Kutubxona kataloglari kutubxona ishini rejalashtirish maktab kutubxonasining nomenklaturasi haqida


Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX


Download 4.52 Mb.
bet8/17
Sana17.09.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1680214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi so‘roqlar qat’iy mas’uliyat bilan
bajariladi. Ma’lumotlar axborotga berilgan so‘roq xarakteriga mos guruhlashtiriladi. Eng ko‘p tarqalgan so‘roqlar quyidagilardan iborat: aniqlovchi bibliografik ma’lumotlar; faktografik ma’lumotlar; mavzuli bibliografik ma’lumotlar; manzilli bibliografik ma’lumotlar. Aniqlovchi bibliografik so‘roqlarni bajarishda Davlat va hukumat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari aniqlanadi. Bunday so‘roqlarni umumiy bibliografik kartoteka, ma’lumotlar bazasi, huquqiy axborot bo‘yicha ma’lumotlar banki, rasmiy nashrlar va boshqa turdagi axborot resurslari bajaradi. So‘roqlarni berishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan eng ko‘p uchraydigani OAVlari orqali berilayotgan axborotni noto‘g‘ri tushunish oqibatida yuz beradi. Bunday holda, albatta, kitobxon bilan suhbat davomida uni to‘g‘ri
tushunishga yordam berish zarur. Faktografik so‘roqlarni bajarishda, asosan, u yoki bu tarixiy voqeani, siyosiy hodisalarni, siyosiy va jamoat arboblari shaxsiga oid ma’lumotlarni, olimlar va ularning faoliyatiga oid savollar, mamlakatlar nomlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘roqlar, davlat ramzlariga oid so‘roqlar uchraydi. Ularni bajarishda ma’lumotnoma nashrlar, qomusnomalar, katalog va kartotekalar yordam beradi. Mavzuli bibliografik so‘roqlar biror-bir ijtimoiy fanlar, tarixiy shaxslar, davlat arboblari, siyosiy arboblar, mamlakat tarixi, iqtisodi,
siyosatiga oid mavzularni tashkil etadi. Bunday so‘roqlarni bajarishda mavzuning mazmuni, maqsadi, kitobxonning siyosiy bilim darajasi, tayyorgarlik darajasi, axborot manbalarining to‘-liqlik va ilmiylik darajasi, dolzarbligi hisobga olinadi. Bunda ham katalog va kartotekalar tizimidan, bibliografik qo‘llanmalardan foydalaniladi. Ayniqsa, tarixiy mavzudagi so‘roqlarni bajarishda uning hozirgi kun uchun ahamiyati alohida o‘rganiladi.
MBXni tashkil etish va hisobga olish
MBX bilan shug‘ullanuvchi barcha bo‘limlar yagona shakldagi hujjatlarda ma’lumotlarni bajaradi va hisobga olib boradi. Turli so‘roqlar bajarilishini hisobga olib borishda ularning soni ko‘rsatiladi va quyidagicha belgilanadi: so‘ralgan mavzular; aniqlash uchun so‘ralgan bibliografik yozuvlar soni; kutubxona fondida bo‘lishini so‘ragan nashrlar soni; aniqlash uchun so‘ralgan faktlar.
So‘roqlar alohida daftarda yoki jurnalda qayd etib boriladi, ayrim kutubxonalarda talab qog‘ozlarida yoki boshqa xil hujjatlarda aks etadi. Hisobga olishda og‘zaki va yozma bajarilgan so‘roqlar, mavzulari va boshqa xillari bo‘yicha bajarilgan so‘roqlar alohida hisob qilinadi. Maxsus daftarda ularni hisobga olib borish uchun quyidagi tartib raqami, so‘roqning berilgan vaqti, kimdan tushganligi, mazmuni va maqsadi, so‘roqning turi (mavzuli, aniqlovchi, faktografik), bilim sohasi, so‘roqni bajarish manbasi,
bajaruvchi, rad javob sababi, tashqi axborot resurslari, eslatmalar. Ayrim kutubxonalar bu chiziqlarni yanada ixchamlashtiradi, ayrimlari esa o‘z xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa bo‘limchalarni kiritadi. MBXni takomillashtirish, samarasini oshirish uchun muntazam ravishda son va sifat jihatidan tahlil qilib borish lozim. Uning maqsadi mavzular va kitobxonlar
qiziqishini o‘rganish, axborot manbalarini takomillashtirishdir. Tahlil natijalari fond tarkibini, axborot resurslarini kengaytirishni, axborot xizmati tizimini yaxshilashni, bibliograflarning malakaviy bilim saviyasini oshirishni qay darajada davom ettirish va takomillashtirish haqida xulosalar beradi. Bundan tashqari, tahlil natijalari bibliografik axborot ishlarining qay darajada tashkil etilganligini ham ko‘rsatadi.
Guruhli bibliografik axborotlashtirish — axborotga bo‘lgan ehtiyojga ko‘ra bir guruhni tashkil etadigan kitobxonlarni bibliografik axborot bilan muntazam ta’minlab borish. Ommaviy kutubxonalarda tadbirkorlar, ijtimoiy soha vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari, tabiatshunoslar, ekologlar va boshqa guruhlar. Guruhli bibliografik axborotlashtirish vaqtiga ko‘ra doimiy yoki vaqtinchalik bo‘ladi, mazmuniga ko‘ra tarmoqlararo, mavzuli, muammoli-mavzuli bo‘ladi. U kundalik yoki retrospektiv
xarakterga ega. Anketa o‘tkazish, suhbatlar olib borish, talablar yig‘ish orqali muntazam ravishda aniq kitobxonlar guruhining axborotga bo‘lgan ehtiyoji yig‘ilib, tahlil qilib, o‘rganib boriladi. So‘ng uni o‘tkazish vaqti, axborot bilan ta’minlash tartibi belgilanadi: ketma-ketligi, kuni, vaqti va boshqalar.
Guruhli bibliografik axborotlashtirishning turli shakllari mavjud: yangi hujjatlarning tarmoq va mavzuli ro‘yxatlari, mavzuli yoki kompleks ko‘rgazmalar, mavzuli bibliografik sharhlar, axborot stendlari, mavzuli papkalar, mutaxassis kunlari, axborot xizmati yoymalari va boshqalar.
Mavzuli ko‘rgazmalar yoki ko‘riklar retrospektiv xarakterga ega bo‘ladi. Ko‘chma ko‘rgazmalar qaysi tashkilotda tashkil etilsa, o‘sha joy rahbariyati bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshadi. Og‘zaki bibliografik sharhlar ham alohida olingan kitobxonlar guruhi uchun o‘tkaziladi va muhim ahamiyatga ega. Uni ko‘rik-ko‘rgazmalar vaqtida o‘tkazish yaxshi samara beradi, uning matnini saqlab qolib, boshqa kutubxonalarga foydalanish uchun berish ham mumkin. Boshqa kutubxonalar fondidan,
internet orqali yoki elektron ma’lumotlar bazasidan olingan axborot hujjatlari asosida mavzuli papkalar, axborot-bibliografik to‘plamlar, o‘lkashunoslik mavzusidagi to‘plamlar tashkil etiladi.
Mavzuli axborot kunlari ham guruhli axborot berishda katta
ahamiyatga ega va qiziqarli tadbir hisoblanadi. Uning maqsadi —mavzuga oid keng qamrovli adabiyotlarni namoyish etish, ular haqida ma’lumot berish va targ‘ib qilish. Mutaxassis kunlari avvaldan tayyorlangan reja asosida olib boriladi. Asosiy vazifa mutaxassislarni eng yangi zamonaviy axborot va kutubxonachilikbibliografik resurslar bilan tanishtirishdir. Mutaxassis kunlari dasturida tadbir haqida qisqacha so‘z, mutaxassis ma’ruzasi, maxsus adabiyotlar sharhi, yangi ilg‘or tajribalar haqida fikr
almashish, tajriba almashish, ko‘rgazma, maqolalar muhokamasi,
axborot qidiruvi haqida maslahat va boshqa tadbirlar aks etadi. Zamon talabidan kelib chiqqan holda axborot resurs markazlari, kutubxonalar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, mahalla qo‘mitalariga, xotin-qizlar bo‘limlariga, sog‘lom avlod, oila jamiyatlariga ularning ish faoliyatida zarur tadbirlar uchun axborot xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar. Yakka tartibda bibliografik axborot berish Yakka tartibda bibliografik axborot berish aniq bir kitobxon, axborot talabgorining doimiy qiziqishiga ko‘ra bibliografik axborot bilan ta’minlashdir. Ayniqsa, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish rahbarlari, tashkilot va muassasalarning rahbarlari, madaniyat va san’at xodimlari, sog‘liqni saqlash va maorif xodimlari, tadbirkorlar uchun alohida yakka tartibda bibliografik axborot
xizmati tashkil etiladi. Bu axborot xizmati qat’iy va muntazam
tor, aniq mavzular asosida olib boriladi. Yakka tartibda bibliografik
axborotlashtirishning shakllari: og‘zaki xabar berish (yuzmayuz yoki telefon orqali), to‘plam yoki papka tayyorlash, faks yoki elektron pochta orqali ma’lumot jo‘natish.
XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning roli va o‘rni kundan – kunga o‘sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ta’lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me’yoriy asoslari yaratilgan.
O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari ro‘yobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni o‘z vaqtida olish bilan birga ulardan to‘g‘ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Respublikamiz xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlardagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internetlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktablar “ZiyoNeT” jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar undan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.
“O‘zbekistonda elektron kitob (Jet Book)lardan foydalanish” loyihasi esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Maktablarda veb-saytlar ochilib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan elektron darsliklar mazkur veb-saytlarga joylashtirilib borilmoqda. O‘z navbatida ana shunday yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish (masalan “O‘rgan-o‘rgat” tadbiri) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ham albatta axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasidir.
Yaratilayotgan ana shunday imkoniyatlar natijasida o‘quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bormoqda.
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80 yillardan boshlab (o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach) dars metodlarini, shakl va metodlarini o‘zgartirish, yangilik kiritishdan boshlandi. Nostandart (ular 40-50 tadan oshdi) darslarga axborot texnologiyasini (kompyuter, filmoskop, kodoskop va h.k) va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan takomillashtirib borilmoqda.
Globallashuv jarayoni ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta’limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini — o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson va kompyuter” muammosi markaziy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim jarayoni — axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning to‘g‘ri, maqsadli tamonga qaratilgan yo‘nalish, imkoniyatlarini topishga to‘g‘ri keladi.
O‘quv jarayoni axborotni taqdim qilishdek alohida va muhim funksiyani bajarishi lozim. Bu jarayonda “Inson – inson” va “Inson – kompyuter” o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi vosita “axborot” hisoblanadi. Ta’lim sohasining asosiy resursi – axborotdir, shuning uchun axborot tushunchasiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’lim tizimi oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir etib boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora maslahatchiga, yo‘l–yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. O‘qituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o‘zlashtira olishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘quvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo‘ladi.
Ta’limda o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishrishning nutq, so‘z, tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi.
Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi o‘ziga xos usul va shakllarini vujudga keltirmoqda.
Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga axborotlarni yetkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Bunda kompyuter va inson o‘rtasida o‘zro kommunikatsiya o‘rnatiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.
Ta’lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi (tegishli axborot beradi) va o‘z navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o‘quvchilarning diqqat bilan o‘tirishlarida, o‘qituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida o‘z aksini topadi. Agar teskari aloqa bo‘lmaganda edi, o‘qituvchi bergan axborotining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo‘lar edi. Teskari aloqa o‘qituvchiga o‘z nutqini davom ettirish yoki to‘xtatish, ish turini o‘zgartirish, umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi.

Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling