Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Omonatni qidirdik
Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni ko’rgan bir qancha qo’shnilarimiz to’planishdi. Hammasi bir narsalarni so’rashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi. Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib so’zlaydi. Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni o’chirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun bo’ladi. Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha ruxsatingiz bilan… Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz bo’lsada madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat ko’rdim. Chunki natijalar yana barbod bo’ldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. O’pka xastaligi qinayotir. Kanser butun tanamni azoblayapti. Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham qo’lini o’limga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yo’qligini bilaman. Negaki… tuyg’ularimga asir bo’lmayman. Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona, tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov qo’l tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi. -Bu uy endi cho’kadi. Hamma ashyolari ko’chirilsaydi. Ashyo deyish to’g’ri bo’lsa… Onamning yodgorliklari…Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli. Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a…Achinaman sizga.
Eng achchiq, chorasiz kunimda mening, Bo’ldingiz menga yor onajonginam. Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz, Yana mehr-la quching, oanjonginam. Tunda sizni o’yladim, to’ldi ko’zlarim, Yig’lashni xohlab, tek turdi ko’zlarim. Sizni har joydan izlar ko’zlarim, Sizdan ayrildim-a, onajonginam…
Boshqa bir kishi gapga aralashdi:”Biz rahmatli amammngga ko’p aytdik. Bu ashyolar qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qo’l tekkizmadi. O’lgunicha kelib tozalab turdi, uyga qradi, o’lganidan keyin shu holga tushdi, mana… Ko’p gaplarni anglolmasdim. Chunki o’y-xayolim onamning xotiralari bilan band edi. Ham u qoldirgan ikki omonatda…Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari yo’q, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men. Birinchi xonada shisha sandiqni ko’rmadik. Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yog’och divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq ko’rdim. Onamdan yodgorlik…Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni ko’rib, yanada kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi. Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 26 Joyimda o’tirib qoldim. Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi yonar, o’rtanar edi. Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob. -Bittasi Qur’oni karim, -dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi “So’zlar”nomli kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa…Onamning omonati…Ular men uchun naqadar qimmatli … Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi: -O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy, -dedi Kitoblari butun dunyoda qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi. Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p… Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling