Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Endi nima bo’ladi?
Allohim, endi men nima qilay? Nochor qolgan gunohkor bir qulingni bunday yordamga loyiq ko’rganing uchun endi men nima qilay? Yig’layinmi? Faryod chekayinmi?O’zimni ming marotabalab senga qurbon qilayinmi? Alloohim, shu choqqacha gunohdan, razolatdan boshqa narsani bilmadim. Duo qilish, yolvorish, iltijo qilish, namoz o’qish…Hech birini bilmayman. Terlab, hamma narsam shalabbo bo’lgan edi. Dahshatli bir hayajon va qo’rquv ichida o’zimga keldim. O’rnimdan turdim. Ha, Alloh bor. Bu olamning egasi U, biz Uning qulimiz. Ammo hech bir tafsilotni bilmayman. Nimadan va qanday boshlayman? Nima bo’ladi, menga kim yordam beradi? Faryodimga, qichqiriqlarimga hamshiralar yugurib kelishdi. Tabiiyki, ularga ko’rganlarimni tushuntira olmasdim. -Hech qisi yo’q, -dedim. Qo’rqib ketibman… O’limim tobora yaqinlashmoqda. Boshim qotgan, xato qilganlarimni, egri yo’ldaligimni aytib hayqiraman. Bu ko’rganlarimning hammasi men uchun oxirgi imkoniyat, so’nggi fursat ekanini bilaman. Buyuk Alloh meni kutib turganini ham bilaman. Ammo yo’lning oxiriga keldim, endi nima qilishni ham bilmay qoldim. Qorishiq fikrlar, ma’nosiz hayollar tubida bir kuch topdim. Alloh…Ha, ilk marotaba bunday kuchli hayajonlasnih…Alloh! Ehtimol hamma narsa tugab, butun shubhalar yo’qolganidan keyin bu kuch yuzaga chiqayotgandir. Yoki boshqa choram yo’qligi uchun…Nima bo’ladi, biror kishi kela qolsaydi. Men ketyapmanku. Kimdir menga Allohni, o’zimni va oxiratni anglatsaydi. Nima bo’ladi endi? Hamshiralarga, doktorlarga yolvorardim. -Amina ismli tibbiyot insitutida o’qiydigan bir dugonam bor. Uni topishim kerak, ko’rishim kerak. U kelsin, nima bo’lsa ham, kelsin. Kelib menga tushuntirmoqchi bo’lgan, ammo men tinglashni ham istamagan gaplarni aytsin. Endi ularning navbati keldi. Endi o’sha gaplarga mutojman. Aminani kutyapman. Hayotim davomida hech kim, hech narsani bu qadar intiqlik ila kutmaganman. Niam bo’ladi, Allohim. Sendan biror narsa so’rashga yuzim yo’q. Ammo onam, akam, menga yordamlashmoqchi bo’lgan yaxshi insonlar hurmati, o’lmasimdan avval Aminani keltir…Bunday gunohkor holda huzuringga borishni istamayman. Bilaman, og’ir-og’ir gunohlar qildim. Menga so’nggi marotaba imkon ber, Allohim…Birdan |
ma'muriyatiga murojaat qiling