Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni
[Qishloq xoʻjaligida klasterni rivojlantirish mexanizmi]
Download 91.31 Kb.
|
About Cluster System
[Qishloq xoʻjaligida klasterni rivojlantirish mexanizmi]
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy texnikalarni, ilgʻor texnologiyalarni va ilmiy ishlanmalarni joriy etish asosida modernizatsiyalash amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasidir. Taʼlim, fan va biznesning integratsiyasini tadqiq etish natijalari ushbu vazifalarni hal etishda klaster yondoshuvining alohida rolini koʻrsatib turibdi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi koʻrsatib turibdiki, iqtisodiy boshqaruvning eng samarali shakllaridan biri klaster hisoblanadi. Klaster siyosati - agrar iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion mexanizmlaridan biridir. Mohiyatiga koʻra bu korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatishini optimallashtirish tizimidir. Klaster boʻyicha sheriklar faoliyati beradigan sinergetik samara qishloq xoʻjaligini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga imkon beradi. Bu qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning hozirgi sharoitlarda oʻta muhim. Qishloq xoʻjaligi sohasida klasterlar yuridik mustaqil korxonalar – tovar ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar, xizmat koʻrsatuvchilar, texnologiya yaratuvchilar, infrastuktura obyektlari, moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot, joriy etuvchi va investitsion tashkilotlar va istyemolchilarning vertikal va gorizontal integratsiyasi mos kelishiga asoslangan strukturalarni oʻzida namoyon etadi. Bu korxonalar bir biri bilan qiymat yaratishining yagona zanjiri doirasida munosabatga kirishadi, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yaratish va qayta ishlashga yoʻnaltirilgan faoliyat xarakterining umumiyligi bilan xarakterlanadi, bir birini toʻldiradi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, agrar ishlab chiqarishga fan va ilgʻor tajribani joriy etish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun agrar sohada ilmiy-taʼlim birlashmalarini tashkil etish lozim. Klaster tuman, viloyat yoki respublika hududini qamrab olishi mumkin. Bunda taʼkidlash lozimki, qishloq xoʻjaligida klasterlar turli xil shakllarda boʻladi. Klasterni rivojlantirishni boshqarish mexanizmi kompleks xarakterga ega va pirovard natijaga taʼsir etuvchi maʼlum omillarni va tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy parametrlarini hisobga olishdan iborat. Qishloq xoʻjaligida tabiiy-iqlim, investitsion va innovatsion sharoitlar, kadrlar va ishlab chiqarish salohiyati, ekologiya klasterni shakllantirishga taʼsir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Boshqaruv omili, qishloq xoʻjalik mahsulotlari bozorini rivojlantirish, infrastruktura va mahsulot raqobatbardoshligi muhim ahamiyatga ega. Nihoyat, qishloq xoʻjaligida klasterni shakllantirish maʼmuriy-qonuniy muhit bilan aniqlanadi. Zarur sharoitlar yaratish qishloq xoʻjaligida raqobatbardosh klasterning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Masalan, raqobat muhitini rivojlantirish korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishdan manfaatdor boʻlishiga imkon yaratadi, klaster ishtirokchilarining umumiy iqtisodiy manfaatlari mavjudligi, yagona korporativ madaniyat esa klaster ishtirokchilarining uzoq muddatli munosabatlarini taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida klasterning yagona strukturaviy varianti yoʻqligi, uning mazmuni, joylashgan joyiga, ishlab chiqarish tarkibiga, transport infrastukturasiga va boshqa omillarga bogʻliqligini taqozo etadi. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida samarali va raqobatbardosh klasterni shakllantirish 4 ta bosqichni oʻz ichiga oladi. 1. Klasterni shakllantirish shart-sharoitlari tahlil etiladi, asosiy ishtirokchilar ishtiyoqini va ularning kapitali va resurslari holati aniqlanadi; korxona-ishtirokchilar keyingi rivojlanishining istiqbollari baholanadi. Klasterni shakllantirish imkoniyatlariga va uning manfaatdor ishtirokchilari mavjudligiga baho beriladi. 2. Klaster strukturalarini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: - integratsiya jarayonidan manfaatdor ishtirokchilar yuzaga chiqariladi; - klasterning faoliyat koʻrsatish prinsiplari aniqlanadi; - klasterning faoliyat koʻrsatish holatlari, qoidalari va mexanizmlari ishlab chiqiladi; - kadrlar salohiyati yuzaga chiqariladi. 3. Klasterning tashkiliy-boshqaruv strukturasi shakllantiriladi. 4. Klasterning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va keyingi rivojlanishiga baho beriladi. Klasterlarning tiplarga ajratish turli xil belgilar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin, ammo ularni rivojlantirish pozitsiyasidan tashkiliy iqtisodiy tizimlarning toʻrtta tipini ajratish maqsadga muvofiq: liderlar, barqaror ergashuvchilar, potensial ergashuvchilar va auisayderlar. Birinchi guruh klasterlari uchun asosiy hamda uning bilan bogʻliq ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan servis sohasining muvozanatli rivojlanishi, yuqori darajadagi ichki raqobat, yangi darajadagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion potensial, qoʻshma loyiha doirasida va tarmoqlararo tashkilotlar faoliyatida intensiv oʻzaro bogʻliqlik xarakterlidir. Ikkinchi guruh klasterlari barcha elementlar va ularning oʻzaro taʼsirini koʻrsatadi, ammo hozircha aglomeratsiyadan tez foyda olish uchun zarur darajaga erishilmaydi. Uchinchi guruh klasterlari strukturalarning notekis rivojlanishi va alohida elementlarining ojizligi bilan xarakterlanadi. Toʻrtinchi guruhga alohida tashkilotlar asosida yaratilgan, yoʻlga qoʻyilgan ishlab chiqarish aloqalarga ega, ammo toʻlaqonli klaster strukturasidan yiroq klasterlarni kiritish mumkin. Bu guruhda uning shakllanish jarayoni sekin yuz beradi. Tadqiqotchilar taʼkidlaganidek, bu klasterlar – tadqiqotchilar va davlat organlarining eʼtibordagi obyektidir, lekin ular mamlakatda iqtisodiy oʻsishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmaydi. Klaster siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy va maʼmuriy mexanizmlarini shakllantirish muammolari turli xil faoliyat sohalarida klaster tuzilmalarini shakllantirishning xususiyatlarini yuzaga chiqarishdan iborat. Klasterlarni rivojlantirishning natijasi sinergetik samara boʻlishi mumkin. Klaster oʻzaro boѓliq tashkilotlarning barqaror sherikligi sifatida ushbu tashkilotlarning oddiy umumlashgan saloxiyatidan koʻra yuqori saloћiyatga ega bщlishi mumkin. Bu oʻzaro ћamkorlik va uzoq muddat sheriklarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, kooperatsiya va raqobatning mos kelishi natijasida vujudga keladi. Klasterning muxim sinergetik samarasi – klaster tarkibiga kiruvchi korxonalarda bilimlar almashinuvi, pul oqimining oshishi, infrastruktura obyektlaridan ћamkorlikda foydalanish, transaksion xarajatlarni pasaytirishdir. Boshqaruv mexanizmi tashqi muћit ћolatiga va klaster tarkibidagi tashkilotlar tipiga qarab qishloq xoʻjaligida klasterni rivojlantirishning turli xil ssenariylarini oʻz ichiga oladi. Tahlillar koʻrsatishicha, klasterni boshqarish vazifalarining aniq bajarilishi tarmoqdagi innovatsiya faoliyati natijaliligini belgilaydi. Bunda ushbu vazifalar va vakolatlar ham respublika, ham mintaqa darajalarida aniq chegaralangan boʻlishi kerak. Ular orasida eng asosiysi – agrar fanga mablagʻlarni vaqtida ajratish hamda ishlab chiqarishda oʻzlashtirish uchun sifatli innovatsiyalar oqimini doimiy ravishda taʼminlashdir. Qishloq xoʻjaligida klasterni shakllantirish yangi tipdagi agrosanoat integratsiyasi jarayonlariga kompleks yondoshuvni taʼminlaydi, uni rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, axolini yuqori sifatli maxsulotlar bilan taʼminlash uchun ishlab chiqarishni koʻpaytirishga imkon yaratadi.30 Download 91.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling