Kursi sh I agrosanoat majmuasida kalsterning mohiyati va iqtisodiy mazmuni


O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan kooperatsiyalar


Download 91.31 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1529496
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
About Cluster System

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan kooperatsiyalar
KOOPERATSIYA NIMA?
Kooperatsiyalar tizimi (kooperativ) – qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun o‘zlarining moddiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda mulkiy pay badallarini birlashtirish asosida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi korxonasidir.
Bu o’rinda koperatsiya bevosita to’xtalishumiz o’rinli deb bildim. Chunki fermer xo’chaliklari birgalikda kooperatsiya tuzib, o’zlari yetishtirgan xom ashyoni tayyor maxsulot qilib yaratishlari mumkin. Ya’ni klaster bilan shartnoma qilinmagan taqdirda fermer xo’jaliklari kooperatsiya asosida ishlashlari mumkin. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bozor mexanizmlari joriy etilib, erkin raqobat muhiti shakllanyapti va bir vaqtning o‘zida klaster, fermerlar, dehqon xo‘jaliklari hamda kooperativlar faoliyat olib bormoqda. Bunga Huquqiy asos qilib QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XO‘JALIGI) TO‘G‘RISIDA 39gi qonuni ko’rsatishimiz o’rinlidir. Kooperativlarda huquqiy asosning borligi bu qishloq xo‘jaligida raqobat muhitini yanada rivojlantiradi. Yaʼni qishloq xo‘jaligida 800 dan ortiq agrosanoat klasterlari faoliyat olib bormoqda. Bu o‘z-o‘zidan kooperativga birlashgan fermerlar tomonidan klasterlar bilan hamkorlikda ish tashkil qilish borasida qonun loyihasida aniq moddalar belgilanmoqda. Yaʼni keyinchalik klasterlar mana shu kooperativlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Foyda teng taqsimlanadi. Ushbu qonun loyihasi kichik fermer xo‘jaliklarining bitta kooperativga birlashish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan. Kooperativlar mustaqil, ixtiyoriy boshqaruv bo‘lib, bunda davlatning, mahalliy hokimiyatlarning aralashuvi kuzatilmaydi. Bunda kooperativga aʼzolar ichidan rahbarlar tayinlanadi, kelishilgan holda boshqaruvchi-menejerlar ham ishga olinadi. Pay ulushini qo‘shgan holda o‘zlari kooperativni boshqaradi. Kooperativlar hamma vaqt o‘z aʼzolarini manfaatlarini ko‘zlaydi va himoya qiladi. Kooperativga mustaqil va ixtiyoriy ravishda aʼzo bo‘lgan fermer yakuniy daromaddan ham o‘z ulushini oladi. Yaʼni kooperativda aʼzolar foydalari hisobiga umumiy daromad qilishadi va undan ham ulush olishadi.
Ixtiyoriy va ochiq aʼzolik; Aʼzolar tomonidan demokratik nazorat; Aʼzolarning iqtisodiy ishtiroki; Avtonomlik va mustaqillik; Taʼlim, o‘qitish va axborot; Kooperativlar o‘rtasida hamkorlik; Jamiyat uchun qayg‘urish. Qonun loyihasi yuqoridagi xalqaro umumeʼtirof etilgan tamoyillarga asoslanadi.
KOOPERATSIYA TIZIMINING MAQSADI
Kam xarajat qilib, ko‘p daromad olish. Mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy xolatini yaxshilash.
Mahsulot yetishtiruvchilar moddiy-texnik bazasini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalari bilan boyitish. Infratuzilma obyektlarini yangilashdan iborat.
Ushbu tizim dehqonlarimiz, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy uslubda ishlashni o‘rgatdi. Mahsulot ekishdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni yagona texnologik tizimga birlashtirgan ishlab chiqarishning yangi majmuasi ilm-fan yutuqlarini, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga ham keng yo‘l ochib beradi. Bugungi kunda Respublikada meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari faoliyat olib bormoqda.

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling