Kutubxona kataloglari kutubxona ishini rejalashtirish maktab kutubxonasining nomenklaturasi haqida


VII.Markazning huquq va majburiyatlari


Download 4.52 Mb.
bet5/17
Sana17.09.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1680214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

VII.Markazning huquq va majburiyatlari
Markazning majburiyatlari:

  • Foydalanuvchilarni markazdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratish;

  • Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish va to’liq qondirishga erishish;

  • Kutubxonachilik, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko’rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruqlar bo’yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;

  • Foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko’rsatishni ta’minlash, zarur hujjat/materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko’rsatish;

  • Foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishni amalga oshirish;

  • Markazning axborot-kutubxona fondini katalog, kartotekalar hamda zamonaviy qidiriv tizimlari orqali ochib berish;

  • Qidiruv dasturlarini uzluksiz ishlab turishini ta’minlash;

  • Foydalanuvchilarga qidiruv dasturlaridan foydalanish yuzasidan ko’rsatma berish.

  • Foydalanuvchi tomonidan so’ralgan adabiyot/hujjat markazning axborot-kutubxona fondida mavjud bo’lmasa, kutubxonalararo abonement orqali so’rovni amalga oshirish.

  • Ommaviy tadbirlarni zamon talablariga mos ravishda tashkil etish va o’tkazish.

  • Markazning xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, markaz fondlari va ko’rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish va ularning asosli istaklariga muvofiq  yangi xizmatlar tashkil etish.

Markazning huquqlari:

  1. Markazning huquqlari yuqori turuvchi tashkilot orqali bevosita kelishiladi va tasdiqlanadi.

  1. Nodir, noyob va qo’lyozma nashrlarni ko’rgazmaga qo’yish, foydalanish va nusxa ko’paytirishda cheklovlar belgilash;

  1. Ushbu qoidaga asosan markaz moddiy boyliklari, jihoz, kitoblar va hokazolarga foydalanuvchilar tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplash miqdorini belgilab qo’yish;

  1. Foydalanuvchilarga markaz fondidan berilgan hujjatlarni o’z vaqtida qaytarilishini nazorat kilish;

  1. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan maqsadli shartnomalar tuzishda markaz fondidan foydalanish shartlarini belgilab olish.

NAVBAHOR KO’P TARMOQLI TEXNIKUMI KUTUBXONASHUNOSLIK TA’LIM YO’NALISHI


KUTUBXONA MENEDJMENTI VA MARKETING FANIDAN



Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling