsada, klasterlarni boshqarishning samarali tizimi shakllantirilmagan27. Urinishlar samara bermaganligi quyidagilar bilan izohlanadi:
1) AQSHda asosiy eʼtibor ilm-fanni rivojlantirishga qaratiladi, moliyaviy koʻmak ilmiy-tadqiqot grantlari berish va infratuzilmani barpo etishga sarflanadi. Yaponiya hukumati esa bu zaruriyatni inkor etadi;
2) Hukumat kadrlar tayyorlash va intellektual kapital bilan ishlash masalasiga yetarlicha eʼtibor qaratmaydi;
3) Yapon menejmenti va xodimlar mobilligi pastligi;
4) Innoatsion klasterlarning sunʼiy tarzda tashkil etilishi;
5) Fuqarolar mentaliteti va mamlakatdagi boshqaruv anʼanalarini hisobga olmagan xolda, xorijiy klaster modellaridan koʻr-koʻrona foydalanish 28.
Shunday qilib, klaster siyosati boʻyicha xorij tajribasini tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, bu siyosat baʼzi mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan boʻlsa, ayrimlarida salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Kanadada asosiy eʼtibor nafaqat innovatsion faoliyatni qoʻllab quvvatlashga, balki uning amalga oshirilishini nazorat qilishga ham qaratiladi. Germaniya klasterlar samarali faoliyatini tashkil etishga va shu yoʻl bilan depressiv mintaqalar rivojlantirishga erisha oldi. Bu mamlakat tajribasini oʻrganish jarayonida klaster siyosatini olib borish va hududlarni rivojlantirishga qaratilgan federal maqsadli dasturlar yaxshi samara berayotganini koʻrish mumkin. Fransiya tajribasining ijobiy jihati transchegaraviy klasterlar faoliyati muvaffaqiyatli tashkil etilganligidadir. Klasterlarni shakllantirishda universitetlar va biznesning samarali hamkorligini taʼminlash Buyuk Britaniyaga xos xususiyatdir. Italiyada kichik korxonalar turli preferensiyalar olish maqsadida oʻzaro birlashishlari zarur.
Finlyandiya siyosatining oʻziga xosligi shundaki, klaster siyosati iqtisodiyotning har bir tarmogʻi uchun alohida ishlab chiqiladi, “klaster xaritalari” tuziladi. Maʼlumki, Oʻzbekistonda klaster siyosatini qoʻllash boʻyicha ilk qadamlar qoʻyilmoqda. Shundan kelib chiqib, xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratishni tavsiya etamiz:
1) Iqtisodiyotning turli soxalari aro aloqalarni kuchaytirish;
2) Texnologik tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish;
3) Bilimlarni uzatish tizimini rivojlantirish;
4) Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish tizimini toʻgʻri tashkil etish;
5) Ilmiy tadqiqot faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan ilmiy grantlarni koʻpaytirish;
6) Klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida xorij tajribasidan koʻr-koʻrona foydalanmaslik, hudud va aholi bilan bogʻliq xususiyatlarni eʼtiborga olish.29

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling