Kutubxonasi


Imom afandi – huquqshunos


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

Imom afandi – huquqshunos  

 

Imom afandi davom etdi: 



-Men huquq fakultetida o’qiyotgan paytlarimda tanishgan edim. Ko’p foyda oldim. 

Dunyoqarashim kengaydi. Qalbimdagi shubha va andishalar ketdi.  

To’xta, to’xta…Demak, Imom afandi – huquqshunos. Buni qarang. Ham imom, ham 

huquqshunos. , shu qadar nazokatli va mehribon inson. Hecham tushunolmayman, 

ba’zan asabiylashaman ham. Bu dindorlar meni ko’p ajablantirishadi. Goho mutaassib 

odam maktabni tark etib, qizlar oviga chiqadi. Menga shu holni tushuntirib bering-chi… 

Imomning rafiqasi kun bo’yi meni tashlab ketmadi. Butun mehribonchiligni va 

muhabbatini berib men bilan ko’p suhbatlashdi. Imom afandi, bilimdon, madaniyatli 

kishi edi. Hamma u kishidek bo’lsa, na dahriylik na jamiyat muammolari bo’lardi. 

Ruhiyatshunos kabi insonni o’ziga yaqin olar, muammolarimni iliqlik bilan tinglar, chuqur 

o’ylab, qo’rslik qilmay javob qilardi. Bu usulga faqat imomlar emas, balki 

o’qituvchilarning ham ehtiyoji bor. Agar o’qituvchilar bola va o’smir ruhiyatini bilsalar 

edi, hech kim maktabdan qochmas edi. Hech kim o’qishga yoshlikdan behafsala 

bo’lmasdi. Kaltak bilan, tahdid bilan insonni tarbiya qilib bo’ladimi? Avvalo, bolaning, 

o’smirning qalbiga kirib, uning mehrini qozonish yo’llarini o’rganishsa, muammo 

qolarmidi…Xuddi imom afandi kabi… Suhbat davomida biroz asabiylashdim: 

-Johillar, eraksionerlar va eski odamlar bizlarni shu ko’yga solishdi. O’z holimizhca 

yashashga qo’yishmadi, -dedim.  

Men dindor odamalrni ayblamoqchi emasdim. Ammo meni noto’g’ri tushunishdi. Imom 

afandi ayoliga bir qarab oldi. Lekin ikkisi ham javob bermadi. Biroz tortinishdi. Men xato 

qilganimni angladim. Tuzatmoqchi bo’ldim, lekin nimadan so’z boshlashni bilmasdim.  

Imom afandi o’ta nazokat bilan: 

-Aysel, qizim, senga bir nima deyishga haqqim yo’q, -dedi Bizlar aybdormiz, to’g’ri 

gapirding. Biz dindoalr har bir harakatimiz bilan boshqalarga o’rnak bo’lishimiz kerak. 

Bizlar ko’p bilgan, ko’p o’qigan to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi insonlar bo’lishimiz lozim. Imom 

afandi o’ta kamtar kishi edi. Shu bois men battar tortinar edim. Men mahmadonalik qilib 

qo’ydim. Uyida mehmon bo’l, senga bag’rini, ko’nglini ochsin-u, sen uni “aqidaparast”, 

”reaksioner” deb aybla. Bu qnaday bedodlik…Gar u oddiy qo’pollik bo’lsa ham…Bunday 

qilish hech mumkin emasdi. Bu mening telbaliklarimdan biri, xolos. Onamning 

omonatlarini olib ketishga jasorat qilolmadim. To’g’rirog’I, o’zimni munosib ko’rmadim. 

Mendek nopok, gunohga botgan, or-nomusi toptalgan bir qizning Qur’oni karimni olib 

ketishga haqqi yo’q. Imom afandidan iltimos qildim. U kishi ularni qabul qildi.  

-Sneda qolsa, juda yaxshi bo’lardi, senga kuch bag’ishlardi, tayanch bo’lardi, -dedi, 

ammo men bunaqa qiz emasdim. Meni kuzatib qo’yishdi. Bir vaqt Imom afandining ayoli 

sumkamga qo’l solgandek bo’ldi. Bu ham Onado’liga xos nazokat edi. Keyin qarasam, 

biroz pul slogan ekan. Ikki enlik xat ham bor:”Biz seni juda yoqtirib qoldik. Sen 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling