Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

Allohning izni bilan  

 

Shunga o’xshash hayollar bilan o’tgan yillarimga nazar tashlar ekanman, xonamning 



eshigi g’ichirladi. Tushimmi yo o’ngimmi? Eshik tomonga o’girildim. Ikkita ayol, oppoq, 

top-toza libosda. O’rangan. Boshlari ustida o’zgacha nur. Yuz – ko’zlaridagi nurlar 

ichimga kirib, iliqlik paydo bo’ldi. Ko’z-ko’zga to’qnashdi. Shunchalar muloyim, mehribon 

boqishlari, tabassumlari borki, go’yo atrofni o’zlariga rom etishdi, meni o’sha sirli olamga 

tortishdi. Bular kim? Hamshiralar emas, Hamshiralarning boshlari ochiq, bo’ylari kichik, 

ular unchalik yoqimli ham emas. Tunning bu paytida meni kim ham yo’qlardi. Bu nurli 

chehralarning, umuman, boshqacha ta’sir kuchini sezdim. Xona ularning ajib nuriga 

to’ldi. Ular quloqlarimni, miyamni, butun vujudimni chulg’agan, ta’sirlantirgan bir 

ohangda: 

-Alloh shifo bersin, qizim, -dedi o’ng tomondagi ayol. Ikkinchisi esa qo’llari oldinda, 

bog’li, go’yoki “tayorlan” degandek qarab turardi. Men rahmat deya olmadim. Chunki 

karaxt bo’lib qolgandim. Yuzlariga hayajon, qiziqish bilan titrab qarab turardim. Shu 

qadar hayajonda edimki, yuragimning otashi ko’ksimni kudirar, go’yo parcha-parcha 

bo’lib ketgudek edi.  

-Siz kimsiz, nima istaysiz mendan, -deya so’ramoqchi edim, mendan oldin ayol gap 

boshladi.  

-Bizlar Allohning izni va Payg’ambarimizning sav amri ila nochor qolgan, yordamga 

muhtoj va yordamga munosib bo’lgan musulmonlarga ko’maklashamiz.  

So’zlari shunchalik ta’sirli va muloyim ediki, har bir so’zi menga xush yoqar, ichimni 

kuydirardi. Bir zumda bu so’zlar minglarcha, milyonlarcha aks-sado bera boshladi. 

“Allohning izni va Payg’mabarimizning amri ila nochor, yordamga muhtoj va yordamga 

munosib musulmonlarga ko’maklashamiz”.  

Qandaydir umid paydo bo’ldi:demak, meni Alloh va Payg’ambar nazardan chetda 

qoldirmadi, yordamga loyiq inson ekanman, shundaymi? Bu juda muhim. Balki so’nggi 

najot yo’li…Men shularni o’ylarkanman, kelgan ayollar fikrlarimni o’qirdilar.  

-Alloh hamma narsani ko’rguvchi, bilguvchi va ko’mak berguvchidir. Payg’ambarimiz 

esa, ummatlarida boxabar, nochor qolganlar ko’mak uchun shoshilguvchidir. Olamning 

ajoyib tartibi Allohnung ilmi va qudratidandir. Son-sanoqsiz ne’matlar esa, Allohning 

qullariga ikromidir. Alloh qullarini O’zini tanishi va qullik vazifasini ado etishlari uchun 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling