Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
35 bo’limdagi pokiza yuzli, dindor assistant esimga tushdi. U har gal xonamga kirganida menga dalda berar, Allohga ishonishni va sabrli bo’lishni uqtirardi. Hatto bir kuni qo’limda “O’zimni topdim” kitobingizni ko’rib: -Men ham o’qidim. Juda yaxshi foyda oalsan, -degandi. Ha, bu masalada shu assistent yordam bera oladi. Uni topib, hamma narsani tushuntirishim va yordam so’rashim lozim. Ertalab birinchi qilgan ishim uni topish bo’ldi. Unga hamma narsani tushuntirdim. Farishtadek bir o’spirin. Meni ko’zyoshlari ila tingladi. Menga yordam berishini so’rab yolvordim. -Xavotirlanman, -dedi. Hammasi yaxshi bo’ladi. Men senga yordam beraman. Bir necha soatdan keyin muloyim, go’zal, mehribon va xushhulq bir qiz bilan kirib keldi. -Senga unashtirilgan qizimni tanishtirmoqchiman va u sen istagan masalada yordamlashadi, -dedi Allohning ishlarini qarang, u ham huquqshunoslikda o’qir ekan. Xuddi ruhiyatshunosga o’xshaydi. Juda ilg’or, juda ko’ngilga yaqin. Ko’rganlarimni unga ham tushuntirdim. Meni quchoqlab, yig’lay boshladi. -Sen gunohlaringni o’ylab, umidsizlikka tushma, -dedi u menga. Bular qanday yaxshu mujdalar. Bizlar ibodatlarimizni, qulligimizni oqsatmaganimiz holda bunday lutfu ikromga munosib bo’lolmadik. Allohning cheksiz marhamati, shafqati va sevgisi seni panohiga olsin. Seni qutlayman. Hatto havasim kelyapti, senga hasad qilyapman Shunday shirin so’zlar, go’zal harakatlar bilan meni umidlantirar, e’zozlar edi. Qo’llaridan tutdim. Balki yoshi mendan kichikdir, bilmadim. Hech qisi yo’q. Menga yordam berishni so’radim. -Mening vaqtim oz, -dedim. Umrimni bir necha kunga sig’dirishim kerak. Menga yordam ber. Qayerdan, qanday boshlay? -Sen hafa bo’lma, shoshilma, -dedi. Endi sen bilan birgaman. Avval namozdan boshlaymiz, keyin kitob o’qiymiz, suhbatlashamiz, kamchilikarimizni tuzatishga harakat qilamiz. -Xo’p, -dedim. Men bularni qilishim kerak Hali aqlim, qalbim so’roqlarga, shubhalarga to’la, bulardan qutulishim, iymonli bo’lishni xohlayman. -Qo’rqma, -dedi. Hammasi joyida bo’ladi…
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling